• Rangli metallar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar




    Download 49.02 Kb.
    bet3/14
    Sana01.05.2023
    Hajmi49.02 Kb.
    #55266
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Humoyn 103817
    ПҚ-4998 (22.02.21), 2022-2023 Қабул параметрлари мухокама, Xalqaro birliklar tizimi si ning asosiy birliklari (1), Документ Microsoft Word (2), курс иши диёра, Маълумот, КМТФ дипломга эҳтиёж, 3.12.22 маълумот, Трансгрипт, shahrizoda ariza, 2022-2023 o\'quv yili MKTF ish rejasi xisobat, sifat asoslari 2 (kunduzgi) (2), 12.02.24, Standartlar vazifasi
    Metall tovarlari

    Elementlarning davriy tizimidagi 105 elementning 83 tasi metalldir. Ular, asosan, qora va rangli metallar guruhiga boiinadi.
    Qora metallar. Temir hamda karbon qotishmasidan hosil bo’lgan mahsulotga qora metall deyiladi. Qotishmalar tarkibidagi karbonning miqdoriga qarab po’lat («С» 2%gacha) va cho’yan («С» 2,0-6,67%) turlariga bo’linadi. Cho’yan domna pechlarida temir rudasidagi temir elementini tiklash yo’li bilan olinadi. Tiklagich vazifasini koks yonishida hosil bo’ladigan karbon bajaradi. Reaksiya quyidagicha o’tadi: FeO7Fe2O • SiO2 • Al2O3 (magnetit) + CaCO3(ohak) + 3C (koks)— l600c_____ > Fe,C (oq cho’yan) + CaO • S i0 2 • A1,03 (shlak) + 3 CO2. Ohak rudaga aralashib qolgan keraksiz jinslarni ajratish uchun xizmat qiladi. Olingan cho’yanning sinig’idagi rangi oqish bo’lganligi sababli oq cho’yan deyiladi. Bu cho’yanning tarkibida sementga o’xshash qattiq sementit (temir karbidi) ko’p bo’lganligidan juda mo’rt bo’ladi va shu sababli u qayta ishlanib kulrang yoki bolg’alanadigan cho’yanga aylantiriladi. Oq cho’yan eritilib, sekin sovitilsa, undagi sementit parchalanib, temir va yassi shakldagi karbonga aylanadi. Bunday cho’yanning mo’rtligi ancha past bo’lib, siniq joyi kulrang bo’ladi. Undan qozon, pechka, isitish radiatorlari va dazmolning tag qismi ishlab chiqariladi. Oq cho’yan 1200°C gacha qizdirilib, sekin sovitilsa, sementit temir va pag’asimon shakldagi karbonga aylanadi. Bunday cho’yan bolg’alanishda sinmaydi. Bunday cho’yandan eshik va deraza asboblari, gayka kalitlari hamda turli mashina qismlari tayorlanadi. Po’lat marten yoki elektr pechlarda oq cho’yan tarkibidagi karbonni qisman kuydirish yo’li bilan olinadi. Po’lat to’g’ridan-to’g’ri temir rudasidan ham olinishi mumkin. Tarkibidagi karbon miqdoriga qarab konstruksion («С» 0,6 %gacha) va instrum ental («С» 0,6— 2,0 %) turlarga bo’linadi. Karbon elementi ko’p po’latlar qattiqligi uchun hunarmandchilik asboblari (gayka kalitidan bo’lak), xo’jalik pichoqlar va ustaralar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Qolgan tovarlar konstruksion po’latdan tayyorlanadi. Po’latga ba’zi maxsus xususiyatlar berish maqsadida tarkibiga turli qo’shimchalar qo’shiladi (legirlanadi).
    Bunday po’latlarni yetti guruhga bo’lish mumkin:

    1. Zanglamaydigan po’lat. Tarkibida 13 yoki 18 % xrom bor. Sirtida hosil

    bo’lgan oksid (Fe C r),0, qatlami zanglashdan saqlaydi. Qatlam qirilsa, buyum zanglaydi.

    1. Issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti past bo’lgan po’lat. Tarkibida 36% invar

    (lot. o’zgannas) yoki 42% nikel (platinit) bor. Invar bimetall taxtachasi va platinit elektr lampalarning shisha tutqichi ichidagi elektrod uchun ishlatiladi.

    1. Yuqori qarshilikka ega po’lat. Tarkibida 13 % xrom va 4 % alumin bo’lgan

    elektr plitalar isitkichi uchun ishlatiladigan fexral kiradi.

    1. Doimiy elastiklik koeffitsiyentiga ega po’lat. Tarkibida 42 % xrom , 8 % m

    arganes, 2 % titan va 1 % alum in bor elinvar (lot. o’zgarmas elastikli) kirib, soatning qilsimon prujinasi, kamerton, silfonlar uchun ishlatiladi.

    1. Yumshoq magnitli po’lat. Tarkibiga 2 yoki 4 % krem niy qo’shilgan transform

    ator po’lati bo’lib, undan transform ator va dvigatellar o’zagi yasaladi.

    1. Magnitoelastik po’lat. Bular m agnitofon lentasiga sepiladigan, tarkibida 12%

    kobalt va 17 % molibden, tarkibida 10% alumin, 19 % nikel, 18 % kobalt bor alniko deb yuritiladi.

    1. Tezkesar po’lat. Tarkibiga 1 %gacha xrom, vanadiy yoki kremniy qo’shilib,

    hunarmandchilik asboblari tayyorlanadi.
    Rangli metallar. Elementlarning davriy tizimida 82 ta rangli metall b o ‘lib , uy - ro’zg’or buyumlari ishlab chiqarishda faqat 11 tasi ishlatiladi.

    1. Alumin. Toza alumin sim, ko’zgu va qog’ozsimon parda (folga) ishlab

    chiqarishda ishlatiladi. Boshqa tovarlar uchun ikki xil qotishmasi ishlatiladi. Biri Ams markali, tarkibiga 1 % marganes qo’shilgan bo’lib, undan idish-tovoqlar tayyorlanadi. Ikkinchisi tarkibiga 8 % kremniy qo’shilgan yoki duralum in chiqindilaridan olingan degrezlik qotishmasi bo’lib, undan qozon, tova, go’sht qiymalagich va dazm olning tag qismi ishlab chiqariladi. Duralum in tarkibida 5 % mis, 1 % magniy, 0,5 % marganes va kremniy bo’lib, chiniqtirilganda pishiqligi besh barobar oshish xususiyatiga ega.

    1. Mis. U sof holda sim ishlab chiqarishda ishlatilib, boshqa tovarlar uchun

    uning besh xil qotishmasidan foydalaniladi:

    1. tompak. Tarkibida 4 yoki 10 % rux bor. Bimetall taxtachasi uchun ishlatiladi;

    2. yarim tompak. Tarkibida 15 yoki 20 % rux bor. Puflab chalinadigan musiqa

    asboblarni ishlab chiqariladi;

    1. latun (jez). Tarkibiga 30, 32 yoki 37 % rux qo’shib olinadi. Samovar va

    idishtovoqlar tayyorlanadi;

    1. bronza. Tarkibida 10% qalayi va 3% kremniy bo’lib, undan haykalchalar

    ishlab chiqarishda foydalaniladi. Tarkibida 5 % alumin boridan medal va chaqa tangalar tayyorlanadi; 0 melxior. Tarkibiga 19 % nikel qo’shib olinadi. Idishlar va ovqatlanish anjomlari uchun ishlatiladi. Tarkibida 25 % nikel bo’lgan turidan tanga tayyorlanadi. Tarkibiga 24 % rux qo’shilgan qotishm a neyzilber deyiladi.

    1. Qalayi. Q og’ozsim on parda (folga) ishlab chiqarishda, kavsharlar

    tayyorlashda va latun idishlarining ichini qoplashda ishlatiladi.

    1. Nikel. Latun idishlari va po’lat buyumlarining ustini qoplash uchun, tarkibiga

    20 % xrom qo’shilgan elektr isitkichlari uchun nixrom simi va elek tr lam pa elektrodi tay y o rlan ad ig an , tark ib id a 5 % marganesli qotishmalar sifatida qo’llaniladi.

    1. Rux. Tom tunukalari, tos va paqirlarni qoplashda, galvan elementlari stakani

    va tarkibiga 46, 52 yoki 64 % mis qo’shilgan mis buyumlarini kavsharlashda ishlatiladigan qotishma ishlab chiqarishda ishlatiladi.

    1. Oltin. Toza oltin zarvaraq qog’ozi shaklida, chinni idishlarni bezashda

    ishlatiladi. Zargarlik buyumlari uchun tarkibida 4,2, 25,0. 41,7 va 62,5 % kumush va misi bor qotishmasidan foydalaniladi.

    1. Platina. Brilliant uzuk va ziraklar gardishi uchun va bir tomonlama

    ko’rinadigan ko’zoynaklar shishasini qoplashda ishlatiladi.

    1. Palladiy. Platina bilan birgalikda qotishma sifatida qo’llaniladi.

    2. Osmiy va iridiy. Birgalikda qotishma sifatida oltin perolar uchi uchun

    ishlatiladi.

    1. Kumush. Tarkibida 12,5 % mis bor qotishma shaklida zargarlik buyumlari

    ishlab chiqariladi.

    Download 49.02 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 49.02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar

    Download 49.02 Kb.