|
Interfaol
” tushunchasi ingliz tilida
“interact Pdf ko'rish
|
bet | 111/181 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,92 Mb. | | #250633 |
Bog'liq 65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2Interfaol
” tushunchasi ingliz tilida
“interact
” rus tilida
“interaktiv” “inter” –
o‘zaro ikki taraflama,
“act
” – harakat qilmoq,
ish ko‘rmoq kabi ma’nolarini anglatadi.
Amerikalik psixolog olimlar R.Karnikau
va F.Maklrounning o‘rganishlariga ko‘ra, shaxs-
ning tabiiy fiziologik-psixologik imkoniyatlari
muayyan shakllarda o‘zlashtirgan bilimlarni
turli darajada saqlab qolish imkonini beradi.
-
Manbani o‘zi o‘qiganda 10%
-
Ma’lumotni eshitganda 20%
-
Sodir bo‘lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko‘rganda 30%
-
Sodir bo‘lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko‘rib, ular to‘g‘risida ma’lumotlarni
eshitganida 50%
-
Ma’lumotlarni o‘zi uzatib ko‘rsatganda 80%
-
O‘zlashtirgan bilimlar, ma’lumotlarni, o‘z faoliyatiga tatbiq etganida 90% yodda saqlash
imkoniyatiga ega.
Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv material-
lini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni
ko‘pligi, o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh,
sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan
iborat bo‘lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Interfaol mashg‘ulot samaradorligi omillari
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol
ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o‘qituvchilari dars mashg‘ulotlari
jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.
Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar
chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot,
munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
|
| |