47
O‘qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o‘ziga xos tizimlar mavjud. Qobiliyatlar
tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:
asosiy xususiyatlar;
tayanch xususiyatlar;
yetakchi xususiyatlar;
yordamchi xususiyatlar.
3.3. Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo‘llari
Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak. Pedagogik qobiliyat
sog‘lom o‘qituvchidagina shakllanadi.
Jamiyatning o‘qituvchi oldiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagilardir:
shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg‘onish mafkurasining
hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilish;
bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vatani tabiatiga va
oilasiga bo‘lgan muhabbati;
keng bilimga ega bo‘lishi, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;
yosh va pedagogik-psixologiya, pedagogika, psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, maktab
gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi;
o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustaqil bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi sohasi bo‘yicha
jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;
ta’lim-tarbiya metodikasini egallashi;
pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari va pedagogik taktga ega
bo‘lishi;
o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi kabi
Biroq yuqori, o‘rtacha va past darajada bo‘lishi mumkin. Ushbu turli darajada qobiliyatlarda
mujassamlashgan xislatlar va xususiyatlar orasida ba’zilari yordamchi rol o‘ynaydi. Pedagogik
qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyati: va xislatlar quyidagilardan iborat:
aql-idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik, kamchiliklarga tanqidiy e’tibor. Sobit-
qadamlik;
o‘qituvchining nutqi: notiqlik san’ati, so‘z boyligining teranligi;
aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya ishlata olish, ruhiy
hissiyotni jilovlay olish.
pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo‘lish.