63
sezilarsiz ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir o‘quvchilar ongiga, psixikasiga nazoratsiz kirib borishi
bilan alohida ahamiyatga ega, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatida, xatti-harakatlarida, intilishlarida
yo‘l-уо ‘riqlar кo‘rsatish tarzida amalga oshiriladi.
Ongga ta’sir – shunday bir psixik jarayonki, o‘quvchilar o‘qituvchining yoki biror shaxsning
ta’siri ostida, o‘z ongining yetarli nazoratisiz voqelikni idrok etadi. Agar o‘qituvchi bunda
pedagogik mahoratga psixologik tajriba va bilimlarga ega bo‘lmasa, o‘quvchilar ongiga ta’sir qila
olmaydi, natijada ta’lim-tarbiya jarayoni ijobiy natijalar bermaydi o‘qituvchi o‘quvchilarning
hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘la olmaydi o‘qituvchi o‘z tarbiyalanuvchilari ongini tashqi muhitning
salbiy ta’sirlaridan, sinf jamoasi norasmiy yetakchilarining turli yashirin buzg‘unchi g‘oyalaridan
himoya qilishga mas’ul shaxsdir. O‘quvchi ongiga ta’sir o‘tkazishda o‘qituvchi yetakchilikni
o‘z qo‘liga kiritishi uchun;
o‘quvchilarning salbiy xatti-harakatlari tufayli sodir bo‘ladigan emotsional his-tuyg‘ularga
berilmasligi;
har bir o‘quvchining psixologik va ruhiy holatini puxta o‘rganmasdan uning ongiga
tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishga harakat qilmasligi;
har bir o‘quvchiga alohida shaxs sifatida hurmat e’tibor bilar munosabatda bo‘lishi;
sinf jamoasining norasmiy yetakchisini sezdirmasdan aniqlay olishi va uning xatti-
harakatidan doimo ogoh bo‘lishi;
pedagogik mahoratning muhim jihatlarini uzluksiz o‘zida takomillashtirib borishi;
o‘ylanmay aytilgan har bir so‘z, noo‘rin fikr-mulohazaning oqibatini hech qachon tuzatib
bo‘lmasligini o‘qituvchi doimo his etishi lozim.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda axborot texnologiya maydonining nihoyatda
kengligi tufayli o‘quvchilar ongi tarbiyaga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi g‘oya va mafkuralar bilan band
bo‘lish: tabiiy hol. O‘qituvchilar yosh avlodni tarbiyalashda ongga ta’sir qilishning keng imkoniyat-
larini o‘z-o‘rnida qo‘llay olsalar, o‘quvchilar ongini turli keraksiz g‘oyalar va mafkuralardan
himoya qila oladilar. Shuni unutmaslik kerakki, o‘quvchilar o‘zlarining yosh xususiyatlari va
psixologik ta’sirga moyilligi tufayli har qanday ta’sirga nihoyatda beriluvchan bo‘ladilar.