69
V.A.Slastelin
pedagogik madaniyatning integral ko‘rsatkichlari deb quyidagilarni hisoblaydi:
-
mutaxassislik sharafini va g‘ururini his etish
- jamiyatga xizmat qilish shakli sifatida pedagogik faoliyatga tayyorlik darajasi.
V.A.Kan-Kapin
pedagogik faoliyat madaniyati tizimiga quyidagilarni kiritadi:
- ijodiy individuallik
- sezgi farosat
- odob
- intuitsiya
V.A.Kan-Kapin pedagogik faoliyatni ijodiy jarayon sifatida qaraydi. Pedagogik mahoratga u
pedagogik mahoratlilikni kiritib, uni pedagogik madaniyatning bir qismi deb hisoblaydi.
Pedagogik madaniyatning muhim tashkil etuvchilari sifatida,
V.I.Pisarenko
quyidagilarni ko‘rsatadi:
- intelegentlilik
- bilimlar doirasining kengligi
- kasbi bo‘yicha bilimlarining chuqurligi
- ilmiy va ijtimoiy ma’lumotlar oqimida yo‘l topa olish mahorati
- pedagogik faoliyatda bilim va mahoratlardan foydalana bilishi.
Pedagogik madaniyat muammolarini o‘rganish. Bu tizimning quyidagi tashkiliy qismlarini
ajratib ko‘rsatishga imkoniyat beradi.
O‘qituvchining kommunikativ madaniyati – bu uning ta’lim jarayonining boshqa subyektlari
bilan kasbiy va pedagogik muloqoti madaniyati. Kommunikativ madaniyatning zarur darajasi
o‘qituvchiga o‘z tarbiyalanuvchilari va hamkasblarini ijobiy idrok etishga imkon beradigan va
ta’lim va tarbiya maqsadlariga so‘zsiz erishishni ta’minlaydigan daraja sifatida tan olinishi kerak.
Kommunikativ madaniyat o‘qituvchiga kasbiy faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlaydigan
pedagogik kompetensiyaning eng muhim tarkibiy qismi sifatida ko‘p jihatdan nafaqat ma’lumot
uzatishga, balki qulay psixologik muhitni yaratishga, hamkasblari yoki do‘stlari bilan munosabat-
larni o‘rnatishga yordam beradi.
U o‘qituvchining boshqa odamlarga va, avvalambor, o‘quvchilarga qaratilgan faoliyati,
ularning hissiyotlari, motivlari, harakatlari sifatida taqdim etilishi mumkin. Kommunikativ faoliyat
imo-ishoralar, mimika, so‘zlar orqali ifodalanadi va tegishli motivlar bilan rag‘batlantiriladi:
O‘quvchilarni o‘quv predmeti sifatida bilish kognitiv faoliyat, individual va yoki guruhiy, jamoaviy
o‘zaro hamkorlik, hamkorlik va birgalikda ijod qilishni amalga oshirish.