|
Iqtidor, iste‘dod, daholikBog'liq 65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2.
Iqtidor, iste‘dod, daholik
– insonning ijodiy faoliyati jarayonida erishiladigan qobiliyatlar-
ning rivojlanish bosqichlari hisoblanadi. Qobiliyatlar xarakter kabi, shaxsning faqatgina ma’lum
faoliyatidagina mavjud bo‘lgan sifatlaridir.
Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichiga iste’dod deb ataladi.
Iste‘dod
deb odamga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli mustaqil va
original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar uyushmasiga aytiladi. Iste’dod mahoratning
dastlabki sharti bo‘lib, lekin mahoratning o‘zidan ancha uzoqdir. Mohir usta bo‘lmoq uchun juda
ko‘p ishlash kerak. Iste’dod mehnatdan ozod qilmaydi, balki katta, ijodiy va zo‘r mehnatni ta’qozo
qiladi. Iste’dodli kishilar shubhasiz mehnat orqali olamga mashhur bo‘lgan mahorat darajasiga
erishganlar. Haqiqiy mahorat inson iste’dodining faoliyatida namoyon bo‘lishidir.
Psixologiyada qobiliyat – insonning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni qiyinchiliksiz,
osonlik bilan mukammal egallashi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishiga aytiladi. U
o‘qituvchining kasbiy faoliyatida ham уorqin namoyon bo‘ladi. Kasbiy faoliyatning ta’lim
mazmunini belgilovchi sifatlari o‘qituvchining ijodkorligida namoyon bo‘ladi.
Ijodkorlik –
bu sifat jihatidan yangi, original va takrorlanmas biror yangilikni paydo
qiluvchi faoliyatdir. Ijodkorlik mahsuldor, evristik, kreativ turlarga bo‘linadi.
Mahsuldor
ijodkorlikda belgilangan har qanday muammo muvaffaqiyatli hal qilinadi; ijod
qilishga layoqatli bo‘lgan o‘qituvchilarning asosiy qismida bu jihatlar namoyon bo‘ladi.
Ijodkorlik
bu sifat jihatidan yangi, orginal, takrorlanmas biror yangilikni paydo qiluvchi
faoliyatdir. Mahsuldor ijodkorlikda har qanday muammo muvaffaqiyatli hal qilinadi.
Evristik ijodkorlik
jamiyatda ro‘y berayotgan kasbiy faoliyatga oid yangiliklarni o‘zlash-
tirishni anglatadi. Kreativ ijodkorlik yangi nazariyalarni yaratadi. Qobiliyat umumiy (aqliy faollik,
tanqidiylik, tahlil qilish, diqqatni jamlash, e’tiborlilik), maxsus (tashkilotchilik, loyihalashtirish,
matematik, ijodiy, badiiy, musiqiy) turlarga bo‘linadi. Qobilyatning yuqori darajasi talant deb
yuritiladi.
|
| |