O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/181
Sana22.05.2024
Hajmi6,92 Mb.
#250633
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   181
Bog'liq
65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

8.5. Leksik madaniyat 
Leksika (yunoncha, nutq lexis – soʻzga oid, 
lugʻaviy) – tildagi barcha soʻzlar va iboralar yigʻindisi, 
tilning lugʻat tarkibi. 
Leksika ma’lum qonun-qoidaga boʻysunuvchi 
izchil va murakkab tizimdan iborat.
Til leksikasi toʻxtovsiz oʻzgarib turadi. Bu narsa 
lugʻat tarkibida yangi soʻzlarning paydo boʻlishi, 
mavjud soʻzlardan ayrimlarining eskirib, iste’moldan 
chiqishi, leksik ma’nosini o‘zgartirib, yangi ma’no kasb etishi kabi jarayonlarda koʻrinadi. Jamiyat 
taraqqiyoti va ijtimoiy tuzumning oʻzgarishi bilan uzviy bogʻlangan holda leksika boyib boradi.
XX asrda barcha xalqlar qatori oʻzbek xalqi leksikasi ham tezlik bilan oʻsib, taraqqiy etdi. 
Oʻzbek tili leksikasiga baynalmilal soʻzlar keng koʻlamda kirib keldi. 
Buning ustiga fan va turli sohalar terminologiyasi ham toʻxtovsiz oʻsib bormoqda. 
Oʻzbek tili leksikasida oʻz va oʻzlashgan qatlam, shuningdek, oʻz qatlam tarkibida umum-
turkiy so‘zlar va ulardan yasalgan oʻzbekcha so‘zlar mavjud.
Oʻzlashma qatlam tarkibida forscha, arabcha, ruscha-baynalmilal soʻzlar bor. 
Oʻzbek tili leksikasi zamonaviyligi jihatdan uch asosiy qatlamga bo‘linadi: 
1) zamonaviy qatlam – eskilik va yangilik boʻyogiga ega boʻlmagan soʻzlar. Shu qatlamga oid 
soʻzlar oʻzbek tili leksikasining asosini tashkil qiladi; 
2) eski qatlam – hozirda ham iste’molda boʻlgan istorizmlar, arxaizmlar bu qatlamga kiradi;
3) yangi qatlam – yangi leksika deb ham yuritiladi. 
Lugʻaviy birliklar ishlatilish doirasi jihatdan ikki qatlamga ajratiladi: 
1) ishlatilish doirasi chegaralanmagan soʻzlar. Ma’nosi shu tilda soʻzlovchilar uchun tushu-
narli va umum qoʻllanish xususiyatiga ega boʻlgan so‘zlar umum iste’moldagi chegaralanmagan 
leksika sanaladi; 
2) ishlatilish doirasi chegaralangan soʻzlar – til lugʻat tarkibining ajralmas qismi boʻlib, uning 
tarkibiga dialektal, terminologik kasb-hunar leksikasi, ilmiy atamalar, jargon va argonlar, vulgarizm 
va varvarizmlar kiradi.
Lugʻaviy birliklar nutq koʻrinishlari jihatdan adabiy va soʻzlashuv nutqiga xoslangan boʻladi. 
Leksika termini biror muallif yoki asar leksikasi kabi tor ma’noda ham qoʻllanadi: 


147 
Har qanday til jamiyatga aloqador va jamiyatdan tashqarida o‘zicha, alohida rivojlana 
olmaydi. Til, avvalambor, jamiyatning, odamlarning o‘zaro muloqot vositasidir, shu sababli jamiyat 
– odamlar til leksikasining shakllanishiga bevosita aloqadir hisoblanishadi. 
Unutmaslik kerakki, til o‘zida ichki shakllanish tizimi qonuniyatlari mavjudligi bilan 
ahamiyatga egadir. Vaziyatdan kelib chiqib, har qanday rivojlangan tildagi birgina fikr turlicha 
talqin qilinadi. Uslub, stilistik buyoq va vaziyat taqozosidan qat’iy nazar muloqotda tilning yadrosi 
sifatida ma’lum holatlar uchungina ishlatiladigan neytral so‘zlar ham mavjud. Bu toifadagi so‘zlarni 
biz lug‘atlarda noadabiy yoki nostandart leksikaga oid so‘zlar deb ataymiz. 
Nostandart leksikaga qarab chiqishdan oldin uning uslubi bilan bog‘liq muammolarga nazar 
solib chiqadigan bo‘lsak, bu yerda asosan ikki xil uslub ishlatish holati mavjudligi ma’lum bo‘ladi: 
- funksional va ifoda etish. Funksional uslub – ma’lum doiradagi odamlarga xos, ma’lum 
maqsadga qaratilgan muloqot uslubi sifatida talqin etiladi, ya’ni inson harakatining o‘ziga xos 
qonuniy jihatlariga taalluqli holatlar uchun, masalan, tadbirkorlar uslubi, og‘zaki uslub, ilmiy uslub 
va hokazo.
Zamonaviy tillardagi funksional uslublar o‘ta murakkab va xilma xildir.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, uslub yozma va o‘gzaki turlarga bo‘linish bilan birga ishlatilishiga 
qarab jamoatchilik uchun qo‘llanishda turli shakllarga bo‘linib ketadi. Ammo haligacha tilshunoslar 
ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga qaramasdan, uslublar turlari haqida yaxlit bir fikrga kelish-
gani yo‘q. 
Uslublarni quyidagicha bo‘limlarga bo‘lishadi: ilmiy, ommaviy, publisistik, san’atga xos 
(teatr, rassomchilik, raqs va hokazo), og‘zaki, korrespondentlar uslubi, gazeta uslubi, she’riyat, 
professional-texnikaga oid, rasmiy-idoraviy uslublar. 
Funksional uslub – bu ma’lum tilda muloqot qiladigan odamlarning o‘z ona tilidan turli 
holatlar va ish joylaridan kelib chiqib, ma’lum maqsadni ko‘zlab, so‘z va so‘z birikmalarini 
ishlatishi yig‘indisidir. 
Ifoda uslubi shunday uslubki, unda muloqot davomida siz ma’lum bir holatga taalluqli o‘z 
emotsional his-tuyg‘ularingizni ifoda qilasiz. Har xil tilshunoslar muloqot uslublari uchun boshqa 
terminlardan ham foydalanadi. 
Rus tilshunosi R.G.Pyotrovskiy qarashicha uslublar yuqori darajadagi, dabdabali she’riyatga 
taalluqli va ilmiy til uslubi, ya’ni adabiy hikoya, adabiy so‘zlashuv uslublari hamda past darajadagi 
boshqa asosiy bo‘lmagan kichik uslublarga bo‘linadi. 
Ingliz tilshunosi J.Kenon esa, ikkita darajani alohida ta’kidlab o‘tadi – standart va nostandart 
funksiya bajaruvchi uslublar yoki rasmiy va norasmiy uslublarga bo‘lishni taklif qiladi. 
Nemis tilshunosi Y.Hannerts ta’kidlashicha uslublarni yuqori va past yoki rasmiy, norasmiy 
turlarga bo‘lish kerak. 
Rus tilshunosi V.N.Yartsevaning aytisicha, uslub kitobiy-yozma va og‘zaki-so‘zlashuv nutqi 
turlarga bo‘linadi. Demak, til uslublarini qo‘llanishiga qarab ber necha xil alohida turlarga bo‘lib 
aytishimiz mumkin. 
Ya’ni past darajada turuvchi so‘z va iboralar – kollokvializm (“colloquial” – ingliz tilidan 
“so‘zlashuv uslubiga xos so‘z birikmalari va iboralar), sleng (“slang” – ingliz tilidan “jargon, oddiy, 
og‘zaki leksikaga xos so‘zlar”), umumiy sleng, maxsus sleng (jargon va argon – maxsus so‘zlar) 
hamda vulgarizm (qo‘pol so‘zlar) haqida tushsuntirib o‘tilgan. 


148 

Download 6,92 Mb.
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   181




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish