O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/181
Sana22.05.2024
Hajmi6,92 Mb.
#250633
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   181
Bog'liq
65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

“Aqlli, fikran boy, bag‘ri keng insonchalik hech narsa yoshlarni qiziqtirmaydi, o‘zining 
ortidan ergashtira olmaydi ham..., aql-aql bilan tarbiyalanadi, vijdon-vijdon bilan, vatanga 
sadoqatlilik – bevosita vatan uchun xizmat qilish bilan..., - deb ta‘kidlagan edi mashhur rus 
pedagogi V.D.Suxomlemskiy. - o‘qituvchi o‘zining butun borlig‘i, kundalik hayoti, ma‘naviy 
madaniyati bilan hamkasblari va o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladi va ularni o‘z ortidan ergashtiradi”.
O‘qituvchida pedagogik mahoratni shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari pedagog olim 
V.A.Slastyonin tomonidan ham tadqiq qilingan. U kasbiy - pedagogik tayyorgarlik, o‘qituvchining 
shaxsiy va kasbiy shakllanish yo‘nalishi va bunda pedagogik mahorat to‘g‘risida so‘z yuritib, 
shunday yozadi: 
O‘qituvchi muntazam ravishda pedagogik, nazariyalarga tayansagina, o‘qituvchilik 
mahoratini egallaydi. Chunki pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga murojaat 
qilishni taqozo etadi. Birinchidan, ilmiy nazariyalar – taraqqiyotning, umumiy qonuniyatlari
tamoyillari, qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy bilimlardir, amaliyot bo‘lsa, doimo aniq vaziyatga 
asoslanadi. Ikkinchidan; pedagogik faoliyat – falsafa, pedagogika, psixologiyaga oid bilimlar 
sinteziga asoslanuvchi yaxlit jarayondir. Bu bilimlar sintezisiz pedagogik amaliyotni maqsadli 
qurish juda mushkul”. 
Buyuk rus adibi L.N.Tolstoy o‘qituvchi fazilatining mukammaligini o‘z mutaxassisligiga 
nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishi bilan bir vaqtda bolalarga bo‘lgan munosabatida, ularni xuddi 
o‘z farzandlaridek jon-dilidan sevishida ekanligida ko‘rgan. 
Uning ta’kidlashicha,
“agar o‘qituvchi faqat ishiga havas qo‘ygan bo‘lsa, u yaxshi o‘qituvchi 
bo‘ladi. Agar o‘qituvchi bolaga faqat otasi va onasi kabi havas qo‘ygan bo‘lsa, u oldingi 
o‘qituvchidan yaxshiroq bo‘ladi. 
Bordiyu. ikkala xislatni ham o‘zida mujassamlashtirsa, u holda u mukammal va mahoratli 
o‘qituvchi bo‘la oladi”.
hozirgi kunda ham yevropaning yetakchi olimlari (B.P.Zyazin, V.A.Kan-


36 
Ibn Sino maktabda o‘qib yurgan paytlari algebra, geometriya fanlarini hech 
tushunolmas ekan. Bir kuni maktabdan qochibdi. Uyiga borishga uyalib yo‘ldan o‘tgan 
karvonga qo‘shilib olibdi. Karvon bir yerda to‘xtagach, karvonboshi undan suv olib kelishini 
so‘rabdi. 
Ibn Sino quduq boshiga borib arqon bog‘langan chelakni suvga tashlabdi. Chelak 
suvga to‘lgach arqonni tortayotganida qarasa arqon o‘zi surtinayotgan toshni kesyapti. 
Bunday o‘ylasa, oddiy bir ip yillar davomida toshlarga surtina surtina toshni kesadigan 
holga kelibdi. 
Ibn Sino “Bir arqon hadeb surtinib toshni kesadigan bo‘libdi. Demak,mening aqlim 
ham charxlansa algebra va geometriya masalalarini yecha olarkan”, deb tezda maktabiga 
qaytgan ekan. 
XULOSA!
Aqlni charxlash – aslida biror ishni qilishda har kimning o‘ziga bo‘lgan 
ishonchdir. Ishoning, agar siz o‘zingizga ishonsangiz hamma narsa qo‘lingizdan keladi. 
Kalik, Y.N.Kyuluytkin, N.D.Nikandrov, L.I.Ruvinskiy va boshqalar) o‘qituvchining pedagogik 
mahoratini yanada taqsimlashtirish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. 
Xususan, ular o‘z asarlarida “mukammal egallangan pedagogik mahoratni o‘qituvchi doimo 
orzu qilib intiladigan, ammo yetisha olmaydigan yuksak ideal kasbiy mahorat sifatida izohlaydilar. 
Shu ma’noda “mahorat” terminini o‘qituvchiga nisbatan kompliment, ya’ni maqtov tariqasida eng 
oliy baho sifatida qo‘llash mumkin.
Pedagogik mahorat faqat o‘qituvchi batamom o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan kasbiy bilim va 
ko‘nikmalami egallashning eng yuqori cho‘qqisi sifatida qabul qilinmasligi kerak. Tajribali 
o‘qituvchi o‘z ijobiy yutuqlari bilan qanoatlanib qolmasdan, hamisha kasbiga oid yangiliklarni 
o‘zlashtirib borishi, jamiyat taraqqiyoti tufayli paydo bo‘ladigan zamonaviy pedagogik vazifalar va 
muammolami hal qilishda faol ishtirok etishi; o‘zining kasbiy ko‘nikma va malakalarini uzluksiz 
oshirib borishga intilishi lozim. 
Bu pedagogik mahoratni egallashning ajralmas qismidir. Pedagogik mahoratni egallash va 
rivojlantirishda (malaka oshirish, takomillashtirishda) o‘qituvchi o‘zi bilgan va o‘rgangan kasbiy 
bilim, ko‘nikma va malakalami shakllantirib boradi. 
Hozirgi zamon ilmiy pedagogik tadqiqotlar tahliliga ko‘ra o‘qituvchining kasbiy mahoratini 
oshirish muammolarini hal etish quyidagicha talqin etiladi: 
- o‘quv-tarbiyaviy jarayonni eng qulay uslublarini topish va joriy etish, 
- o‘z mehnatini muntazam ilmiy asosda tashkil eta olish
- o‘qituvchi pedagogik qobiliyatini va pedagogik madaniyatini oshirish: 
- pedagogik muammolarni mohirona hal etish yo‘llarini takomilashtirish; 
- amaliy va nazariy bilimlarni doimiy oshirib borish; 
- kasbiy ijodkorlikni uzluksiz rivojlantirish.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, sharq va g‘arb olimlari tomonidan tahlil qilingan o‘qituvchining 
pedagogik faoliyati haqidagi ko‘pgina mulohazalar hozirgi kungacha o‘z ahamiyatini saqlab 
kelmoqda, demak millati va kelib chiqishidan qat’iy nazar ajdodlar merosini takomillashtirish 
evaziga hozirgi kunda ta’lim va tarbiyani yanada yuksak bosqichlarga ko‘tarilish mumkin. 
 


37 
Rivoyat qilishlaricha, Abu Ali 
ibn Sinodan bir mamlakat podshohi 
farzandi – yurt shaxzodasiga ta’lim 
berishni so‘raydi. 
Ammo Ibn Sino buni rad etadi. 
Aytadiki, ilm kelmaydi, ilmga 
boriladi, deya javob beradi va agar 
shaxzoda o‘zi kelsagina ta‘lim 
berishini aytadi. Insonning ilmga 
yetaklovchi 
maskanlardan 
biri 
kutubxonadir


Download 6,92 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   181




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish