59
Videokonferensiya va uni o‘quv jarayonida qo‘llash masofadan videokonferensiya tizimini
qo‘llash yordamida interaktiv o‘quv darslarini olib
borish imkoniyati yaratildi, ya’ni interfaol
usulda ma’ruzalarni o‘qish,
seminarlar tashkil etish, savollarga javoblar va hokazo.
Interfaol forma – masofadan videokonferensiya o‘qitish tizimi, masofadan turib Internet yoki
lokal tarmoq orqali o‘qitishdan farq qiladi, xuddi radiodan va televideniyadan ma’ruza o‘qish kabi.
Masofadan videokonferensiya tizimi – matnli axborotlar almashish,
fayllar almashish imkonini
beradi.
Tashqi elektron doska qo‘llashda o‘qituvchi doskaga yozadi va bu videokonferensiya aloqa
ko‘magida boshqa auditoriya tinglovchilariga ko‘rsatiladi. Elektron doskadan masofadan o‘qitish
tizimi foydalanuvchilari
bir xil foydalanishlari mumkin, ya’ni bir doskaga chizilgan rasm boshqa
auditoriyadagi doskalarda ko‘rsatiladi. Dars olib borish jarayonida
videokamera avtomat tarzda
ma’ruza o‘qiyotgan proffessor, talaba yoki savol beruvchi tomonga buriladi.