5.4 Muloqot madaniyati
Milliy qadriyatlarimiz va sharqona tarbiyamizning ta’siri muloqotda ham sezilib turadi. Bizda
kishilar bilan bog‘liq aloqaga muomala deyiladi. Eng go‘zal muomala lutf - karamdir.
Alisher Navoiy buni muomala – pardoz deb qo‘yadi. Xullas xalqimizda odamlar bilan
munosib tarzda muomala qila bilishlik madaniyat, olijanoblik alomati deb tushunilgan.
Muomala madaniyati, eng avvalo, xalqimizning bolajonligi, oilani muqaddas bilishida
namoyon bo‘ladi.
Muloqot madaniyati-jamiyatdagi xatti-harakatlarning belgilangan tartibi, odamlarning og‘zaki
va yozma nutqda asosiy tasvirlar bilan ifodalangan aloqa vositalaridan foydalanish, yetarli tanlov
asosida maqsadli o‘zaro ta’sir o ‘tkazishga qaratilgan.
Nutq so‘z va jumlalarda fikrlarning oddiy shakllanishi emas, balki ijtimoiy aloqalarni
o‘rnatish va o ‘rnatishning eng murakkab mexanizmi.
Muloqot-bu odamlar, ijtimoiy guruhlarning o‘zaro aloqasi va o‘zaro ta’siri, axborot
almashinuvi, tajriba, faoliyat natijalari.
Insonning inson bilan aloqasi faqat shaxslararo munosabatlar jarayonida sodir bo‘ladi. Aloqa
orqali inson:
- dunyo haqida ma’lumot oladi
- tajriba almashinuvi mavjud
- insoniyatni rivojlantirgan madaniy va axloqiy qadriyatlarni o‘rganadi
- xulq-atvor qoidalari va me’yorlarini o‘rganadi
- boshqa odamlarning harakatlarini baholashni o‘rganadi
- shaxsiy fazilatlarni shakllantiradi: prinsipial, sezgirlik, halollik, mehribonlik va boshqalarni
o‘rganadi.
Pedagogik faoliyatining subyekti-tarbiyalanuvchilarga asosan pedagog, ota-ona va
o‘quvchilar jamoasi ta’sir ko‘rsatadilar. O‘qituvchining shaxsi, bilimi va madaniyati o‘quvchilarga
89
ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy qurol bo‘lib hisoblanadi. Agar o‘quvchi pedagog shaxsini o‘ziga qabul
qilmasa (unga hissiy yaqinlik his etmasa), uning ta’siriga berilmaydi, qaysarlik qiladi, uni hurmat
qilmaydi.
O‘quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta’sir ko‘rsata oladigan kishigina haqiqiy
tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o‘zining axloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib
borishi zarur. Pedagog tomonidan sodir etilgan arzimas bo‘lsa-da axloqsizlik, uning o‘quvchilar
o‘rtasida misqollab yig‘ilgan obro‘siga jiddiy putur yetkazishi muqarrar.
Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muomala –
munosabatlar katta o‘rin egallaydi. Bu jarayonda bola insoniyat asrlar davomida to‘plangan
bilimlarni axloqiy tajribani egallab oladi.
Muallimlik pedagogik jarayonda yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash
vazifasi yuklatilgan. Shuning uchun ham o‘qituvchiga, uning axloqiy sifatlari xulqiga, o‘quvchilar
bilan muomalasiga nisbatan alohida, yuksak talablar qo‘yiladi. Muallim hayotga endigina kirib
kelayotgan barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar – yosh bolalar bilan muloqotda bo‘ladi.
Bolalar ta’lim-tarbiya jarayonida umuminsoniy va milliy axloq normalarini (mezonlarini)
o‘zlashtiradi. O‘quvchi muomala odobini asosan o‘qituvchi timsolida anglab oladi. Sevimli muallim
bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo‘lib qolishi ham mumkin.
Jumladan, mashhur alloma Aziziddin Nasafiy o‘zining
“Komil inson” nomli kitobida shunday yozadi
: “Bilgilki, komil
inson quyidagi to‘rt fazilatga mukammal shaklda ega bo‘lgan
insondir. Ularning birinchisi yaxshi so‘z, ikkinchisi ezgu faoliyat,
uchinchisi go‘zal axloq, to‘rtinchisi ilm”
. Ushbu mukammal shakl-
larga ega bo‘lgan inson buyuk davlatimiz poydevorini, farovon hayot
asoslarini qura oladi.
Barkamol, ijodkor shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga doir
axloqiy normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiya-
lanuvchiga ijobiy ta’sir o‘tkazish shartlaridan biri bolaga bo‘lgan ishonch bilan unga nisbatan
qo‘yilayotgan talablarning birligidadir. By qoida pedagogik amaliyotda ko‘p marta sinovdan o‘tgan
va o‘zini oqlagan. muallimlar, talabalar bilan o‘tkazilgan suhbat natijalari shundan dalolat beradiki,
maktabda xushmuomala o‘qituvchilar bilan bir qatorda bolalarga xuda-bexuda do‘q urib, baqirib
muomala qiladigan muallimlar ham uchraydi. Bunday muomala jamiyatda qabul qilingan
umuminsoniy va milliy axloqiy normalarga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday o‘qituvchilar bolalar orasida
obro‘orttira olmaydilar.
1. Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga chiqmaslik: har bir
o‘quvchining individual xususiyatlariga mos muloqot tizimini ishlab chiqishi; muloqotning
tarbiyaviy ta’sirini va samarasini e‘tirof etish; muloqot madaniyati asosida pedagogik mahoratni
namoyish etish.
2. Pedagogik muloqotda muomala madaniyati Pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi
faoliyatini muvaffaqiyatga yo‘naltiruvchi eng muhim vosita, bunda o‘qituvchining muhim fazilati,
uning muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va psixologik
fanlarda o‘ziga xos ta’rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida muomala o‘quvchilar qalbiga
yo‘l topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan ta’lim-
tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga qaratilgan o‘qituvchining pedagogik
qobiliyatidir. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida:
1. O‘z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi.
90
2. Sharqona udum va urf -odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi.
3. Yosh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi.
4. O‘zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir o‘quvchi qalbiga
yo‘l topadi.
Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri odamlarning mehr-oqibati, bir-
birlariga nisbatan o‘zaro hurmat e’tiborda bo‘lishlari o‘zaro muomala jarayonida namoyon bo‘ladi.
Xalqimizda azaldan muloqot salomlashish madaniyatidan boshlanadi.
|