91
Psixologiyada ziddiyat tomonlar – shaxslar yoki shaxslar guruhlari o‘rtasida qarama-qarshi-
likning yo‘qligi, qarama-qarshi motivlarga asoslangan subyektlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik:
ideallar, e’tiqodlar,
maqsadlar, manfaatlar, ehtiyojlar yoki qarorlar.
Nizo - qarama-qarshi maqsadlar, manfaatlar, pozitsiyalar, fikrlar yoki odamlarning qarashlari
o‘rtasidagi to‘qnashuv. Har qanday nizoning asosi-tomonlarning qarama-qarshi pozitsiyalarini yoki
bu holatlarda ularga erishish uchun qarama-qarshi maqsadlarni va vositalarni yoki sheriklarning
manfaatlarini, istaklarini mos kelmasligini o‘z ichiga olgan vaziyat.
Ta’lim jarayonini samarali boshqarish va pedagogik nizolarni hal etish. Ta’lim jarayonida
o‘qituvchi rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish, natijalarni baholash va tahlil qilish
kabi vazifalarni bajaradi.
Odatda ta’lim jarayonini samarali boshqarish o‘qituvchilar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini
ilmiy-pedagogik va amaliy metodik jihatdan to‘g‘ri tashkillashtirish, olib borish va natijalarni xolis,
tizimli tahlil etishga doir bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishiga bog‘liq.
Shu sababli
talabalar (bo‘lajak o‘qituvchilar) bu boradagi bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish hamda
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim jarayonini boshqarish – o‘qituvchi tomonidan muayyan mavzu bo‘yicha yoki nazorat
ishlarini o‘tkazish maqsadida tashkil etilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarining ilmiy-pedagogik va
amaliy metodik jihatdan to‘g‘ri tashkillashtirilishi olib borilishi, natijalarning
tahlil etilishi
quyidagicha;
1) mustaqil o‘qib-o‘rganish;
2) ilg‘or ish tajribalari bilan tanishish;
3) ilmiy anjumanlarda ishtirok etish;
4) o‘zaro tajriba almashish;
5) hamkorlikda pedagogik izlanishlarni olib borish;
6) tajribali shaxslardan maslahat olish va b.
Pedagogik tajriba – kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida pedagog tomonidan o‘zlashtiril-
gan orttirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui.
O‘qituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi.