|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim Pdf ko'rish
|
bet | 132/181 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,92 Mb. | | #250633 |
Bog'liq 65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2Mavzu yuzasidan savollar.
1.
Nutq haqida tushuncha?
2.
Ichki nutq, tashqi nutq izohlab bering?
3.
Monologik nutq nima?
4.
Dialogik Polilogik nutq nima?
5.
Nutqning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rnini qanday izohlaysiz?
6.
Buyuk mutafakkirlar o‘qituvchi nutqi haqidagi fikrlari?
7.
Nutq texnikasini sanang?
8.
Leksik madaniyatga ta’rif bering?
Vaqt ajratib o‘qishga arziydigan hikoya
Bir yigit donishmandning oldiga kelib:
- Men Oksford universiteti magistriman, Garvard universiteti faxriy doktoriman, dunyo
falsafasi bo‘yicha nomzodlik darajasiga, Mantiq fani bo‘yicha doktorlik darajasiga egaman.
Bilimlarimda mabodo oq dog‘lar qolgan bo‘lsa o‘shalarni ham to‘ldirish uchun sizdan
biror narsa o‘rganmoqchiman, – debdi.
Shunda donishmand senga biror narsa o‘rgatish befoyda, debdi.
Unga javoban yigit, befoydami yoki o‘rgatishga ilmingiz yetishmaydimi, debdi kulib.
- Mayli, senga mantiq bo‘yicha bitta savol beraman, agar unga to‘g‘ri javob bersang,
seni shogird sifatida birinchi sinfga olaman,- debdi donishmand.
-Eshit o‘g‘lim, mantiq bo‘yicha savol: Ikki kishi bir mo‘ridan tushishdi. Birining beti
qora bo‘ldi, ikkinchisiniki esa toza. Qani aytchi qaysi biri betini yuvgani boradi?
Yigitni jahli chiqib, shu ham savolmi, shu ham mantiqmi, axir buni omi odam ham
biladiku, albatta beti qora bo‘lganida
-Yo‘q sen adashding, – debdi donishmand. Mana mantiqan o‘ylab qara. Ikkalasi
mo‘ridan tushdi va bir birini betiga qaradilar. Beti qora sherigini betiga qarasa u toza, o‘zini
ham betini toza deb o‘ylaydi.
Ikkinchisi esa sherigini betini qoraligini ko‘rib, o‘zini ham shunday o‘ylab betini
yuvgani boradida. Beti tozasi boradi.
-Ha, bu tomonini o‘ylamabman. Mayli yana bir savol beringchi, debdi yigit shashti
tushib.
- Mayli eshit yana bitta mantiqiy savol debdi donishmand. – Ikki kishi bir mo‘ridan
tushishdi. Birining beti qora bo‘ldi, ikkinchisiniki esa toza.
Qani aytchi qaysi biri betini yuvgani boradi?
- Voy ustimdan kulayapsizmi, hozir aniqlab oldikku, albatta beti tozasida.
-Yo‘q, yana adashding,- debdi donishmand.
-Mana o‘zing mantiqan o‘ylab qara. Beti toza inson sherigini betini ko‘rib yuvingani
boradi. Ikkinchisi esa o‘zining ham betini qoraligini sezib u ham yuvingani boradi. Ikkalasi
ham yuvingani boradi
-Ha, men yana bunisini o‘ylamabman. Yana bitta savol mumkinmi, – debdi yigit
sekingina.
Mayli eshit:
-Ikki kishi bir mo‘ridan tushishdi. Birining beti qora bo‘ldi, ikkinchisiniki esa toza. Qani
aytchi qaysi biri betini yuvgani boradi?
-Axir aniqladikku ikkalasi ham boradida,
–
debdi yigit asabiylashib.
- Yo‘q, yana topa olmading. Mantiqan o‘ylamayapsan.
-Beti qorasi sherigini betini tozaligini ko‘rib yuvgani bormaydi. Ikkinchisi esa bundan
o‘zining betini tozaligini bilib u ham bormaydi.
|
| |