• Kommunikativ aloqa
  • Pedagogik jarayon
  • Natijalar tahlili
  • Modellashtirish bosqichida




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

    Modellashtirish bosqichida
    auditoriyaning barcha andozalarga javob berishi, har bir 
    o‘quvchining psixologik xususiyatlarini o‘rganishi, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda uchrashi mumkin 
    bo‘lgan qiyinchiliklar dinamikasini oldindan ko‘ra olish va bartaraf etish, muloqotning o‘zaro 
    hamkorlik asosida qurilishi, ya’ni muloqot o‘qituvchi shaxsiga emas, balki o‘quvchi shaxsiga ham 
    mos kelishini ta’minlash zarur. 
    Kommunikativ aloqa
    bosqichida sinf jamoasini o‘zaro muloqotga tez jalb etadigan suhbat 
    texnikasini puxta bilish, ularning barcha qiziqishlariga javob bera olish, erkin fikr bildirishlariga 
    imkoniyat yaratish va o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir etishning turli usullarini qo‘llash metodlarini 
    egallash lozim. 
    Pedagogik jarayon
    bosqichida o‘qituvchining faoliyati bevosita ta’lim-tarbiyaviy ishlarni 
    ma’lum bir yo‘nalishga solish, o‘quvchilar tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, sinf jamoasining 
    rasmiy va norasmiy liderlari bilan adolatli muloqotni tashkil etish, o‘z fikrlarini jamoa fikrlari bilan 
    real sharoitga moslashtira olish ko‘nikmalarini yaratish kabi faoliyat olib boriladi. 
    Natijalar tahlili
    o‘qituvchi o‘z faoliyatiga xolisona baho berishi, yutuq va kamchiliklarni 
    inobatga olib, kelgusi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida tanqidiy qo‘llashni bilishi lozim, ushbu yo‘na-
    lishda maqsad, reja va natijalarning birligi ta’minlanadi.
    O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish va boshqarishda 
    rahbarlikni, tashabbuskor bo‘la olishni bilishi kerak. 
    O‘quvchilarning axloqiy jihatdan tarbiyalanganligi uning atrof-muhitga nisbatan bo‘lgan 
    munosabatlarida ham namoyon bo‘ladi. Axloqiy tarbiyalanganlik o‘quvchining his-tuyg‘ularida 
    ichki kechinmalarida ifodalanadi va xulq-atvorida, o‘qituvchi bilan muloqot jarayonida yuzaga 
    qalqib chiqadi. O‘quvchilar bilan yaqin munosabatda bo‘lish va mehribonlikni namoyish etish, 
    o‘qituvchining sinf jamoasi bilan munosabatda to‘g‘ri va odilona muloqotini tashkil etishda asosiy 
    zamin bo‘ladi. 
    Muloqot turli rollar orqali shaxs faoliyati uchun ijtimoiy maydon yaratadi, shaxsning ijtimoiy 
    xulq-atvorini shakllantiradi. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zining shaxsiy tashabbuskor va 
    rahbarlik rolini namoyish etadi. 
    Dars jarayonida esa o‘qituvchi o‘quvchilarni 
    tashkilotchi va ijrochi 
    rollarida bo‘lishga 
    imkoniyat yaratishi kerak. Muloqot asosida shaxs o‘zligini tanishni o‘rganadi. O‘qituvchi darsni 
    rejalashtirar ekan, faqat o‘rganilayotgan dars mavzusi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida o‘quvchi-
    larni axborot ko‘lamiga jalb etishni o‘ylamasligi kerak, balki o‘qituvchining yordamiga muhtoj 
    bo‘lgan o‘quvchilarni topishi, ularga yordam berish uchun sharoit yaratishi, har bir o‘quvchining 
    qiziqishini ta’minlovchi sharoitlarni ko‘ra olishi va o‘zaro hamkorlikni ta’minlashi lozim. 
    Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi muloqot asosida o‘quvchilar bilan yaxshi munosabatni 
    tashkil eta olishi, demokratik talablarni qo‘llashi va birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi kerak.


    81 
    Pedagogik muloqot esa, bu o‘qituvchi kasbiy faolligining bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda ta’lim 
    va tarbiya muammolari o‘qituvchi hamda o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari 
    o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi. Bu vaziyatda o‘qituvchi baho beruvchi rolida 
    namoyon bo‘ladi hamda uning o‘zi baho oluvchi hisoblanadi. Bunday hollarda pedagogik ta’sir 
    ko‘rsatish vazifalari va vositalari hamda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan pedagogik muloqoti 
    quyidagi prinsiplarda namoyon bo‘ladi: 

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish