121
usullarini yaratib, maktab ta’limida qo‘llashga intiladi. Shu yo‘l bilan bir soatlik darsni yaxshi bir
asar sifatida o‘z o‘quvchilari ongiga singdiradi.
Bunday fidoyi, o‘zidan nur taratuvchi, ziyobaxsh qalb egalari shaxsiy ijodiy qobiliyati va boy
tajribasi bilan ta’lim jarayonini boyitishga munosib xissa qo‘shadilar. Shu tariqa har bir ijodkor
o‘qituvchi o‘zining haqiqiy muallimlik mahoratini yaratadi.
O‘qituvchi o‘zidagi ana shu nuqsonlarni qayta tarbiyalashi lozim ekan.
Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo‘llari:
o‘qituvchi rahbarligidagi mashg‘ulotlar o‘tkazish.
mustaqil ishlash. kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash
jamoaviy ish olib borish.
Shunday qilib, pedagogik texnika, uning malakalari, egallash yo‘llari to‘g‘risida bildirgan
fikrlarga e’tibor bermaslik, pedagogik faoliyat jarayonida ularning roliga yetarli baho bermaslik,
shuningdek pedagogik texnika malakalarini tanqidiy, har bir pedagogning individual xususiyatlarini
hisobga olmay ish yuritish pedagogik mahoratni egallashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va o‘quv-tarbiya
ishidagi nuqsonlarning ko‘payishiga olib keladi.