94
Subyektiv nizolar
ga
kishilarning u yoki bu voqelikka bo‘lgan shaxsiy fikrlarining turlichaligi
oqibatida vujudga keladigan nizolar kiradi. Bu nizolar tabiati bo‘yicha his-tuyg‘uga, hissiyotga
berilish, qiziqqonlik oqibatida yuzaga chiqadi.
Konstruktiv nizolar
korxona maqsadiga muvofiq o‘zgarishlar
qilinishi, oqibatda esa nizo
chiqadigan obyekt (sabab)ni bartaraf etishni nazarda tutadi. Agar nizo hech qanday asosga ega
bo‘lmasa, unda bu nizo destruktiv nizo deb yuritiladi.
Bunday nizolar xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni barbod etadi, So‘ngra
ishlab chiqarish
jarayonini, boshqaruvchilarni izdan chiqarish payida bo‘ladi.
Nizoning kelib chiqishi va to‘qnashishning sodir bo‘lishi bir butun jarayon bo‘lib, bu jarayon
quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Nizoning yettita funksional oqibati ma’lum. Bu oqibatlar nizoni boshqarishning ijobiy samara
berganligini ifodalaydi.
Masalan birinchi oqibat:
Nizoni hal qilishda har ikkala tomon uchun ma‘qul qaror qabul qilinishida namoyon bo‘ladi.
Qarama-qarshi tomonlar nizo yechimiga teng manfaat nuqtai nazaridan yondashilganda
mamnun qoladigan.
Bunday oqibat o‘z navbatida nizo yechimi bo‘yicha qabul qilinadigan qaror to‘siqlarini, ya’ni
qarama-qarshi tomonlarning bir-biriga bo‘lgan:
- adovatni;
- xusumatni;
- dushmanlikni;
- adolatsiz kabi g‘arazli to‘siqlarni yumshatishga yoki butunlay yo‘qotishga imkon beradi.
Funksional oqibatning boshqa ko‘rinishida qarama-qarshi tomonlarning ko‘proq hamkorlik
qilishga, hattoki kelgusida ham o‘rtada nizo chiqmaslikka bo‘lgan moyilliklari namoyon bo‘ladi.
Agar nizolarni boshqarishning samarali yo‘llari topilmasa,
u holda maqsadga erishishga
xalaqit beruvchi quyidagi ko‘rinishdagi disfunksional oqibatlar yuzaga kelishi mumkin, ya’ni:
- qoniqmaganlik, mamnun bo‘lmaslik
- yomon ruhiy holat;
- qo‘nimsizlikning oshishi;
- mehnat unumdorligining pasayishi;
- kelajakda hamkorlikning susayishi;
- o‘zining guruhiga ko‘proq sadoqat va boshqa guruhlar bilan raqobatni susaytirish;
- qarshi tomonni faqat “dushman”
deb gumonsirash, o‘zining maqsadini ijobiy, qarshi
tomonning maqsadini esa faqat “salbiy” deb o‘ylash;
- hamkorlikka chek qo‘yish va qarama-qarshi tomonlar bilan nizoga chiqish;
- o‘zaro munosabat
va hamkorlikni susaytirib, adovatni, xusumatni kuchaytirish;
- urg‘uni o‘zgartirish:
- diqqat e’tiborni ko‘proq real muammoni yechishga emas, balki nizo jarayonida “g‘olib”
chiqishga qaratish.
Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud.
Ularni quyidagi yirik
guruhga bo‘lish mumkin
Tarkibiy – tashkiliy usullarga quyidagilar kiradi.