118
Yuqorida aytilgan barcha xatolar pedagogning o‘quvchilarga samarali ta’sir etishga halaqit
beradi. Bu xatolarni bartaraf etish esa oliy ta’lim muassasasida amalga oshiriladi. Aynan pedagogik
mahorat fanidan, desak xato qilmaymiz.
Tarbiyachining tashqi qiyofasi estetik ma’no kasb etgan bo‘lishi lozim. Tashqi ko‘rinishiga
e’tiborsiz qarash va haddan ziyod e’tibor berish ham mumkin emas.
Soch turmagi, kiyimi, taqinchoqlari o‘zini ko‘z-ko‘z qilishga emas, doim pedagogik
vazifalarni hal etish, ya’ni tarbiyalanuvchilarni shaxs sifatida shakllantirishga samarali ta’sir etishga
qaratilmog‘i lozim. O‘qituvchi chiroyli kiyim kiyishga, taqinchoqlar taqishga, o‘ziga oro berishga
haqqi bor, lekin me’yorni esdan chiqarmasligi kerak. Yuzidan samimiylik, qat’iyatlilik harakatdagi,
imo-ishoradagi, yurishdagi bosiqlik, tabiiylik bilinib turishi kerak. Unga g‘ayritabiiy qiliqlar,
notabiiy imo-ishora, bo‘shanglik (ham imo-ishorada, ham fe’l-atvorda) to‘g‘ri kelmaydi.
Hatto sinfga qanday kirishingiz, qanday qarashingiz, qanday salomlahishingiz, stulni qanday
surishingiz, sinfda qanday yurishingiz – mana shunday barcha “arzimas” narsalarda bolaga ta’sir
etish kuchingiz namoyon bo‘ladi.
Pedagogik o‘zaro ta’sir ko‘rsatishda o‘qituvchining o‘z hissiy psixik holatini boshqarish,
o‘zida eng qulay hissiy(ijodiy) jiddiylik darajasini va umidbaxshlik, xayrixohlik kayfiyatini saqlash,
o‘zining hissiy dam olishini tashkil etish mahorati muhim ahamiyatga ega. Bu mahorat
pedagogning kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini nazorat qilishni ta’minlaydi. Ko‘p yillar davomida sog‘lom
asab sitemasini saqlab qolish, asabiy buzilishlardan, hissiy va aqliy zerikishdan o‘zini tiyishga
yordam beradi.