Pedagog faoliyatining boshqaruv mahorati




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/181
Sana22.05.2024
Hajmi6,92 Mb.
#250633
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   181
Bog'liq
65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

Pedagog faoliyatining boshqaruv mahorati
uning shaxsi, xarakteri, o‘quvchilar bilan 
muomalasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Odatda bularning ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri 
ahamiyatsizdek tuyuladi. 
Lekin tajribali pedagog uning xatti-harakati o‘quvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligiga 
ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Bunday o‘qituvchilarning 
ilhombaxsh muammolaridan o‘quvchilarda o‘qishga intilish o‘zlarida yanada yaxshiroq o‘qishni 
uddalay olishiga ishonch hissi paydo bo‘ladi. Bu holda ta’lim va tarbiya metodlari pedagog 


51 
shaxsida mujassamlangan sifatlarni amalga oshirish va 
undan o‘quvchiga axloqiy fazilatlarni o‘tkazish vositasiga 
aylanadi. Shuning uchun ham, pedagogik mahoratni 
o‘qituvchi shaxsi sifatlarining majmui sifatida qarab, uni 
o‘qituvchi yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgar-
likka ega bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishini e‘tirof etish lozim. 
 
 
 
 
 
3.4. Kommunikatsiya haqida tushuncha 
Kommunikatsiya
(lot. communicatio – umumlash-
tiraman, bogʻlayman) Kommunikatsiyalar mavjud. Jismoniy 
nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiyani 
aloqa ham deb ataladi. 
“Kommunikatsiya” atamasi fanga XX asrning boshida 
kirib kelgan. “Kommunikatsiya” lotincha communicatio, 
communico so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, bogʻlay-
man, muloqot qilaman manolarini anglatadi. Ijtimoiy 
fanlarda kommunikatsiya birgalikda harakat qilish, 
o‘zaro tasir haqidagi ilmiy bilim sohasi hamda ushbu 
jarayonlar va ularning natijalarini ifodalash uchun qo‘llaniladi. 
Kommunikatsiya muammolariga tadqiqotchilar, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin 
qiziqa boshlashdi yillar boshida falsafa va sotsiologiya ilmiy adabiyotlarida kommunikatsiya 
tushunchasining yuzdan ortiq ta’rifi yuzaga keldi. Masalan: 
1. “Kommunikatsiya” – bu murakkab dinamik tizimlar va uning axborotni qabul qilish
to‘plash, o‘zgartirish imkoniga ega qismlari o‘rtasida axborot almashinuvi”.
2. “Kommunikatsiya” – bu axborotni o‘ziga xos almashish, uning emotsional va intellektual 
mazmunini aks ettirish jarayoni. 
3. “Kommunikatsiya” – insonlarning kognitiv (kognitiv – shaxsning tashqi ma’lumotni aqliy 
idrok etish va qayta ishlash qobiliyatini bildiruvchi atama) va mehnat faoliyati jarayonida o‘zaro 
munosabatlarga kirishishining o‘ziga xos shakli”. 
4. “Kommunikatsiya” – noverbal va verbal harakatlar natijasida axborot olish. 
Kommunikatsiyaning tarixiy taraqqiyoti Kanadalik sotsiolog Marshal Maklyuen fikricha, 
kommunikatsiya usulining almashishi tarixning rivojlanish bosqichlarini ifoda etadi. Shunga ko‘ra u 
insoniyat rivojlanishning quyidagi davrlarini ajratgan: og‘zaki kommunikatsiya (bu davrda jamoa 

Download 6,92 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   181




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish