“So‘zni bilgan zarga bo‘lmaydi muxtoj, zar qimmati so‘z




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/181
Sana22.05.2024
Hajmi6,92 Mb.
#250633
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   181
Bog'liq
65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

“So‘zni bilgan zarga bo‘lmaydi muxtoj, zar qimmati so‘z 
bilan topar rivoj”. 
Zero dunyoda so‘z mulkidan ortiqroq va qimmatliroq xazina yo‘q. 
Shirin so‘zlash fazilatdir insonga, 
Tilga bog‘liq emas, dilga, vijdonga. 
Malham erur, xatto dili vayronga 
Kimlarni ham etmaydi rom shirinso‘z. 
Demak, o‘qituvchi nutqi til orqali ro‘yobga chiqib, muallimlik faoliyatini go‘zal va mahsuldor 
qiladigan zarur vositadir. 
 
22-rasm. Nutq texnikasi. 
Nafas olish
odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, 
karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deb ataladi. Nafas olish har bir tirik organizm-
ning hayoti uchun eng zarur fiziologik jarayon hisoblanadi. 
Nafas olish orqali tashqi muhitdan qabul qilingan kislorod ishtirokida hujayra va to‘qimalarda 
oqsil, yog‘ va uglevodlar oksidlanib, energiya hosil qiladi.
Hujayra va to‘qimalardagi barcha hayotiy jarayonlar (qo‘zg‘alish, harakatlanish, ko‘payish) 
ana shu energiya hisobiga amalga oshadi. Bu hayotiy jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan karbonat 
angidrid gazi hujayra va to‘qimalardan qonga o‘tib, o‘pkalar orqali tashqi muhitga chiqariladi. 
Nafas olish a‘zolariga: burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak (traxeya), bronxlar, o‘pkalar va 
plevra pardalari kiradi 
Tovush
(tilshunoslikda), nutq, tovushi – kishining murakkab artikulyatsion faoliyat natijasi 
hisoblangan, muayyan akustik (eshitilish) va perseptiv (idrok etilish) xususiyatlari bilan ajralib 
turadigan eng kichik nutq birligi. Talaffuz usuliga muvofiq holda tovushning akustikasi, artikulyat-
siyasi va persepsiyasi haqida fikr yuritiladi. 
Har bir nutq tovushi artikulyatsion jihatdan talaffuz a‘zolarining murakkab harakati natijasida 
paydo boʻladi. Akustik jihatdan esa, har qanday boshqa tovush singari, havo muhiti orqali 
tarqaladigan tebranma harakat sifatida ta’riflanishi mumkin. 


144 
Nutq tovushlarini hosil qiluvchi vosita (tebrantiruvchi kuch) oʻpkadan nafas yoʻli orqali 
chiqib, avval boʻgʻizga va undan ogʻiz boʻshligʻiga, ba’zan burun boʻshligʻiga oʻtadigan havo 
oqimidir. 
Ovoz (un), asosan, boʻgʻizda hosil boʻladi. Unda koʻndalang joylashgan elastik, yupqa tovush 
(un) paychalari mavjud boʻlib, soʻzlash paytida oʻpkadan chiqayotgan havoning kuchi bilan titraydi 
va ovoz hosil qiladi. Unlilar, sonorlar va jarangli undoshlardagi ovoz ana shuning natijasidir. 
Boʻgʻiz orqali oʻtgan havo oqimi til, tanglay, tish yoki ikki labning toʻsqinligiga duch kelib, 
shovqin paydo qiladi, natijada jarangsiz undoshlar hosil boʻladi. 
Tovushlar soʻz va grammatik koʻrsatkichlarni shakllantirish hamda ularni bir-biridan farqlash, 
ajratish uchun xizmat qiladi. Bunday xususiyatli tovushlar fonema deb yuritiladi, biroq barcha 
tovush ham fonema boʻla olmaydi, (fonema)lar bir necha jihatdan tasnif qilinadi. 
Ovoz va shovqinning ishtirok etish darajasiga koʻra, ular avvalo ikkiga boʻlinadi: unli 
tovushlar va undosh tovushlar. 
Nutq so‘zlayotganda nafas chiqarish nafas olishga qaraganda ancha cho‘ziqroq davom etadi. 
Ovoz nafas chiqarganda yuzaga keladi. Diafragmani, qorin muskullarini va qovurg‘alararo 
muskullarni mustahkam qiluvchi maxsus mashqlar mavjud. 
Bularga yetgan joyda burun orqali chuqur nafas olish kiradi. Siz o‘pkaning kichik bo‘lakcha-
lari nafasga to‘lib kelayotganini, qorin muskullarining taranglashayotganini va pastki qovurg‘alar-
ning kengayayotganligini sezasiz. Xuddi shunday mashqni tik turgan holda bajarishga urinib 
ko‘rish kerak. Ammo iloji boricha havo o‘pkaning pastki qismlarida bo‘lishi zarur. 
Ovoz – tomoqdan (o‘pkadan) kelayotgan havoning ovoz paylari orqali o‘tishida hosil bo‘ladi 
va og‘iz bo‘shlig‘i yordamida kuchayadi. Ovoz maxsus mashq qilinib turilmasa, ba’zan yo‘qolib 
ketadi. 
Ovoz apparati uch qismdan iborat: 

Download 6,92 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   181




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“So‘zni bilgan zarga bo‘lmaydi muxtoj, zar qimmati so‘z

Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish