Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diksiya, ritmika




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/181
Sana22.05.2024
Hajmi6,92 Mb.
#250633
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   181
Bog'liq
65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

8.4. Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diksiya, ritmika 
Nutq texnikasi. 
Nutq texnikasi deyilganda nutqni 
tinglovchi yoki o‘quvchiga yetkazishda qo‘llaniladigan 
vositalar tushuniladi. 
Nutq ikki xil ko‘rinishda bo‘lganligidan, uning 
texnikasi ham ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi. 
1. Og‘zaki nutq texnikasi. 
2. Yozma nutq texnikasi. 


142 
Og‘zaki nutq texnikasiga tovush, bug‘in, so‘zlar, uni shakllarini talaffuz etishni yaxshilash va 
boshqalar. 
Yozma nutq texnikasi ham, yozma nutq uchun zarur bo‘lgan texnik xususiyatlar va ish 
qog‘ozlariga xos bo‘lgan texnik xususiyatlar. Yozma nutqqa xos bo‘lgan xususiyatlar: 
Har bir gapni boshlashda bosh harf bilan boshlanishi, tugallanganda nuqta qo‘yilishi, xat 
boshidan yozganda abzatslar, gapning mazmuniga qarab qo‘yiladigan belgilar va boshqalardir. 
1. Og‘zaki nutq kommunikativ jarayon bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Og‘zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi, shuning uchun har qanday kishi ifodalayotgan 
fikriga mos so‘zni, gapni tanlay olish qobiliyatini shakllantirib borishi maqsadlidir. 
Ba’zan voqeiylikka, aytilishi lozim bo‘lgan fikrga, hodisalarni dalillashga mos, muvofiq so‘z 
topa olmay qoladi. Og‘zaki nutq tayyorgarliksiz, ya’ni favqulodda yuzaga keladi, shuning uchun 
kishi o‘z nutqida voqeiylikdan uzoqroq so‘zni ishlatib yuborishi ham mumkin. Natijada aytilgan 
nutq nishonga borib tegmaydi, ko‘zlangan maqsad amalga oshmay qoladi. 
Og‘zaki nutq jarayonida odam bir vaqtning o‘zida fikrlaydi hamda so‘zlaydi, shuning uchun 
voqeylikka mos so‘zlarni tanlashga deyarli imkoniyat bo‘lmay qoladi. 
2. Og‘zaki nutqda gap qurilishini aql nazorat qilib boradi. Bunda xotiraning roli katta. Agar 
xotira sust bo‘lsa, og‘zaki nutqda gap tuzilishi, so‘z birikmalari o‘zaro mantiqan va grammatik 
jihatdan bog‘lanmay qoladi. 
3. Og‘zaki nutq, asosan, tahrir imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. U qanday shaklda namoyon 
bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha tinglovchiga yetib boradi. 
4. Og‘zaki nutqda takrorlar, qaytariqlar ko‘p uchraydi. 
5. Og‘zaki nutqning lug‘aviy tarkibi yozma nutqqa nisbatan kam bo‘ladi.
6. Og‘zaki nutqda so‘zlovchining faol nutqiy harakati pauza (to‘xtam), ohang, urg‘u, 
unlilarning cho‘zib talaffuz etilishi; turli xil jest (imo-ishora)lar, mimika (qiyofaning o‘zgarishi)lar 
fikrning tinglovchiga yetib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
7. Og‘zaki nutqda talaffuzning ahamiyati katta. Gapga ustalikni talaffuz ravonligidan ayricha 
tasavvur etib bo‘lmaydi. Nunoq talaffuz noxush vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin. Har bir so‘z, 
har bir termin yoki har bir gap ravon talaffuz etilishi shart. 
Yozma nutq oldiga, asosan, quyidagi talablar qo‘yiladi: 
1. Har bir so‘z yoxud atama, har bir gap, jumla yuridik mazmunni to‘liq ifodalashga va 
muallif maqsadini ochishga xizmat etishi shart. 
2. Yozma nutq imkon qadar sodda va aniq, izchil va mantiqli ifodalanishi lozim. 
3. Yozma nutqda o‘z ifodasini topayotgan fikr – yuristning tafakkur mahsullari dalillangan, 
isbotlangan, qonun doirasida o‘z yechimini topgan bo‘lishi zarur. 
4. Yozma nutqda fikrlar rasmiy uslub doirasida sodda va ravon, tushunilishi yengil bayon 
etilishi kerak. 
5. Yozma nutq imkon qadar sodda va aniq, izchil va mantiqli ifodalanishi lozim. 
Shu o‘rinda yunonistonlik buyuk faylasuf Safoklning “Ezop” asarida bayon etilgan bir 
rivoyatni keltirishni lozim topdik: 
Kunlardan bir kuni qirol o‘z quli Ezopga gushtning eng mazali joyidan taom pishirishni 
buyuradi. Shunda Ezop mol tilini pishirib keladi. Buning boisini suraganda, Ezop qirolga shunday 
deb javob beradi: 
“Tildan yaxshi yana nima bo‘lishi mumkin. Til bizni hamjihat qiladi. Tilsiz biz hech narsani 
ifoda qila olmaymiz. Til fan kaliti, haqiqat va aql quroli, til yordami bilan shaharlar quriladi, til 
yordamida muhabbatimizni izhor qilamiz, kuylaymiz”. 


143 
Yana bir kun qirol Ezopni chaqirib, endi gushtning eng yomon joyidan taom tayyorlab kelgin, 
deb buyuradi. Ezop esa yana tildan taom tayyorlab keladi. 
Hukmdor buning sababini so‘raganida, Ezop: 
“Til dunyoda eng yaramas narsa. Til barcha ig‘volarning manbai. Barcha g‘iybatning ibtidosi. 
Barcha janjalning onasi. Til aldaydi, yashiradi, aksini aytadi.
Til xurlaydi, xaqorat qiladi, til qarg‘aydi, til g‘azablanadi, tuxmat qiladi, sotadi. Til yo‘ldan 
ozdiradi, til oshkor qiladi. 
Mana shuning uchun ham dunyoda biz bilgan narsalarning eng yaramasi ham til”, – deya 
javob qaytaradi. 
Yoki Mavlono Jomiy aytganidek, 

Download 6,92 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   181




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diksiya, ritmika

Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish