• Dialogik nutq
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet114/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

    Monologik nutq
    – soʻzlovchining oʻziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob 
    berishini e’tiborda tutmaydigan nutq shakli. Ayrim dramatik asarlarda personajning monologik 
    nutqi tomoshabinga qaratilgan boʻladi. 


    129 
    Monologik nutq nasriy asarlarda ham bor. Nazmda esa asosiy nutq shakllaridan biri hisob-
    lanadi. Ba’zan monologik nutqda asarning kulminatsion nuqtasi bayon etiladi. Monologik nutq 
    uchun, odatda, tuzilish va mazmun jihatdan oʻzaro bogʻliq, oʻziga xos kompozitsion qurilishga va 
    mantiqiy tugallikka ega boʻlgan matnning maʼlum boʻlagi xos boʻladi. 
    Monologik nutq ogʻzaki (nutq bayon qilish) yoki yozma (publitsistika, memuarlar, kundalik-
    lar) shaklida ifodalanishi mumkin. Monologik nutqning ogʻzaki shaklida ohang (intonatsiya) 
    muhim oʻrin egallaydi. 
    Yozma monologik nutqda esa ohang matnning sintaktik konstruksiyasiga, mantiqiy urgʻu 
    tushuvchi soʻzlarning joylashish oʻrniga bogʻliq. Monologik nutq notiqning asosiy nutqiy shakllari-
    dan hisoblanadi; lingvostilistik usul boʻlib, bir qancha turlari mavjud. 
    Masalan, ta’sir qiluvchi (targʻib qiluvchi) monologik nutq, dramatik monologik nutq, lirik 
    monologik nutq, hikoya qiluvchi (axborot beruvchi) monologik nutq monologik nutqning ochiq 
    nutq va ichki nutq kabi koʻrinishlari mavjud; ochiq monologik nutqda personaj oʻz nutqini ovoz 
    chiqarib bayon etadi; ichki monologik nutqda monolog personajning ichki nutqi, oʻylari shaklida 
    namoyon boʻladi. 
    Dialogik nutq -
    shakllaridan biri bo‘lib, unda har bir fikr to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatdoshga 
    qaratilgan bo‘ladi. Dialogik nutqning sintaktik qurilishi monologik nutqqa qaraganda sodda 
    tuziladi. Dialog fikrlarning qisqaligi bilan ajralib turadi.
    Unda suhbatni davom ettirish uchun eng zarur narsalargina ifodalanadi.
    Voqealar keng izohlanmaydi. Shu jihatdan ham dialog monologga o‘xshamaydi. Dialog 
    so‘roq, buyruq va darak gaplardan tashkil topadi.
     
    Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashi-
    nuvidan iborat
    .
    Ikki kishi o‘rtasidagi dialogik nutq, savol-javob, buyruq-javob, xabar-e‘tiroz kabi mazmun-
    larni ifodalab, fikr xususidagi tasdiq, yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani bildiradi. Ko‘p kishilik 
    dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da‘vat, 
    biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi. 

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish