43
singib keta olishi; o‘z mehnatiga ijodiy yondashishi; javobgarlikni his qilishi; tarbiyaviy bilimlarni
egallaganligidan iborat.
Odamning qobiliyatlari bilim va ko‘nikmalarni egallash uchun faqat imkoniyat hisoblanadi.
Bu bilim va ko‘nikmalar egallanadimi yoki yo‘qmi,
bularning hammasi, juda ko‘p sharoitlarga
bog‘liqdir. Bolada namoyon bo‘lgan musiqa qobiliyati uning musiqachi bo‘lishiga kafil bo‘la
olmaydi. Bolaning musiqachi bo‘lishi unga maxsus ta’lim berilishi, qatiylik, salomatligining yaxshi
bo‘lishi,
musiqa asbobi, notalar va boshqa sharoitlar bo‘lishi kerak. Bularsiz qobiliyat taraqqiy
etmay, so‘lib ketishi ham mumkin. O‘quvchida hali zaruriy ko‘nikma va malakalar sistemasi hamda
mustahkam bilimlar va tarkib topgan ish uslublari yo‘qligiga
asoslanib, jiddiy tekshirmay
shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo‘q deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy xatosi bo‘ladi.
Bolalik paytida ma’lum qobiliyatlarning atrofdagilar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik shu
qobiliyat tufayli shon-shuhrat topgan odamlar ko‘p.
Qobiliyatlar faoliyatining muhim komponentlari bo‘lishi bilim, malaka, ko‘nikmalar
bilan
aynan bir narsa bo‘lmasa-da, ular bir-birlari bilan bog‘liqdir. Qobiliyatlar bilim, malaka,
ko‘nikmalarning o‘zida ko‘rinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi, ya’ni
boshqacha aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish
jarayoni turli sharoitlarda
qanchalik tez va chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishingizda
namoyon bo‘ladi. Xuddi shu yerda yuzaga chiqadigan fikrlar bizga qobiliyatlar
haqida gapirish
huquqini beradi.
Demak, qobiliyatlar shaxsning (qobiliyatini) faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti
hisoblangan bilim, ko‘nikma hamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda
namoyon bo‘ladigan individual-psixologik xususiyatdir. Agar shaxsning ma’lum sifatlari yig‘indisi
odamning pedagogik jihatdan asoslab berilgan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob
bersa, bu narsa bizga mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati bor deb xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
Agar boshqa bir odat bo‘lgan shunday holatlarda faoliyat talablariga javob bera olmasa,
unday
paytda bu unga tegishli psixologik sifatlar boshqacha aytganda qobiliyatlar yo‘q deb faraz qilishga
asos bo‘ladi. Bunday odam kerakli ko‘nikma va bilimlarni umumiy egallab olmaydi degan xulosaga
borilmaydi.
Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichiga iste’dod deb ataladi.
Qobiliyatlar murakkab strukturaga ega bo‘lgan psixik sifatlar yig‘indisidan iboratdir.
Qobiliyat sifatida namoyon bo‘ladigan psixik sifatlar yig‘indisining struktura natijasida konkret
faoliyat talabi bilan belgilanadi va har xil turdagi faoliyatlar uchun turlicha bo‘ladi.