O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/181
Sana22.05.2024
Hajmi6,92 Mb.
#250633
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   181
Bog'liq
65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

To‘rtinchi qоidа.
Mаqsаdni muvоfiqlаshtirish. Tа‘lim оluvchi bilаn sizni birlаshtiruvchi 
nаrsаni tеzrоq аnglаsh vа uni ko‘rsаtish. 
Bеshinchi qоidа.
Sаmаrаli yеchim bоrligigа ishоnishingizni nаmоyish qiling. Vа nihоyat, 
kоnflikt hаl qilingаnidаn so‘ng uni tаhlil qilib chiqing (sаbаbi vа оldini оlish yo‘llаri). 
Birinchi navbatda nima sodir bo‘lganligini aniqlash kerak. Muammo nimadan iborat? Ushbu 
bosqichda muammoni aniqlash bilan barcha rozi bo‘lishi uchun hodisalarni bayon etish muhim. 
Nizo tahlil qilib chiqilganidan so‘ng hamkorlik ruhida birgalikda barchani murosaga keltirish 
yo‘lini izlashga o‘tish mumkin. 
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi nizoni hal qilishda nizoning sabablarini tahlil qilishdan 
tashqari yosh omilini hisobga olish kerak. 
“O‘qituvchi-o‘quvchi” amaliy nizoli vaziyatlar bilan bir qatorda shaxsiy hususiyatdagi 
qarama-qarshiliklar ham uchrab turadi. 
Nizoli vaziyatga tushib qolib o‘qituvchi o‘zining faolligini yoki suhbatdoshini yaxshiroq 
tushunishga yoki nizoni bostirish yoki uni oldini olish maqsadida o‘z psixologik holatini boshqa-
rishga qaratishi mumkin.
Birinchi holatda nizoli vaziyatni hal qilishga insonlar orasidagi bir-birini tushunishlarini 
yo‘lga qo‘yish, anglashilmovchiliklarni, kelishmovchiliklarni yo‘qotish yo‘li bilan erishiladi.
Umuman olganda, boshqa insonni tushunish ancha murakkab. Tajribali pedagoglar nimani 
gapirishni (dialogda mazmunini tanlash), qanday gapirishni (suhbatni emotsional tusda olib borish), 
bolaga qaratilgan nutqda maqsadga erishish uchun qachon gapirishni (vaqti va o‘rni), kimning 
oldida va nima uchun gapirishni (natijaga ishonch) biladi. 
Pedagog va o‘quvchi o‘rtasida haqiqatda yuzaga kelgan nizoni uch darajalarda tahlil qilish 
mumkin: 
Ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiyaviy ishlarini tashkil qilish obyektiv xusussiyatlari nuqtai 
nazaridan; 
- guruh pedagogik jamoa, o‘qituvchi va o‘quvchining aniq shaxslararo munosabatlari 
ijtimoiy-psixologik xususiyatlari nuqtai nazaridan; 
- nizo ishtirokchilari yoshi, jinsi, individual-psixologik xususiyatlari nuqtai nazaridan. 


97 

Download 6,92 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   181




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish