Qobiliyat
Sa’diy Sheroziyning ikkita talabasi bor ekan. Biri imtihondan o‘tibdi, boshqasi
yiqilibdi. Omadsiz shogirdning otasi ustozdan xafa bo‘lib debdi:
- Siz ikkoviga bir xil ilm berganmisiz, axir? Nimaga mening o‘g‘lim imtihondan
yiqildi?
Shayx Sa’diy esa xotirjamlik bilan:
- Ta‘lim bir, qobiliyat har xil, - degan ekan.
52
doirasida kommunikativ muhit kommunikantlarni bevosita har tomonlama qamrab olgan); yozma
kommunikatsiya (yolg‘on xabarlar vaqt va makon to‘siqlarini kesib otgan); nashr-kommunikatsiya
(kommunikantlarni yalpi qamrab olishning oshishi, “Gettenberg galaktikasi”ning yaratilishi, yani
bosma kitoblar chop etish texnologiyasining ixtiro qilinishi); multimedia kommunikatsiyasi
(bevosita muloqotga global miqyosda kirishish).
Kommunikatsiya tadqiqotlari kommunikatsiya muammolarini gumanitar, tabiiy va texnik
fanlar vakillari tadqiq qilishadi. Faqat insonlararo emas, balki hayvonlararo, kompyuterlararo,
“inson-mashina” va aloqa tizimlarida axborot almashinuvini o‘rganuvchi fanlarning vakillari –
kibernetiklar, biologlar, etologlar, semiotiklar axborot almashinuvini kommunikatsiya deb ataydilar.
Shuningdek, XX asrning 60-yillarida amerikalik sotsiloglar (Lazarsfeld, Lippman, Lassuell,
Merton, Maklyuen va boshqalar) o‘z tadqiqotlarida “ommaviy kommunikatsiya” atamasini ham
qo‘llay boshladilar. Shu tariqa, kommunikatsiya nazariyasi mustaqil fan sifatida shakllanib borib,
o‘zining predmeti, kategoriyalar apparati, o‘z qonuni va tarixiga ega bo‘ldi. Kommunikatsiya
nazariyasi axborot almashinuvining universal mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganadi.
Shuningdek, uning ommaviy kommunikatsiya nazariyasi, shaxslararo kommunikatsiya nazariyasi
kabi tarmoqlari ham mavjud.
Kommunikatsiya shartlari Kommunikatsiyani amalga oshirish imkoniyati muayyan shartlar
bajarilgandagina paydo bo‘ladi. Ular quyidagilar: kommunikativ jarayon uchun kamida ikki tomon-
ning ishtiroki zarur; kommunikatsiya doimo teskari aloqa tamoyiliga tayanadi; kommunikatsiya
ma’lum belgilar tizimisiz amalga oshirilmaydi. Hаr qanday nazariyada bo‘lganidek, kommunikat-
siya nazariyasi ham “axborot”, “kommunikatsiya”, “axborot almashinuvi”, “kommunikativ makon”
kabi o‘ziga xos tushunchalari (kategoriyalari) ga ega.
M.Veber, G.Gadamer, G.Shpetler ilgari surgan kommunikatsiya modelida kommunikatsiya-
ning asosiy natijasi bu insonning boshqa inson tomonidan tushunilishi, o‘zaro tushunish deb ataladi.
Kommunikatsiya - bu o‘ziga xos axborot almashinuvi bo‘lib, uning natijasida jo‘natuvchidan
qabul qiluvchiga intellektual va emotsional axborotni uzatish jarayoni kechadi. Kommunikativ
jarayonning turli modellari mavjud. Misol uchun, Aristotel kommunikatsiya jarayonining uchta
(notiq – nutq – auditoriya) komponentini ajratgan bo‘lsa, zamonaviy variantda u “kommunikator –
xabar – kommunikant” ko‘rinishiga ega.
Kommunikatsiya va muloqotning farqlari qator qomusiy va izohli lug‘atlarda “kommunikatsiya”
atamasi “xabar y o‘li, muloqot” deb talqin qilingan.
Taniqli faylasuf M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya va muloqot kamida ikki jihatdan
farqlanadi.
Birinchidan, “muloqot amaliy, moddiy va manaviy axborot almashinuvidir va u amaliy-
manaviy xarakterga ega, kommunikatsiya esa u yoki bu xabarlarni uzatish bilan bog‘liq sof axborot
jarayonidir”.
Ikkinchidan, ular o‘zaro munosabatga kirishayotgan tizimlarning aloqa xossalari bo‘yicha bir-
biridan ajralib turadi.
Kommunikatsiya subyekt-obyekt aloqasi bo‘lib, unda subyekt ma’lum axborotni uzatadi,
obyekt esa axborotning passiv qabul qiluvchi sifatida namoyon bo‘ladi, uning vazifasi axborotni
qabul qilish, tushunish, yaxshi anglash va shu axborotni inobatga olib, harakatlanishdan iborat.
Shunday qilib, M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya bir tomonga yo‘naltirilgan jarayondir.
Muloqot esa, aksincha, subyekt-subyekt aloqasi bo‘lib, unda “xabarlar jo‘natuvchisi va qabul
qiluvchilar yo‘q, balki suhbatdoshlar, umumiy faoliyat ishtirokchilari bor”. Muloqotda axborot
sheriklar o‘rtasida harakatlanadi, demak, muloqot jarayoni kommunikatsiyadan farqli ravishda ikki
tomonlama y o‘naltirilganlik xarakteriga ega.
53
Muloqot insonlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish va taminlashga qaratilgan hamda,
birinchi navbatda, verbal, yani til (nutq yoki matn) yordamida amalga oshiriladigan o‘ziga xos
axborot almashinuvi jarayonlarini bildiradi. Inson muloqotda shakllanadi, rivojlanadi va shaxs
sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy muloqotda ruhiyat taraqqiy etadi va individ o‘zini hayotga joriy
etadi. Ruhiy jihatdan rivojlangan odamlar bilan muloqotda bo‘lish orqali, ilm olishga bo‘lgan keng
imkoniyatlar evaziga inson o‘zining barcha yuksak qobiliyat va sifatlarini egallab borib, shaxsga
aylanadi.
Muloqot – verbal axborot almashinuv jarayoni.
Muloqot va kommunikatsiya muloqot tushunchasini kommunikatsiya tushunchasidan farqlash
lozim. Kommunikatsiya jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini
anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi, daraxtlardagi irsiy belgilarning kuzatilishi,
insonning turli-tuman texnik vositalar bilan aloqaga kirishishi – bularning barchasi kommunikatsiya
hisoblanadi. Muloqot faqat insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan
boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo‘lish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib boradi.
Muloqotning vazifalari B.F.Lomov va L.A.Karpenkoning fikricha, muloqotning 3 xil vazifasi
mavjud:
1. Kommunikativ (axborot uzatish) vazifa. Muloqotning kommunikativ jihatida individlarning
o‘zaro malumot almashinishi sodir bo‘ladi.
2. Interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) vazifa. Muloqotning interaktiv jihatida individlar
nafaqat bilim va g‘oyalar, balki harakatlar bilan ham o‘zaro ta’sirni amalga oshiradilar.
3. Perseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish) vazifa. Muloqotning perseptiv jihati muloqot
jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir, yani muloqotning ushbu jihatida bir
kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi kuzatiladi.
Muloqot – bu birinchi navbatda axborot bilan bog‘liq noyob hodisa, o‘ziga xos axborot
jarayonidir. Umuman olganda, axborot jarayonlari axborotni qabul qilish, saralash, saqlash, uzatish
va boshqalardan iborat ijtimoiy jarayonlardir. Axborot jarayonlari butun jamiyat organizmini
qurshab olib, barcha ijtimoiy tizimlarni qamraganligi, ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng
kichik qismida ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir.
Muloqot turlari – Boshqariladigan muloqot suhbatdoshning shaxs xususiyatlaridan kelib
chiqib, turli usullarni (xushomad, qo‘rqitish, aldov va boshqalar) qo‘llagan holda undan foyda
olishga qaratilgan.
5. Dunyoviy muloqot – bu turning mohiyati biror mavzuga oid bo‘lmasligidan iborat, ya’ni
odamlar o‘z fikrlarini emas, balki bunday vaziyatlar uchun umumiy bo‘lgan fikrlarni bildiradilar.
6. Havoyi muloqot – bu muloqot uchun muloqot.
Do‘stlarning ma’naviy, shaxslararo muloqoti vaqtida istalgan mavzuni o‘rgatish va bir-
birlarini yuz ifodasi, tovush ohangi va harakatlar yordamida tushunish mumkin.
Verbal va noverbal muloqot odamlar o‘rtasidagi muloqotning eng muhim turlari verbal va
noverbal muloqotdir. Verbal muloqot faqat insonga xos bo‘lib, zarur shart sifatida tilni
o‘zlashtirishni belgilab beradi. Nutq muloqot vositasi sifatida bir vaqtning o‘zida ham axborot
manbai sifatida, ham suhbatdosh bilan o‘zaro tasirlashuv vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Noverbal muloqot til, tovush nutqining qo‘llanilishiga asoslanmagan bo‘lib, bu mimika, imo-
ishoralar, pantomimika, sensor yoki tana orqali aloqalar vositasidagi muloqot. Bu boshqa odamdan
qabul qilinadigan taktil (teri orqali sezish), ko‘rish, eshitish, hid bilish hamda boshqa sezgi va
tasavvurlar.
Noverbal muloqot turlari –
1. Noverbal muloqotning besh xil shakl mavjud: kinesika, paralingvistika, proksemika, vizual
muloqot va takesika. Kinesika – bu imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat bo‘lgan
54
muloqot vositalari tizimi. Paralingvistik va ekstralingvistik belgilar tizimi, shuningdek, nutq
kommunikatsiyasi “qo‘shimchalar”idan iborat. Paralingvistik tizim – bu vokallashtirish tizimi,
ya’ni, tovush sifati, uning ko‘lami, tonalligi. Ekstralingvistik tizim – nutqqa tanaffus va boshqalarni,
masalan, tin olish, yo‘talish, yig‘i, kulgi, nutq jadalligini kiritish.
Noverbal muloqot turlari –
2. Proksemika – psixologiyaning muloqotni fazoda va vaqt bo‘yicha tashkil etish talablari
bilan shug‘ullanadigan maxsus sohasi. Proksemikaning asoschisi amerikalik antropolog E.Xolldir.
Proksemik xususiyatlarga sheriklarning muloqot vaqtidagi yonalishi va ular o‘rtasidagi
masofa kiradi. Vizual muloqot – bu ko‘zlar orqali aloqa. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, servis sohasi
bilan bog‘liq ish faoliyatida verbal, hamda noverbal aloqalar boyicha o‘z malakalarini muntazam
oshirib boradiganlarga omad kulib boqadi. Takesika jismoniy muloqot. Masalan, silab qo‘yish,
urib-urib qo‘yish, qo‘l berib ko‘rishish, itarib yuborish. Ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan
kommunikatsiya guruh yoki tashkilot ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida
axborot almashish jarayonini oʻz ichiga oladi.
Bunday turdagi kommunikatsiya, asosan, tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka
Kommunikatsiyada inson axborotni aniqlashi va idrok etishi (oʻzlashtirishi) katta ahamiyatga ega.
Guruh yoki tashkilot ichidagi Kommunikatsiya uchun shu guruh yoki tashkilot a‘zolari
orasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan Kommunikatsiya qoidalarining xususiyat-
lari ahamiyatli;
Kommunikatsiyalarning yana bir turi norasmiy kommunikatsiyalar bo‘lib, ularning tarqalishi
ko‘pincha mish-mishlar deb ataladi. Bu turdagi kommunikatsiyalar odamlar guruhlarga to‘planib
turgan joylarda mavjud bo‘ladi. Bunda axborot norasmiy kanallar (yo‘llar) orqali yetkaziladi va o‘z
harakati davomida mazmunini o‘zgartirishi mumkin.
Shuning uchun ko‘p hollarda noto‘g‘ri axborotni mish-mishlar deb atashadi. Lekin axborot
norasmiy kanallar orqali tez harakatlanishini hisobga olib, rahbar ayrim hollarda bu kanallardan
tashkilot maqsadlariga erishish yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishadi.
Muloqotning kommunikatsiya vositasida kishilar axborotlar bilan almashadilar.
Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda va bilish
bo‘yicha ma’lumot almashishdan iborat bo‘lgan o‘zaro ta’sir etishdir. Muloqotning tizimida o‘zaro
bir-biriga bog‘liq jihatlari ajratiladi: kommunikativ, interaktiv va pertseptiv.
1. Muloqatning kommunikativ jihati bu muloqatdagi individlarni o‘zaro ma’lumot
almashinishidir.
2. Muloqotning interaktiv jihati bu individlar muloqatda nafaqat bilim va g‘oyalar balki
harakatlar bo‘yicha ham o‘zaro ta’sirini tashkil etishdan iborat.
3. Muloqatning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali
tushunishdir.
Demak, muloqot birgalikdagi harakat extiyojlaridan kelib chiqadigan, aloqa almashish, bir-
biriga ta’sir etish, boshqalarni tushinish, odamlar o‘rtasida kontakt o‘rnatish va rivojlantirish
jarayoni.
Taniqli psixolog S.L.Gubinshteyn shunday deb yozgan edi:
|