132
O‘quvchilar tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish o‘qituvchi oldiga qo‘yiladi-
gan asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Buning uchun esa, o‘qituvchida yuqorida aytilganidek,
mavzuni yaxshi bilishdan tashqari, uni bayon etishning aniq belgilangan rejasi bo‘lishi kerak.
Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tuzib, ularni o‘zaro bog‘lab,
o‘quvchilarni avvalo nutq rejasi bilan tanishtirib, so‘zni boshlash lozim. Vaqtni hisobga olish,
notiqlik fazilatlaridan biridir. Chunki so‘zlash muddati oldin e’lon qilinib, shunga rioya qilinsa, agar
iloji bo‘lsa, sal oldinroq tugatilsa, o‘quvchilar zerikishmaydi.
Nutqdagi fikrlarni o‘quvchilarga mazmunli yetkazishning xilma-xil yo‘llari va vositalari
mavjud. Ularni yordamchi vositalar deb ham atash mumkin.
Masalan, yumor yoki biror hikoyatni olaylik. Nutqdagi uzluksiz ilmiy-ommabop fikr oqimi,
uning bir maromda bayon qilinishi o‘quvchini ham, har qanday tinglovchini ham zeriktirib qo‘yishi
mumkin. Shunday paytda, yumor, hikoyat, qiziqarli voqealar haqida gapirish o‘qituvchiga juda qo‘l
keladi. Yumorning nutq mazmuniga mos holda keltirilishi yana ham yaxshidir. Shunday qilinsa,
o‘quvchi ham dam oladi, ham o‘rganilayotgan mavzuga nisbatan qiziqish paydo bo‘ladi.
Drabbl
(inglizcha drabble – parcha, bo‘lak) – hikoyaning o‘ziga xos kichik janri. Unda,
asosan, biror voqeaning qisqacha tarixi beriladi. Drabblni kutilmagan yechim bilan yakun topuvchi
eng qisqa va tugal hikoya deyish mumkin.
Bugungi kunda har qaysi pedagog nutqini o‘quvchilarga yetkazayotganda ushbu qisqa
drabllardan foylanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. O‘quvchilarni diqqatini tortadi va ularni
fanga qiziqtirishga motivatsiya bo‘ladi.
- Endi uxla, toychog‘im, - ona shunday deb chiroqni uchirdi. - Oyi! O‘chirmang!, iltimos.
Qorong‘ulikdan juda qo‘rqaman! – dedi ko‘zlari ojiz bolakay.
Yangi qit’a kashfiyotchisi Xristofor Kolumbga hasad qiladiganlar ko‘p edi. Hasad
bor joyda albatta g‘iybat bo‘ladi. Dengizchi bir gal qovoqxonaga kirsa, bir to‘da
alamzadalar yana Kolumbning tomorqasiga tosh otishayotgan ekan:
– Dengizdan suzib o‘tib, quruqlikka borish nima degan gap? Buni biz ham qila
olamiz!
Xristofor ular o‘tirgan stol yaqiniga boradi va qovoqxona egasidan bir dona
pishmagan tuxum so‘rab oladi.
– Janoblar, sizlar uddaburon va
donosizlar. Bunga shubha yo‘q. Qani, mana shu
tuxumni tik turg‘azib beringlar-chi!
G‘iybatchilar guruhi har qancha urinmasin, bu ishni uddalay olmaydi.
– Bo‘pti, o‘zing qil-chi! – deyishadi nihoyat.
Kolumb tuxumni oladi-da, “tirs” yetkazib stolga uradi
.
Tuxumning uch qismi biroz
pachoq bo‘ladi va u tik turib qoladi. Favqulodda holatni kutayotgan g‘iybatchilar
birdaniga guvrab yuboradi:
– E-e, shuyam ishmi? Buni biz ham qila olamiz!
–
To‘g‘ri, – deb javob beradi mashhur dengizchi. – Faqat
Kolumbdan keyin.