62
О.О.Kаshеnkоning fikrichа, o‘z-o‘zini tаhlil etish fаlsаfа vа psiхоlоgiyadа o‘z-o‘zini аnglаsh,
o‘z-o‘zini bilish, o‘z-o‘zini bоshqаrish, o‘z-o‘zini bаhоlаshning tаrkibiy qismi sifаtidа аks ettirilsа
hаm mustаqil kаtеgоriya sifаtidа ishlаtilmаydi. Birоq o‘z-o‘zini аnglаshning shаkllаnishi vа
rivоjlаnishi o‘z-o‘zini tаhlil etish аsоsidа аmаlgа оshishini esdа tutish zаrur.
Asosiy maqsad, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatida majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli
intizom egallashi, o‘qituvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat
o‘qituvchi tarbiya usullari tizimini belgilab olgandan keyin bir qator aloqa o‘rnatish
vazifalarini
rejalashtirishi kerak.
Albatta, bu nihoyatda qiyin jarayon, zero tarbiyaning har bir usuli, tarkibiy qismi va tashkil
etuvchi usullari muomala orqali aloqa o‘rnatishning samaradorligiga bog‘liq. Ushbu jarayon
bevosita o‘qituvchining fikr almashuvi (refleksiya) bilan bog‘liq
xususiyatlariga, o‘quvchi ruhiy
holatini fikr tezlig bilan o‘qib olish san’atiga va pedagogik ta’sir ko‘rsatishning turi usullarini bir-
biri bilan o‘zaro aloqadorlikda qo‘llay bilishiga taalluqli bo‘lib, ular uzluksiz shakllanadi.
O‘qituvchining fikr almashuvi bilan bog‘liq kommunikativ qobiliyatini shakllantiruvchi
asosiy xususiyatlari o‘quvchi ongiga qaratilgan faoliyat bo‘lib, nihoyatda murakkab jarayonda
takomillashadi. O‘zaro fikr almashish omillari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kommunikativ
qobiliyatning quyidagi yo‘nalishlari mavjud:
- o‘quvchilarni
ishontirish;
- o‘quvchilar ongiga ta’sir etish;
- o‘zgalarga taqlid qilish.
O‘quvchilarni ishontirish tarbiyalanuvchining ongiga qaratilgan bo‘lib, o‘qituvchi fikr
mulohazalarini ta’sirchan nutq orqali o‘quvchining bilimlar tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-
atvoriga, xatti-harakatiga ta’sir etadi va uni qisman o‘zgartiradi. Ishontirish o‘qituvchining kasb
faoliyatiga taalluqli bo‘lgan murakkab faoliyatida asosiy ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib, ta’lim -
tarbiya jarayonida ishlatiladigan usullardan biri hisoblanadi.
O‘quvchi ongiga ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishontirish usuli o‘qituvchidan bahs,
munozara asosida dalillar keltirishni, isbot va mantiqqa tayanishni talab qiladi.
Ayniqsa, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida o‘rganilayotgan mavzuga taalluqli muqobillik
mavjud bo‘lganda, tanqid va fikrlar kurashiga tayanilganda samarali bo‘ladi. Ishontirish
tarbiyalanuvchining
ongiga qaratilgan ekan, o‘qituvchining his-tuyg‘usi, nutqi va ishontira olish
san’ati bunda muhim ahamiyatga ega. U pedagogik ta’sir ko‘rsatish usuli sifatida darslarda yangi
mavzuni tushuntirishda, o‘quv-tarbiyaviy soatlarda, turli uchrashuvlar
va ijodiy suhbatlarda
munozaralar shaklida qo‘llaniladi.
Tarbiyaviy tadbirlarda ishontirish usuli sinf jamoasi bilan hamda alohida o‘quvchi bilan
individual suhbatlar o‘tkazish, siyosiy mavzulardagi darslarda keng qo‘llaniladi.
Ishontirish usuli yordamida o‘quvchilarning dunyoqarashi shakllantiriladi. Bu ayniqsa
o‘quvchi ongini begona mafkuraviy g‘oyalardan himoya qilishda muhim ahamiyatga ega.
Ishontirish asosida o‘quvchiga ideal va mustaqil fikrlar qayta quriladi, ularni ba’zi psixik ta’sirlar
tufayli sodir bo‘ladigan tushkunlik holatidan asraydi, ularda erkinlikni
hamda mustaqil fikrlash
qobiliyatini o‘stiradi, o‘ziga va kelajagiga ishonch uyg‘otadi, o‘z-o‘zini tarbiyalashda, mustahkam
irodani shakllantirishga undaydi.