56
IV BOB. KOMMUNIKATIV MALAKALAR VA TA’SIR KO‘RSATISH
4.1. Kommunikatsiya metodlari
Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan
va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan
bebehra millat boshqalarga poymol bo‘lur.
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish,
tizimda an’anaviy uslublardan voz kechib, o‘quvchiga
zamonaviy metodlar asosida, noan’anaviy tarzda bilim
berish bugungi kunimizning
dolzarb vazifalaridan biri
hisoblanadi.
Ta’lim jarayoniga ilg‘or axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish talabalar va o‘qituvchilarni
intellektual rivojlantirish hamda jamiyatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiy ettirishning muhim vazifasidir. Shu
bois ta’lim sohasiga axborot-kommunikatsiya texno-
logiyalarning kirib kelishi yangi o‘zgarishlardan foydalanishni taqozo etadi. Ta’lim jarayoniga
yangi axborot texnologiyalarini kiritish zarurdir. Zamonaviy jamiyat axborot uzatish hajmi va
tezligi jihatidan chegaralanmagan butun jahon axborot tarmog‘idan faol foydalanishi bilan harakat-
lanadi.
Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi va keng tarqalishi axborot
texnologiyalarni muloqot, tarbiya, jahon hamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini
beradi. Ta’lim jarayonida, dars mashg‘ulotlarida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarning
ishlatilishi o‘qishga bo‘lgan talabalarning qiziquvchanligini, mustaqil ishlarning samaradorligini
oshiradi. Kompyuter axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan birgalikda ta’lim sohasida,
kursantlarning o‘qish va ta’lim olishiga yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.
Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan to‘rt yo‘nalishda foydalanilmoqda:
- o‘rganish obyekti sifatida;
- o‘qitishning texnik vositalari sifatida;
- ta’limni boshqarishda;
- ilmiy-pedagogik izlanishda.
Kompyuterli o‘qitishning afzalliklari juda ko‘p: o‘quvchilarda ma’lum
malakalami shakllan-
tirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi; o‘quvchilarning ishlash sur’ati
jadallashadi; kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi natijasida o‘quvchi ta’lim
subyektiga aylanadi; o‘quvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo‘lgan jarayonlarni modellash-
tirish va bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil bo‘ladi; kommunikatsiya vositalaridan foyda-
langan holda darsni uzoqdagi manbalar bilan ta’minlash imkoniyati hosil bo‘ladi; kompyuter bilan
muloqot didaktik o‘yin xarakterini oladi va bu bilan o‘quvchilarda o‘quv faoliyatiga motivatsiya
kuchayadi va hokazo.
Kompyuterli ta’lim jarayonida ta’lim o‘quvchi va kompyuter orasidagi munosabatlarga ko‘ra
tashkil etiladi, boshqariladi.
57
O‘quvchi bilan o‘quv materiali o‘rtasidagi bog‘lanishni tashkil etish uchun ta’lim
loyiha-
lanadi. O‘quvchilarning o‘quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini rag‘batlantirish tegishli
vositalar asosida modellashtiriladi. Ta’lim jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan ko‘plab elektron
o‘quv materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanma, o‘rgatuvchi dastur
vositalari kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Ular o‘zida boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar, sun’iy intellekt elementlari, hissiy
moslashuvchanlik kabi xususiyatlar muvjudligiga ko‘ra ta’limda ma’lum samaradorlikni ta’min-
laydi. Kompyuterlami o‘quv jarayonida qo‘llash quyidagilarga imkon beradi:
o‘quvchilarda bilish
ehtiyojini shakllantiradi;
o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi;
o‘quvchilarda fanni o‘rganishga qiziqishni oshiradi;
kompyuter bilan ishlashni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi;
kompyuterlardan foydalanish bilan bog‘liq dunyoni ilmiy bilishning hozirgi zamon
metodlari bilan tanishtiradi;
ta’limda o‘quvchining individuallik darajasini oshiradi;
o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi;
materiallar mazmunining xilma-xilligini ta’minlaydi;
ta’limda foydalaniladigan o‘quv materiallari
doirasini kengaytiradi;
ta’limda ko‘rgazmalilikni kuchaytiradi;
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilishi, ya’ni baholash jarayonining omillarini kengay-
tiradi va h.k.
Kompyuterli ta’lim tamoyillari: – ilmiylik – tizimlilik va ketma-ketlik – ko‘rgazmalilik –
o‘quvchilar faoliyatini individuallashtirish - nazariyaning amaliyot bilan aloqadorligi – tushunarlilik
– fanlararo, ham fan ichidagi bog‘liqlikni ta’minlash – fanning turmush bilan bog‘liq bo‘lishi –
bilish faoliyatini faollashtirish – izlanishga o‘rgatish pedagogik, kompyuter va axborot texno-
logiyalar ta’lim jarayonini tashkil etish, tayyorlash, ilmiy-metodik materiallar bilan ta’minlash,
ta’lim jarayonini amalga oshirish, ta’lim natijalarining sifatini baholashdan iborat bo‘lgan
yaxlit
tizimda o‘z ifodasini topadi.
O‘qitishning dasturlashtiriladigan texnologiyalari – bu maxsus ishlab chiqilgan dasturlar
asosida o‘rgatuvchi qurilmalar yordamida bilimlar, mahoratlar va ko‘nikmalarni mustaqil olish
imkonini ta’minlovchi texnologiyalardir.
Dasturlashtirilgan material ma’lum bir mantiqiy ketma-ketlik tartibida beriladigan nisbatan
katta bo‘lmagan o‘quv axborotlari to‘plamidan iborat. Dasturlashtiriladigan ta’limning beshta
asosiy tamoyili bor: – boshqaruvchi qurilmalar majmuining ma’lum ierarxiyasi o‘qitishni
boshqarishning yuqori sathida o‘qituvchi turadi. Fanda dastlabki umumiy yo‘llanmani beradi va
o‘qitishning nostandart murakkab vaziyatlarida to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib beradi.