108
Odobidan mahrum
bo‘lgan Allohning
lutfidan ham
mahrum bo‘lur.
Jaloliddin Rumiy
jоiz. Zеrо, tаrbiyachining kаsbiy ахlоqi fаqаt tаrbiyalаnuvchilаr bilаn mulоqоti jаrаyonidаginа
nаmоyon bo‘lmаydi, bаlki uning butun fаоliyati dаvоmidа birinchi dаrаjаli ehtiyoj sifаtidа
ifоdаlаnаdi. Bоshqаchа аytgаndа, pеdаgоg оdоbi tushunchаsi tаrbiyachi dunyoqаrаshining hаyotiy
tizimini аnglаtаdi. Pеdаgоg оdоbi tushunchаsining mаzmuni ахlоqiylik bilаn birgа iqtisоdiy,
siyosiy, huquqiy jihаtlаrni hаm o‘z ichigа qаmrаb оlаdi.
Ахlоqiy tа’lim-tаrbiyaning tаrkibiy qismi sifаtidа pеdаgоg оdоbi fаzilаtlаrini shаkllаntirishdа
ikki yo‘nаlishdаgi аlоqаdоr tushunchаlаrni tаhlil qilish mаqsаdgа muvоfiqdir: birinchisi – jаmiyat-
ning o‘qituvchi shахsigа munоsаbаti; ikkinchisi – o‘qituvchi shахsining jаmiyatgа munоsаbаti.
O‘qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muhim bo‘lgan
axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliy-axloqiy
fazilatlar barcha kishilar, hamma
kasb egalari, jumladan, o‘qituvchi-tarbiyachilar uchun ham juda zarurdir.
Axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fe’l-atvorini tartibga solib turuvchi
axloqiy qoidalar, normalar, talablar, mezonlar shaklida ifodalanadi.
Axloq normalari davlatning turli qonunlari bilan amalga oshiriladigan
huquq normalaridan
farq qilib, ommaviy odat va namuna kuchi, jamoatchilikning fikri ta’sirida yuzaga keladi.
Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy voqelik shaxs oldiga ma’lum axloqiy talablar qo‘yadi, bu
talablar axloq normasi, axloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi. Jamiyat o‘z faoliyati va istiqboli
uchun xizmat qiladigan axloq normalari,
talablari, mezonlarini belgilaydi.
O‘qituvchi umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlarni o‘zlashtirib olishi, tajribada qo‘llashi,
o‘zining dunyoqarashi, mafkurasi va axloqiy tajribasi bilan taqqoslash lozim. Fikrlash va his etish,
turmushda sinab ko‘rish natijasida umuminsoniy va milliy-axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar
o‘qituvchining o‘z axloqiy fazilatiga, e’tiqodiga aylanadi. Bular muallimning dunyoqarashi, fikr va
mulohazalari bilan qo‘shilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish sharoitida uning o‘rni
va rolini belgilaydi.
O‘qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilati va
e’tiqodiga aylanishi lozim. Axloqiy e’tiqod va sifatlar o‘qituvchining dars berish jarayonida,
tarbiyaviy ishlarida, o‘quvchilar, ota-onalar va boshqa kishilar bilan muomala, munosabatlarida,
kundalik turmushda o‘zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta’sir o‘tkazishida ko‘zga tashlanadi.
O‘qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy-
axloqiy fazilatlar, tushunchalariga mos keladi va ularni pedagogik
faoliyat bilan bog‘liq tarzda
bir qadar oydinlashtiradi, aniqlaydi.
Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g‘urur, baynalmilalchilik, adolat,
yaxshilik qilish, burch, qadr-qimmat, ma’suliyat, vijdon, halollik,
rostgo‘ylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o‘qituvchi
odobida pedagoglik faoliyati bilan bog‘liq ravishda tahlil qilinadi.
Bolalarga yaxshilik qilish.
O‘qituvchilik burchi, o‘qituvchilik sha’ni, qadr-qimmati, o‘qituv-
chilik ma’suliyati, o‘qituvchilik vijdoni, talabchanlik va adolatli bo‘lish, o‘qituvchining ma’naviy
qiyofasi halolligi, pokligi, rostgo‘yligi kabilar. O‘qituvchi axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi.
Ularning chuqur va puxta o‘zlashtirish bo‘lajak o‘qituvchi uchun katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
109
“Har kimki
ilm-hikmatni
o‘rganaman desa, uni yoshligidan
boshlasin, sog‘-salomatligi yaxshi-
ligida
yaxshi axloq va odobni
o‘rgansin,
so‘zning
uddasidan
chiqsin, yomon ishlardan saqlansin,
bilimdon va notiq bo‘lsin, ilmli va
dono kishilarni hurmat qilsin, ilm
va ahli ilmdan mol-dunyosini
ayamasin ”.