• Bilish qobiliyati
  • Kuzatuvchanlik qobiliyati
  • Nutq qobiliyati
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2


    Ijodiy xislatlari
    : o‘z pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirib borishi, o‘quvchilarni 
    tarbiyalashda o‘z dasturini ishlab chiqishi va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishi, o‘quvchilar nazari 
    bilan voqelikni tahlil qilish qobiliyati, o‘quvchilarga pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko‘ra 
    olishga intilishi. 
    O‘qituvchining, shuningdek, bir qancha qobiliyatlari ham ta’lim-tarbiya jarayonida yaqqol 
    namoyon bo‘ladi. 
    Qobiliyat-shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ishini muvaffaqiyatli 
    bajarishdagi subyektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik xususiyatlaridir. 
    Bilish qobiliyati 
    – fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatdir. Bunday qobiliyatga ega 
    bo‘lgan o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng chuqurroq biladi, o‘z fani 
    sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, o‘z fanini va boshqa fanlarni chuqur bilishida, 
    o‘zlashtirishi va amaliyotda namoyon etishi. 
    Kuzatuvchanlik qobiliyati
    o‘quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish 
    qobiliyati o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan 


    45 
    bog‘liq bo‘lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Qobiliyatli o‘qituvchi uncha katta bo‘lmagan tashqi 
    ko‘rinishlar asosida o‘quvchining ichki holatidagi juda arzimagan o‘zgarishlarini ham fahmlab 
    oladi. O‘quvchilarning ba’zan shunday gaplarini eshitamiz: “qaramayotganga o‘xshaydi-yu, hamma 
    narsani ko‘rib turadi”, “O‘qituvchimiz biror o‘quvchining xafa bo‘lganini yoki dars tayyorlama-
    ganligini ko‘zidan biladi”. 
    Nutq qobiliyati
    – nutq yordamida, shuningdek, imo-ishora vositasida o‘z fikr va tuyg‘ularini 
    aniq va ravshan ifodalash qobiliyatidir. Bu o‘qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. O‘qituvchi-
    ning nutqi darsda hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi yangi mavzuni tushuntira-
    yotgan, o‘quvchining javobini tahlil qilayotgan, ma‘qullayotgan yoki qoralayotgan bo‘lsa ham 
    uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi 
    bilan ajralib turadi. 
    Fikrlar ifodasi o‘quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi. O‘qituvchining bayoni 
    o‘quvchilar fikri va diqqatini yuqori darajada faollashtirishga qaratiladi. O‘qituvchi o‘quvchilar 
    oldiga savollar qo‘yib, ularni asta-sekin to‘g‘ri javob berishga olib boradi, o‘quvchining diqqatini 
    ishga soluvchi hamda fikrini faollashtiruvchi so‘z va iboralar qo‘llaniladi. O‘qituvchi uzundan uzoq 
    jumlalar, murakkab so‘z birikmalari, murakkab iboralarni qo‘llashdan qochadi. O‘rinli yumor, 
    hazil, yengilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi, uni o‘quvchilar yaxshi qabul qiladilar. 
    O‘qituvchining nutqi aniq, jonli obrazli, talaffuzi jihatidan erkin ifodali, his-hayajonli bo‘lib, 
    unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Bir xildagi cho‘ziq zeriktiradigan 
    nutq o‘quvchilarni tez charchatadi, ularni lanj loqayd qilib qo‘yadi. Ayrimlar tez, ayrimlar sekin 
    gapirishga moyil bo‘ladilar. O‘quvchilarning o‘zlashtirishlari uchun o‘rtacha, jonli nutq yaxshi 
    natija beradi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutq o‘quvchilar asabini buzadi, toliqtirib qo‘yadi. 

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish