66
tizimi maqsadlarini rivojlantirish uslublari asosida tarbiyalanuvchilar bilan hamkorlik qilish kerak.
Bir so‘z bilan aytganda, o‘zaro munosabatlar va intizom madaniy xulq tarbiyasini tashqaridan emas,
ichkaridan, o‘quvchilarni extiyoj – motivlar tizimiga asoslanib amalga oshirish lozim.
Bizni o‘rab turgan borliq hamda insoniyatning yashash tarzining o‘zi ma’lum o‘zaro
muomala, intizom, madaniy xulq qoidalariga rioya qilish borliqqa ma’lum natijalarni ko‘zlab ta’sir
etish imkonini beradi.
Bu o‘rinda o‘zaro muomala madaniyati va munosabati va intizom, madaniy xulq tarbiyasini
takomillashtirib borishda asos bo‘ladigan qarama – qarshilik mavjud shaxs ruhiy sifatga ega
bo‘lganligi uchun, unda shakllangan o‘zaro munosabat, muomala, intizom, madaniy xulq darajasi
borliqqa doimo to‘g‘ri kelavermaydi.
Ikkinchidan esa, borliq taqozo
etayotgan qoidalar doimo shaxs, moddiy, ma’naviy manfaat-
lariga mos bo‘lavermaydi.
Shaxs o‘zaro munosabat va muomala, intizom, madaniy xulq tarbiyasini borliq (jamiyat)
talablari darajasigacha rivojlantirishga faol harakat qiladi. Bu esa shaxsning o‘z intizomi, muomala
madaniyati, xulq ko‘nikmasi ustida doimiy ravishda ishlashga olib keladi. Faoliyatdan maqsad esa
ko‘zlangan natijalarga erishish bo‘lib qolaveradi.
Yuqorida aytilgan fikrlarimizdan kelib chiqib, intizom va madaniy xulq tarbiyasiga quyida-
gicha ta’rif berilishini maqsadga muvofiq deb bilamiz. O‘zaro munosabat va muomala madaniyati,
intizom va madaniy xulq tarbiyasi – bu shaxsning o‘ziga xos sifati bo‘lib, o‘quv qoidalari bajari-
lishidan o‘quvchining faol ijodiy yondoshishda va shaxslararo muloqot munosabatlarida, ijtimoiy-
ta’limiy natijalarga erishishda o‘qituvchi bilan hamkorlik qilish tushuniladi.
Bu berilgan ta’rifda;
- birinchidan, intizom va madaniy xulqning yaqinlashtiruvchi xususiyati ta’kidlangan.
- ikkinchidan, intizom va tartib qoidalarni bajarishda o‘quvchining faolligi ko‘rsatilgan.
- uchinchidan, intizom va madaniy xulqning faoliyat natijasiga qaratilganligiga e’tibor
beriladi.
- to‘rtinchidan, intizom o‘quv faoliyati jarayonida namoyon bo‘lishi,
madaniy xulqning esa
esa shaxslararo muloqot, munosabatlarda aks etishi ko‘rsatilgan.
- beshinchidan, intizom, madaniy xulq tarbiyasi o‘quvchi va o‘qituvchi o‘zaro hamkorligida
amalga oshirilishi hisobga olingan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, pedagogika fani o‘qituvchisi tor doiradagi ta’limiy-
tarbiyaviy fikrlar va axborotlar bilan cheklanmasdan, o‘zining ma’naviy olamini yanada boy va
go‘zal bo‘lishi uchun, konsepsiyalar va me’yoriy hujjatlarga mos keladigan haqqoniylikni aks
ettiradigan axborotlar, ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan kompyuter texnologiyasi,
ko‘rgazmali materiallar, qo‘llanma va adabiyotlardan unumli foydalanishni
kundalik hayot tarziga
singdirib borishlari lozim.
Mahorat birdaniga yuzaga kelmaydi. Yoki pedagogika fanini o‘qiboq kasbiy-pedagogik
mahorat sohibi bo‘lib qolish qiyin.
Bu jarayon o‘qituvchilik kasbiga qiziqib, mehr qo‘yib, uni ongli va asosli ravishda tanlashdan
boshlanadi. O‘qituvchi tomonidan esa, ushbu kasbga yunaltirishning qanchalik ilmiy va metodik
asosiga qo‘yilganligi bilan bog‘liq.
Kasbga bo‘lgan barqaror qiziqishning, maylning shakllanishi sevimli o‘qituvchisiga taqlid
qilish va unga o‘xshashlikni istash, bolajonli bo‘lish, fanga qiziqish o‘sha kasbning jamiyatda
tutgan o‘rnini qanchalik tushunib yetganligi bilan ham bog‘liqdir. Bu jarayon maktabda kasb
tanlashga yo‘naltirish deyilsa, oliy maktabda kasbiy tarbiya va bilimlarni
egallash jarayoni deb
67
yuritilib, bunda pedagogik turkum fanlarining, ayniqsa, pedagogik mahorat fanining o‘rni alohida
kasb etadi.
Shuning uchun o‘qituvchi pedagogik mahoratli, har tomonlama bilimli, sabr-toqatli bo‘lishi
kerak, chunki unga o‘quvchilar har sohada murojaat qilishlari mumkin.
Pedagogik mahorat fani ayni paytda tarbiya san’ati to‘g‘risidagi fan hamdir.
O‘qituvchining pedagogik faoliyatni nozik qirralarini qanchalik egallaganligi zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni ta’lim va tarbiya tizimiga tadbiq eta olish qobiliyatida o‘z ifodasini
topadi.
Pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi, ba’zan uning egallagan nuqtai
nazarda ham namoyon bo‘ladi. Masalan, birinchi kurs o‘quvchilarini ertaga yana paxta terimiga olib
chiqish kerak, lekin o‘quvchilar: “Biz bormaymiz, chunki oldingi o‘rinlarda tergan paxtamiz dalada
chirib ketyapti, uni olib ketishmadi” – deb qaysarlik qilishadi. Pedagog o‘quvchilarning haqligini
sezib tursada, “Yo‘q
chiqishingiz shart, paxtani olib ketishi bilan ishlaring bo‘lmasin” – deb o‘z
fikridan qaytmayapti.
Bunday nuqtai nazarda turgan pedagogda odamiylik, insonparvarlik yetishmasligini yaqqol
ko‘rish mumkin. U hamkorlikda harakat qilib, paxtani tezroq olib ketilishi haqida fikr yuritsa,
maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
XIX asrning 2-chi yarimida P.G.Redkin “axloqiy qobiliyat” tushunchasini ilgari surdi. Bu
fikrni K.D.Ushinskiy davom ettirdi. U “Odamni tarbiyaning eng asosiy yo‘li ishontirishdir,
odamning e’tiqodiga esa faqat ishontirish bilan ta’sir qilish mumkin” deydi.
L.N.Tolstoy: ”Tarbiyalashning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun tarbiyalovchi kishilar sira
tuxtamay o‘zlarini tarbiyalay bilishlari kerak”, degandi.
A.S.Makarenko o‘z tajribasiga asoslanib, “agar har bir kishi qunt bilan mehnat qilsa, u o‘ziga
nisbatan talabchan bo‘lsa, u yaxshi pedagog bo‘lishi mumkin”, deydi.
Professional bilimlar pedagogik mahoratning tub asosini tashkil qiladi. Pedagog bilimi, bir
tomondan u dars berayotgan fan to‘g‘risidagi
bilimiga, ikkinchi tomondan esa, uni o‘zlashtirayot-
gan o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi.
O‘zi dars berayotgan fanni, uni o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlaridan
puxta bilimga ega bo‘lishi, pedagog professional bilimlari mazmunini tashkil etadi. Professional-
pedagogik bilimlarni o‘ziga xosligi, ularni kompleks xarakterga ega bo‘lishi va har bir o‘quvchida
shaxsiy “ohang” kasb etishidir.
Pedagogik qobiliyatlar, pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli o‘tishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
psixik jarayonlarni qanday kechayotganligini bildiradi. Bir qator olimlarning ilmiy tadqiqot
natijalariga asoslangan holda, oltita yetakchi pedagogik qobiliyatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Kommunikativlik (muloqotga moyillik), odamlarga nisbatan ko‘ngilchan bo‘lish, mehribonlik;
- aql
bilan sezish-kasbiy ziyraklik, boshqalarga hamdard bo‘lish, ichki (hissiy) sezgirlik;
- shaxsning harakatchanligi, irodaviy ta’sir ko‘rsatish va mantiqiy ishontirish qobiliyatlari;
- hissiy barqarorlik-o‘zini boshqara olishi;
- kelajakni eng maqbul holda bashorat qilish;