35
fikrlarni yoshidan, pedagogik mahoratida qanday dars berishidan qat’iy nazar barcha o‘qituvchilar
bilishlari va ularga qat’iy amal qilishlari maqsadga muvofiqdir.
K.D.Ushinskiy
o‘qituvchining mashaqqatli mehnatini
ta’riflab shunday deydi:
“Hali yetilmagan va fikri xayoli tarqoq
bo‘lgan o‘ttiz yok qirqta o‘quvchining ongini butun dars
davomida mashg‘ul qilib turishi uchun o‘qituvchi o‘z so‘zlari va
bergan masalalari to‘g‘risida кo‘p bosh qotirishi, serdiqqat
bo‘lishi kerak. Mana shu sababdan bilimi bo‘lgan har bir kishi
o‘qituvchi bo‘lishga layoqatli bo‘lavermaydi.
Jamiyat tomonidan hamma vaqt ham yetarlicha ta’rif
qilinmaydigan bu vazifani insof bilan ado qilmoq uchun zo‘r
matonat va mahorat talab qilinadi”.
K.D.Ushinskiynmg ta’kidlashicha, o‘qituvchi qalbining
bolalarga nisbatan mehrini bildiruvchi axloqiy xislatlaridan biri, muallimning tarbiyaviy kuchini va
qobiliyatini ko‘rsatadigan ma’naviy oyinasi ijtimoiy qimmatga ega bo‘lib, barkamol shaxsni
tarbiyalab voyaga yetkazishda namoyon bo‘ladi. Pedagogik faoliyatning уana bir muhim tarkibiy
qism o‘qituvchining xapakteri va his-tuyg‘ularida, uning o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish
usulida namoyon bo‘luvchi pedagogik-psixologik takt (odob, axloq) xususiyatlarini qo‘llashdir.
Uning fikricha psixologik takt (odob, axloq) hayotimizning barcha jabhalarida g‘oyatda keng
qo‘llaniladigan faoliyat turi, shuning uchun ushbu taktlarga: ega bo‘lmasdan, odamlar orasida hech
qanday muloqot va nutq qobiliyatining o‘zi ham bo‘lishi mumkin emas, deb ta’kidlaydi.