149
3) dars bergandan so‘ng, agar havo sovuq bo‘lsa, tez yurmaslik kerak. Chunki sovuq havo
xalqumni yallig‘lantiradi.
O‘quvchilarning o‘qituvchi nutqini yaxshi idrok etishlari uchun o‘qituvchi tovush, so‘zlarni
aniq va ifodali talaffuz qilishi kerak. Tovush, bo‘g‘in va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishda ovoz
apparati: lablar, til, tish, jag‘lar, tanglay, kichik til, halqum, ovoz paylari qatnashadi.
Noorganik kamchiliklar esa: to‘ng‘illab gapirish, soqovlanish, duduqlanish, ba’zi bir tovush-
larni
talaffuz eta olmaslik, burunda gapirish, tez gapirish, chala gapirish.
Bularni bartaraf etish uchun nutq organlari harakatini artikulyatsiya gimnastikasi orqali mashq
qildirish tavsiya etiladi.
Bu ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi:
a) nutq apparatlarini mashq qildirish,
b) har bir unli va undosh tovushlarning to‘g‘ri artikulyatsiyasini mashq qilish.
Nutqning tezligi, alohida bo‘g‘inlarning va so‘zlarning jaranglashi,
shuningdek, nutq ritmi-
dagi pauzalarga rioya qilish nutqning ritmini tashkil etadi.
K.S.Stanislavskiyning ta’kidlashicha, intonatsiya va pauzaning o‘zi, so‘zdan ham ortiqroq
eshituvchiga hissiy ta’sir etar ekan.
Nutq tezligi o‘qituvchining individual xususiyatlariga, nutq mazmuniga va muloqot vaziyatiga
qarab o‘zgaradi.
Ayrim mutaxassislar tovush va uning tembri tug‘ma
xususiyat, deydilar, lekin hozirgi
eksperimental fiziologiya tovush sifatining o‘zgarishi mumkinligini tasdiqlaydi. Nutqning ifodali,
sof bo‘lishi ustida ishlash fikrlarning ravon bo‘lishiga ta’sir qiladi.
Nutq imo-ishora, mimika, harakat bilan birga sodir bo‘ladi, uzluksiz o‘zini
tuta bilish
ta’sirchan vositalarini tanlashga muvaffaqiyatli ravishda tuzatish kiritib borish imkonini beradi.