• Mullado‘st. Хo‘p, eshik bizning haramimiz bo‘lib qoldi-ya... (chiqar) Qozi.
  • Polilogik nutq
  • Deklamatsiya
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet115/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

    Qozi (kirib).
     Ha, keldimi? 
    Mullado‘st.
     Ha taqsir, ichkaridalar. 
    Qozi (kira turib).
     Eshikdan boxabar bo‘lib turing. 
    Mullado‘st.
     Хo‘p, eshik bizning haramimiz bo‘lib qoldi-ya... (chiqar) 
    Qozi.
     Ha, Maysara opa, keling, o‘tiring, o‘tiring! 
    Maysara (ta’zim bilan).
     Тaqsirim, keldim. (O‘tirib) Ammo bir xizmatni bajo keltirolmadim. 
    Lekin erta oqshom mahbuba bilan suhbatlari muborak bo‘lsin... (Hamza, “Maysaraning ishi”) 
    Polilogik nutq
     
    ikkidan ortiq ishtirokchilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir. Polilog 
    hamma til xususiyatlari jihatidan dialogning o‘zidir. Faqat unda suhbatdoshlarning soni ko‘proq 
    bo‘ladi. So‘zlovchi o‘rtaga tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi o‘z fikrlarini bildirishi 
    mumkin. 
    Nutq aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, chunonchi, poetik vazifa 
    ham bajarishi mumkin. Nutqning alohida koʻrinishi oʻqishdir. 
    Har bir kishining nutq individual, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi; vaholonki, asosiy til 
    unsurlari – lugʻat tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli boʻlmay, umumiy-
    likidir, ya’ni muayyan til jamoasiga umuman taalluqli boʻladi. Nutq kishi tafakkuri, uning ongi 
    bilan chambarchas bogʻliqdir. Unda kishining oʻy-fikrlari shakllanadi va mavjud boʻladi.


    130 
    Nutq tufayli va nutq asosida borliqni umumlashgan holda mavxumiy aks ettirish, individuallik 
    doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin 
    boʻlib u kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, oʻy-xayollari, 
    hissiyoti, irodasi va boshqalarning namoyon boʻlishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida 
    ham katta ahamiyatga ega. 
    Deklamatsiya
    (lot. declamatio – notiqlik mashqi) – badiiy oʻqish, notiqlik san’atining muhim 
    turlaridan biri. Sharqda deklamatsiya qadimdan rivojlangan. 
    Xitoy, Hind podshohlari, Xorazmshohlar, sug‘d, sak xonlari saroylarida deklamatsiya ustalari 
    ishlagan. 
    Oʻzbek xonliklari hududida ham deklamatsiya san’atining mohir ustalari (maddoxlar, 
    qissaxonlar, dostonchi, ertakchi va otinlar) yashab ijod etgan.
    Saroylarda tez-tez uyushtirib turilgan she’rxonlik ham aslida deklamatsiyaning bir koʻrinishidir. 
    XVII- XVIII asr gʻarb mumtoz teatrida deklamatsiya tushunchasi aktyorlik ijro vositalarini 
    umumlashtirgan. XVIII asr oxiri XIX asr boshlari teatrdagi romantizm va realizm oqimlari 
    klassitsizm qonunlaridan voz kechdi. 
    Romantizm aktyor ijrochiligidagi ilhom hissiyot erkinligini, realizm nutq va aktyorning 
    sahnadagi xatti-harakati tasvirlanayotgan qahramonning oʻziga xos xususiyatlarini boʻysundirdi. 
    Keyinchalik deklamatsiya soxta, sun’iy nutq usuli tushunchasini bildiradigan boʻlib qoldi.
    K.Stanislavskiy deklamatsiyaga aktyorlik san’atining quruq, soxta koʻrinishlaridan biri 
    sifatida qaradi, hayot haqiqatiga asoslangan obraz yaratish yoʻlida deklamatsiyaga qarshi 
    kurashishga chaqirdi. Estradadagi badiiy asarlarni oʻqish keng qamrovli oʻziga xos san’at boʻlib, 
    deklamatsiyaning zamonaviy koʻrinishlaridan deyish mumkin. 

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish