32
birinchisi – bilinmaydi va aytilmaydi;
ikkinchisi aytiladigan va biladigan;
uchinchisi – ham bilinadi, ham aytishga, bilishga zaruriyati yo‘q;
to‘rtinchisi biladigan va zaruriyat bo‘lmasa aytilmaydigani.
Eng yaxshisi to‘rtinchisi, ya’ni biladigan va aytilmaydigani, deydi.
So‘zlaganda andishalik bo‘lish sovuq so‘zlik bo‘lmaslik, kamtarlik, maqtanmaslik, birovning
so‘zini diqqat bilan eshitish odoblarini ta’kidlab o‘tadi.
Abul-Qosim Mahmud Ibn Umar Az-Zamaxshariy
mashhur olim va adibdir. U o‘z asarlarida halollik va pokiza-
likni, ilmga muhabbatni, mardlik va olijanoblikni ulug‘laydi.
Ulug‘ mutafakkir “Navobig‘ ulkalim” (“nozik iboralar”)
asarida kishilar ilmli bo‘lish, o‘qitish, yozish bilan hosilu
mukammal bo‘ladi, olim kishi oqil, bilimdon va chiroyli
xushxat yozuvga ega bo‘lsa, bu uning kamolotga yetganligi-
dan dalolatdir, deydi. Asarda mudarrislar to‘g‘risida noyob
fikrlar bildirilgan
: