49
Empatik qobiliyat:
bolalarga bo‘lgan nisbatdan kelib chiqadigan o‘quvchilarning his-
tuyg‘usini, psixologik holatlarini qalbdan his etish,
tushunish, idrok etish, ularga achinish
xususiyatlaridir.
Ta’lim jarayonini muqobillashtirish qobiliyati:
o‘qituvchi o‘z bilimini o‘quvchi ongi va
tafakkuriga kam kuch sarflash evaziga yetkaza olishi, ta’lim va tarbiyada belgilangan muddatda
maqsadga erishish qobiliyatidir. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro
fikr almashish, shaxsiy
mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi,
haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni o‘z
vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini topish imkoniyati mavjud.
Pedagogik boshqaruv mahorati.
Dars jarayonida o‘quvchilar bilish faoliyatini boshqarish bir
necha omillarga bog‘liq. Ularning eng asosiylaridan biri o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqtira olishdir.
Olimlar ta’kidlaganidek, faqat qiziqishgina psixik jarayonlar va ularning idrok, diqqat, xotira,
tafakkur va iroda kabi funksiyalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining bilishga oid qiziqishlari ko‘p qirrali qiyofalarda
namoyon bo‘ladi: o‘quvchini harakatchan va qiziquvchanligi, o‘quvchining ayrim o‘quv faoliyatiga
shuningdek, umuman o‘qishga bo‘lgan motivlari, o‘quvchi shaxsining o‘ziga xos belgilari va uning
yo‘nalishini qaror topishi ana shular jumlasidandir.
O‘quvchi yosh davriga xos tabiiy faolligi, biror bir aqliy qiziqish bilan qamrab olinmasa, uni
qaysi tomon boshlab ketishini oldindan aytish qiyin. Shuning uchun ham K.D.Ushinskiy “zo‘rlash
va majburlashga asoslangan o‘qitish” o‘quvchining aqliy rivojlanishiga hech qanday ta’sir
ko‘rsatmasligini alohida ta’kidlab o‘tgan edi. Shuni ta’kidlash lozimki, qiziqishlar va motivlar
o‘quvchilar o‘quv faoliyatlarining shakllanish darajasiga qarab
shaxsning shakllantiruvchi
(O‘quvchining nazariy fikri, o‘qish faoliyatini o‘quvchi shaxsi uchun ahamiyati) dastlabki omillar
bilan o‘zaro murakkab munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
O‘quvchilarning o‘qishga (bilishga) bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish shartlari qanday?
Mohir o‘qituvchi ularni darsda o‘quvchilarda shakllantirish uchun nima qilishi kerak? O‘quv
faoliyatini faollashtirish va o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarni doimo rivojlantirib borish uchun nima
qilish kerak?
Zamonaviy o‘qituvchi dars jarayonida “aktyor” emas,
aksincha “rejissor” bo‘lishi kerakligini anglashi lozim. U
o‘z o‘quvchi-talabalarini fanga ijodkorlik nuqtai nazari
bilan qarashlarini tashkil qilishi, ularda izlanuvchanlik
xususiyatlarini shakllantirishi va albatta, yangi pedagogik
texnologiya usullaridan foydalangan holda darsni tashkil
etishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari o‘qituvchi o‘quvchini
turli vaziyatlarda to‘g‘ri fikr yurita olish, fikrlarni taqqoslay
olish, taxlil etish, muxokama yuritish, o‘z fikrini ma‘lum bir
tizimda ifodalay olish ko‘nikmalarini hosil qilishda faqat bir xil o‘qitish metodidan foydalanmay,
o‘qitish metodlarini o‘zaro aloqada qo‘llashni taqozo etadi.
Mohir o‘qituvchi o‘quvchilarda o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarni shakllantirish va doimo
rivojlantirib borish uchun quyidagilarga amal qilishi muhimdir:
O‘quvchilarni bilishga intilishini, fanga umuman olganda aqliy mehnatga qiziqishlarini
rivojlantirish o‘quv jarayonini shunday tashkil etilishini ta’minlaydiki, unda o‘quvchi
faol harakat
qiladi, mustaqil izlanish va yangi omillarni “kashf etish”ga, muammoli vaziyatlarni o‘zi hal etishga
intiladi.
50
O‘quv faoliyati boshqa faoliyatlar kabi faqat turlicha bo‘lgandagina, qiziqarli bo‘ladi. Bir xil
usulda axborot berish va bir xil usuldagi harakatlar tez orada zerikishni vujudga keltiradi. Fanga
bo‘lgan qiziqishni shakllantirishda bu fanni va uning ayrim qismlarini o‘rganishning zarurligi,
muhimligi va maqsadga muvofiqligini o‘quvchilarga anglatish juda zarurdir. O‘tilayotgan material
oldingi material bilan qanchalik ko‘proq bog‘lab tushuntirilsa, u o‘quvchilarga shunchalik
qiziqarliroq tuyuladi.
O‘quv materialini o‘quvchilarni qiziqtiradigan narsalar bilan bog‘lab tushuntirish ham, ularni
darsga qiziqtirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘rtacha qiyinlikdagi o‘quv materiali ham o‘quvchilarda
qiziqish uyg‘otmaydi. O‘quv materiali bir qiyinroq, lekin o‘quvchilar kuchi yetadigan bo‘lishi
kerak. O‘quvchilar bajargan ishlarni tez-tez tekshirish ham ularni fanga bo‘lgan qiziqishini
uyg‘otadi. O‘quv materialining aniqligi, hissiyotga boyligi, o‘qituvchining zavqlanib gapirishi ham
o‘quvchiga, uni fanga bo‘lgan qiziqishini ortishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqoridagi ta’riflarda pedagogik boshqaruv mahoratining qaysi jihati yaqqol ko‘zga
tashlanadi? Pedagogik boshqaruv mahorati o‘qituvchilar tomonidan o‘qitish
metodlarini tanlashga
alohida e’tibor beradilar. O‘quvchilarning frontal, differensiyalashgan va yakka tartibdagi faoliyat-
larining umumiy jihatlari ko‘proq bo‘lsa-da, ularni tashkil etish o‘qituvchidan o‘ziga xos ijodiy
yondashishni talab qiladi. O‘quvchilik faoliyatining obyektini tarkibi va o‘ziga xosligi uning har bir
aniq vaziyatga ijodiy yondashishini taqozo qiladi. Agar butun sinf, guruh va alohida shaxsga
nisbatan bir xil metod bilan ta’sir ko‘rsatilar ekan, unda tarbiyasi ham, ijodiy yondashish ham
barbod bo‘ladi.
Ayrim hollarda o‘qishga qiziqtiruvchi metodlardan, boshqa hollarda
esa burch va javobgar-
likni his etishni rag‘batlantiruvchi metodlarga ko‘proq e’tibor berish tavsiya etiladi. Tajribali
o‘qituvchilar o‘tilayotgan mavzuni xalq xo‘jaligi masalalarini hal etishdagi ahamiyatiga oid
qiziqarli misollar keltiradilar, didaktik o‘yinlardan, o‘quvchilar faolligini rag‘batlantiruvchi turli
usullardan foydalanadilar. Shuning uchun ham o‘qituvchi o‘quvchilarda paydo bo‘ladigan qiyinchi-
liklarni yengish uchun o‘ziga iroda va qat’iylikni ham tarkib topshirishi zarur. Ayrim pedagoglar
kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun avvalo ta’lim va tarbiya metodlarini takomillashtirishga
intiladilar.
Bu
tabiiy hol, chunki aynan metodlar yordamida pedagog o‘z o‘quvchilarini turli o‘quv
faoliyatiga jalb qiladi. Bu bilan o‘quvchilarda muayyan bilim, ko‘nikma, malakalar va xulqni
shakllantiradi. Lekin aynan bir xil metod bilan ishlagan turli o‘qituvchilarning erishgan natijalari
ham turlicha bo‘lishi aniqlangan. Buning ustiga, sinovdan o‘tkazilgan metodlardan foydalangan
bo‘lsalarda, ayrim o‘qituvchilar, hatto eng quyi darajadagi o‘zlashtirish natijalariga ham erisha
olmaganlar. Bunday o‘qituvchilar:
“Hamma narsani metodik
tavsiya asosida bajardim, nima uchun bolalar, qaysarlikni va dars
tayyorlamaslikni yana davom ettirmoqdalar?” – deb hayron bo‘ladilar. Gap shundaki, o‘quvchilarni
bilim olishga qiziqtirishda o‘qituvchi tomonidan tanlangan metodlar, usullar va topshiriqlardan
boshqa sabablar ham ta’sir ko‘rsatadi.