• A.P. Chexov
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet108/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

    Insonda hamma 
    narsa go‘zal 
    bo‘lmogi kerak: 
    chehrasi ham kiyimi 
    ham qalbi ham 
    fikrlari ham. 
    A.P. Chexov 
    Bunda natija yaxshi bo‘lsa, kelajakda pedagogik texnikani egallash ancha oson bo‘ladi. 
    Chunki ushbu ko‘nikma va malakalar rivojlantiradi. Individual dastur pedagogik texnika malaka-
    larining yetishmaydiganini to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Bu dastur ma’lum mashqlar yoki 
    mashqlar majmuini o‘z ichiga oladi. 
    Pedagogik texnikaning sirlarini egallash yo‘llari o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan 
    mashg‘ulotlar va mustaqil pedagogik faoliyat jarayonida shakllanib boradi. 
    Pedagogik texnika sirlarini mukammal egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan 
    o‘qituvchi o‘z-o‘zini doimiy shakllantirib borishi, ya’ni o‘z oldiga qo‘yilgan talablar nuqtai nazari-
    dan mohir o‘qituvchi shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan 
    faoliyati muhim hisoblanadi. 
    Psixologlarning pedagogik texnikani guruh bo‘lib o‘rgatish rahbarlarining tajriba ishida 
    bunday guruhlarning eng qulay miqdori 10-14 kishidan iborat bo‘lishi belgilab berilgan. Qatnash-
    chilarning xuddi shunday miqdori ulardan har biriga boshqa kishilar bilan birga ishlashning 
    individual psixologik muammolarini juda to‘liq ravishda aniqlab, hal etish, refleksiya va empatiya 
    darajasini jiddiy oshirish, pedagogik fahm-farosatni rivojlantirish, boshqalarga ta’sir etish vosita-
    larini kengaytirish imkonini beradi. 
    Shu narsa muhimki, guruh qatnashchilari, bo‘lajak pedagoglar kasbiy jihatdan birga ishlash 
    malakalarini egallashga faol intilishlari, o‘z-o‘zini bilish va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash 
    bo‘yicha chuqur ish olib borishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishlari kerak. 
    Barcha hollarda ham individual, ham guruhiy mashgulotlar boshlanishidan oldin pedagogik 
    texnikani egallashning individual dasturi tuzib chiqilishi lozim.
    Bunday dasturni tuzish uchun avvalo pedagogik texnika malakalari shakllanishining 
    boshlang‘ich darajasini aniqlab olish zarur.
    Biroq, tajribaning ko‘rsatishicha, odatda, mazkur bosqichda faqat malakalar haqidagina emas, 
    shu bilan birga dastlab avtomatlashtirilgan (ta’limni boshlash vaqtiga kelib) ko‘nikmalar haqida 
    ham borishi mumkin ekan. Bular, masalan, nafas olish va ovozning tabiiy yo‘lga qo‘yilishi, to‘g‘ri 
    talaffuz, bundan oldingi tarbiyaning natijasi bo‘lgan savodli, ifodali nutq, mimik va pantomimik 
    aniqlik va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bunday ko‘nikmalarning mavjudligi pedagogik texnika 
    malakalarini shakllantirishni ancha osonlashtiradi. Shunga qaramasdan barcha xollarda ana shu 
    ko‘nikmalarni tegishli malakalar tarkibiga kiritish yuzasidan muayyan ish olib borilishi zarur. 
    Pedagogik texnika malakalarini shakllantirishniig boshlan-
    g‘ich darajasiga qarab uni egallashning individual dasturi yetish-
    maydigan malakalarni shakllantirishga qaratilgai ayrim mashqlarni 
    yoki mashqlarning to‘liq majmuini o‘z ichiga oladi. 
    Olimlar olib borgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ishni endi 
    boshlayotgan pedagoglar duch keladigan qiyinchiliklarning asosiysi 
    ayni shu pedagogik birga ishlash sohasida bo‘ladi. Pedagogik texnika 
    to‘g‘risida yuqorida aytib o‘tilgan narsalar malakalarning bu sifat-
    lariga e’tibor qilmaslik, pedagogik faoliyatda ularning tiliga yetarli 
    baho bermaslik
     
    va buning oqibati sifatida individual pedagogik 
    texnikani tanqidiy tahlil qilishni va uni takomillashtirish yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan 
    ishning yo‘qligi mazkur qiyinchiliklarning asosiy sabablaridan biri ekanligini tushunishga imkon 
    beradi. 


    123 
    Oliy o‘quv yurtidagi kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagogik texnikani egallash 
    o‘qituvchiga o‘zining kasb yunalishining boshlanishidayoq ko‘pgina xatolardan xoli bo‘lishda, 
    o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yuksak samaradorligiga erihishda yordam beradi. 
    Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo‘llari o‘qituvchi rahbarligidagi mashg‘ulotlar 
    (pedagogik texnikani o‘rganish) va mustaqil ishlash (kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash)dir. 
    Pedagogik texnika malakalarining individual-shaxsiy tusda ekanligini hisobga olib, pedagogik 
    texnikani egallashda kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash, ya’ni talabaning o‘zida mohir o‘qituvchi 
    shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat yetakchi o‘rin tutadi 
    deb aytish mumkin.
    Tashkiliy-metodik jihatdan pedagogik texnika mashg‘ulotlarini individual, guruhli yoki 
    ketma-ketlikda o‘tkazish mumkin. 
    Masalan, zarur bilimlar ma’ruzalarda yoki tegishli adabiyotni mustaqil o‘qishda egallanishi 
    mumkin. Avtomatlashtirishga doir ayrim harakatlar (to‘g‘ri artikulyatsiya, fonatsion nafas olish 
    usullari, relaksatsiya usullari) ketma-ket o‘zlashtirilishi mumkin. Tegishli ko‘nikmalarni ishlab 
    chiqish individual ishlashni dastlab o‘qituvchining nazorati va rahbarligida, keyin esa mustaqil 
    ishlashni talab qiladi. 
    Yuqorida aytilganlar insonning ichki holati bilan bog‘liq ekan, ularni ijodiy holatni boshqa-
    rish texnikasini o‘zlashtirishdan boshlash zarur deb hisoblanadi. 

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish