O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/181
Sana22.05.2024
Hajmi6,92 Mb.
#250633
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   181
Bog'liq
65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

7.3. Mimika 
O‘qituvchining pedagogik texnikasi tizimida mimik, 
pantomimik ifodalar ham muhim o‘rin tutadi. Pedagog-
ning mimik va pantomimik ifodasi, o‘qituvchining imo-
ishorasida, ma’noli qarashlarida, rag‘batlantiruvchi yoki 
istehzoli tabassumida namoyon bo‘ladi va ular o‘qituvchi-
tarbiyachining pedagogik ta’sir ko‘rsatishida, o‘quvchi 
mashg‘ulotlarini samarali va mazmunli o‘tmish uchun 
puxta zamin tayyorlab beradi. 
Mimika 
– bu o‘z fikrlari, kayfiyati, holati, hissiyotini 
yuz muskullarining harakati bilan bayon qilish san’atidir. 
Ba’zan yuzning va nigohning ifodasi o‘quvchilarga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Mimika
yuz ifodalari (boshqa – Grech dan. μιμικός “mimik, aktyorlik”, yanada μιμέομαι 
“taqlid qilish” – “insonning muayyan his-tuyg‘ularini namoyon qilishning shakllaridan biri bo‘lgan 
yuz mushaklarining ta’sirchan harakatlari” yoki “insonning turli xil aqliy holatini aks ettiruvchi 
muvofiqlashtirilgan komplekslarda mushaklarning harakati”. 
Mimik harakatlar, ifodalar ma’lumotlarning hissiy ahamiyatini kuchaytirib, ularni chuqur 
o‘zlashtirish imkonini beradi. O‘quvchilar o‘qituvchiga qarab uning kayfiyatini, munosabatini 
“uqib” oladilar. Shuning uchun uydagi ba’zi noxushliklar o‘quvchi mashg‘ulotlariga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatmasligi kerak. Yuz ifodasida, mimik belgilarida faqat dars mashg‘ulotlariga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatmasligi kerak. Yuz ifodasida, mimik belgilarga faqat dars mashg‘ulotlariga xos bo‘lgan, 
o‘quvchi-tarbiya topshiriqlarini yechishga yordam bera oladigan ko‘rinishlarni ifodalashi lozim. 


119 
Yuz ifodasi, nutq, munosabat xarakteriga mos bo‘lishi kerak. U ishonch, ma’qullash, ta’qiq-
lash, norozilik, quvonch, faxrlanish, qiziquvchanlik, befarqlik, ikkilanish kabi xususiyatlarni 
ifodalashi mumkin.
Mimik ifodaning asosiy detali sifatida qosh, ko‘z, yuz ko‘rinishi ishtirok etadi. Ko‘z, qosh, 
yuz o‘quvchilar javobidan qoniqish, xursand bo‘lish, faxrlanish yoki e‘tirof, norozilik, qoniqmaslik, 
xafa bo‘lish va boshqa belgilarni ifodalasa, o‘qituvchilar diqqatini bo‘lmasdan, boshqalarga halaqit 
bermasdan o‘quvchi-tarbiya ishlarini olib borishga yordam beradi.
Shuni ham alohida qayd qilib o‘tish joizki, mimik ifodalar namoyish qilinayotgan paytda 
o‘qituvchining nigohi o‘quvchilarga, yoki ayrim o‘quvchiga qaratilgan bo‘lishi zarur. Doskaga, 
eshikka, derazaga, ko‘rgazma qurollarga yoki devorga nigoh tashlab mimik ifodalarni namoyish 
qilishdan qochish lozim. 

Download 6,92 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   181




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish