• Akademik qobiliyatlar
  • Didaktik qobiliyat
  • -rasm. Pedagogik qobiliyatlar




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

     
    9-rasm. Pedagogik qobiliyatlar. 


    48 
    Kommunikativ qobiliyat:
    – to‘g‘ri muomala qila bilish qobiliyati. Bolalarga yaqinlasha olish, 
    ular bilan pedagogik nuqtayi nazardan juda samarali o‘zaro munosabat o‘rnata bilish pedagogik 
    nazokatning mavjudligini bildiradi. 
    O‘qituvchining pedagogik jamoa va ota-onalar, mahalla ahli bilan bo‘ladigan o‘zaro 
    muloqotida, ularning ruhiy holatlarini tushunish va ularga hamdard bo‘lish. muloqotga kirishishida 
    pok ko‘ngillilik. O‘qituvchi bunda psixologik bilimlarga ega bo‘lishi, muomala madaniyatini 
    muntazam o‘zida shakllantirib borishi lozim. 
    Akademik qobiliyatlar
    – matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu 
    kabi fanlarga xos qobiliyatlardir. 
    Qobiliyatli o‘qituvchi o‘z fanini faqat kurs hajmidagi emas balki atroflicha keng, chuqur bilib, 
    bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib, o‘quv materialini 
    mutlaqo erkin egallab, unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo‘lsada tadqiqot ishlarini 
    olib boradi. 
    Ko‘pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o‘qituvchi o‘z fani bo‘yicha yuksak bilim 
    saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib xayratda qoldirish, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘ota 
    olish uchun u yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli, keng erudisiyali bilimdon odam 
    bo‘lmog‘i lozim. 
    Bunday o‘qituvchilar haqida o‘quvchilar “Maxmud aka xuddi professorning o‘ziginasi-ya. 
    Biz uning bilmagan birorta sohasi bormikin deb tez-tez o‘ylab turamiz. Darslarga u butun vujudi 
    bilan kirishib ketadi” deydilar. Ba’zan o‘quvchilar o‘z o‘qituvchisi haqida “Baqir-chaqir qiladi-yu, 
    ammo zarracha bilimi yo‘q” deb butunlay teskarisini aytsalar juda alam qiladi. 
    Didaktik qobiliyat:
    o‘quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta’lim va tarbiyaviy 
    qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur o‘zlashtirgan holda samarali dars berish qobiliyatidir. 
    Shuningdek, dars pedagogik texnologiyalar asosida jahon andozalariga, hozirgi zamon talablariga 
    javob berishi kerak. Bu bolalarga o‘quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib 
    berish, bolalarda fanga qiziqish uyg‘otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg‘ota biladigan 
    qobiliyatlardir. 
    Didaktik qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi zarurat tug‘ilganda qiyin o‘quv materialini – 
    osonroq, murakkabrog‘ini soddaroq, tushunish qiyin bo‘lganini tushunarliroq qilib o‘quvchilarga 
    moslashtirib bora oladi. O‘qituvchining mana shu xislatlarini bilib olgan o‘quvchilar odatda: 
    “O‘qituvchining eng muhim tomoni ham uning hamma narsani aniq-ravshan va tushunarli qilib 
    berishida. Bunday o‘qituvchining qo‘lida maza qilib o‘qiging keladi”; “Unisi esa hech narsaga 
    yaramaydigan o‘qituvchi, hech ham aniq tushuntirib bera olmas edi”; “O‘quv materialini oldida 
    tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek, zerikarli va noaniq – mujmal qilib 
    tushuntiradi. Biz bunday o‘qituvchilarni yoqtirmaymiz”-deydilar. 

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish