O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/181
Sana22.05.2024
Hajmi6,92 Mb.
#250633
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   181
Bog'liq
65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

Go‘zal tarbiyat. 
Musulmonlar xalifasi Xorun ar-Rashid rohmatullohi a‘layh xalq hayotini o‘rganish uchun 
faqirona kiyinib, mol bozorini aylanib yursalar, bir qassob bir qo‘yning bahosini so‘rabdi…
Sotuvchi qassobga:
- “20 tanga, debdi”. 
Qassob buni eshitib:
- “Qo‘yingizning 14 kilo go‘shti 4,5 kilo yog‘i bor, uning narxi 15 tanga xolos”, debdi va qo‘yni 
olmay ketibdi. 
Xalifa navkarlaridan biriga qo‘yni sotib olishni, ikkinchisiga qassob ortidan borishni buyuribdilar. 
Bozordan qaytgach, o‘sha qo‘yni so‘yishibdi va qassob aytganidek, 14 kilo go‘sht va 4,5 kilo yog‘ 
chiqqanini ko‘rishibdi. 
Qassobni topib kelishibdi va unga yana ikki qo‘chqorni ko‘rsatib, qancha go‘sht va yog‘ borligini 
so‘rashibdi.Qo‘chqorlar so‘yilganidan so‘ng qassob aytgan yog‘-go‘sht chiqibdi. 
Xalifa qoyil qolibdilar hamda undan dunyoviy va uxraviy ilmlardan so‘rabdilar. Afsus, 
qassobning kallasi bu sohada bo‘m bo‘sh edi. 
Shunda xalifa debdilar: 
- “Ey qassobzoda! Nahot hayotni faqat qassobchilikda deb tushunsang? Qani senda vatanga 
muhabbat, xalqingga muhabbat? Nahot halol va haromning farqiga yetmasang!?”
Halifa jar chaqirtirib, e‘lon qilibdilar:
-“ Ushbu qassob shuncha zehni, shuncha ilmi bo‘la turib, yo dunyoviy, yo uxraviy ilm olmagani, 
halol-harom farqiga bormagani uchun boshqalarga ibrat bo‘lsin deb, kelgusi juma kuni uni dorga 
ostiraman!”
Hamma bu hukmdan rozi bo‘lib, uning odilligini tan olishibdi. 
Ertasi kuni xalifa qabuliga ikki yosh yigitcha kirib kelibdi. Xalifa ularning xulqu-axloqini ko‘rib:
-“Farzanding bo‘lsa, shunday bo‘lsin!”, deb qo‘yibdilar.
Yigitlar xalifadan gapirishga izn so‘rashibdi va ruxsatdan so‘ng deyishibdi: 
-“Ey Amiral mu’minin! Avvalo bizning bir qoshiq qonimizdan keching. Biz o‘limga xukm 
qilingan qassobning o‘g‘illarimiz. Otamizdan so‘ralgan savollarni bizdan so‘rasangiz “. 
Xalifa bolalarni uzoq savolga tutib, ulardagi ilm, yetuklikni sezib, kuchliroq olim kishilarni 
chorlab, ilm majlisi o‘tkazib, bolalarning zehni va ilmiga qoyil qolibdi va debdilar:
-“ Sizlarga tasanno, lekin otangizga chiqarilgan hukm hammaga ma‘qul kelgan va ko‘pchilikka 
ibratdir”. 
Shunda qassobning katta o‘g‘li: 
-“ Ey muhtaram jamoa! Bola – loy, ota va ona – kulol emasmi? Bola onadan o‘g‘ri, qotil yoki 
aldoqchi bo‘lib tug‘ilmaydi-ku! 
Uni tarbiyalovchi ota-ona va tashqi muhitdir. Otamizga chiqargan hukmni otamizga emas, uning 
otasiga chiqarish kerak edi. Otamiz o‘zi ilmsiz bo‘lsa ham, bizni shunchalik ilmli, ma‘rifatli 
bo‘lishimizga sharoit yaratdi. Otamiz tahsinga loyiqdir, - dedi.
Xalifa uzoq sukut saqladi va dedilar:
-“Ey vazir! Sen endi iste‘foga chiq. Shu bola menga vazir bo‘lsin. 
Ey jallod! Qassobni olib kel, ustiga zarbop to‘n yop, bu elga ibrat bo‘lsin. Chunki bizning 
kelajagimiz – farzandlarimiz. 
Bola tarbiyalashdagi oliyjanobligi uchun qassob shunga loyiqdir. Qassobning otasi tirik bo‘lsa, 
olib keling, o‘lgan bo‘lsa, go‘ri ustiga o‘ttiz darra uring. Chunki shu qassob ham yoshligida o‘ta 
iste‘dodli bo‘lgan. 
Otasi esa unga qassobchilikdan boshqa narsani o‘rgatmagan” – deb hukmni o‘zgartiribdilar. 

Download 6,92 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   181




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish