Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/181
Sana22.05.2024
Hajmi6,92 Mb.
#250633
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   181
Bog'liq
65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

9.4. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari 
Har bir o‘qituvchi pedagogik faoliyat yuritar ekan, 
berayotgan ta’lim-tarbiyasini yanada samarali chiqishi 
uchun u o‘z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini 
o‘stirishi kerak.
O‘qituvchilar bilan bo‘ladigan munosabatlarni puxta 
o‘ylab ularning ko‘ngliga ozor yetkazmasdan muomala 
madaniyatini bilgan holda ish olib bormog‘i lozim.
Har bir o‘qituvchining dunyoqarashi uning muo-
malasidan namoyon bo‘ladi.
Muomalaning asosiy vositasi tildir. 
Xalqimizdan shunday naql bor: “Bola shirin so‘zning gadosi”. Bas shunday ekan, tarbiyachi 
o‘z muomilasida juda ehtiyotkor bo‘lishi kerak. A.Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati 
haqida shunday deydi: “Shirin so‘z ko‘ngillar uchun bamisli asaldir”. 
Yana bu haqda Husayin Voiz Koshifiy shunday deydi: “Nasihatli shirin so‘z-u muloyimlik 
birla ibtido qilday, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushruylik ko‘rgazmayin nasihat korga 
kelmas”. 
Davlat ta’lim standartlarining muhim darajasi bo‘lgan eksperimental tayanch o‘quv rejasi va 
dasturlar har tomonlama puxta o‘rganilishi zarur. Ushbu dastur va rejani yaratishda mamlakati-
mizdagi fan texnika ijtimoiy iqtisodiy sohalardagi rivojlanishlar hisobga olingan. Undan avvalo 
o‘quvchilarni psixologik fiziologik xususiyatlariga muhim o‘rin berilgan. 
1.
Psixologik-fiziologik (texnik-texnologik) omillar (jismoniy (dinamik va statit ish), ruhiy 
(ishning aniqligi), hissiy (ishni bajarishdagi ta’sirlanish) va aqliy (qayta ishlanayotgan axborotlar 
hajmi, bir vaqtning o‘zida kuzatilishi talab etiladigan ishlar soni) zo‘riqishlar, pedagogik faoliyat-
ning bir xilligi). 
2.
Sanitariya-gigiyenik omillar (ish joyidagi mikro iqlim – harorat, nisbiy namlik, havoning 
harakatlanish tezligi), havoning tozaligi (bug‘, gaz, aerozollarning mavjudligi), yoritilganligi, 
shovqin, vibratsiya, ultratovush, biologik va boshqa ta’sirlar. 
3.
Estetik omillar (shaxs tomonidan atrof-muhitni estetik qabul qilinishini ta’minlovchi 
omillar – ranglar, shakllar, musiqiy ohanglar, ish o‘rnining jihozlanishi, mehnat qurollari 
(vositalari)ning chiroyli ko‘rinishi, ish kiyimlarining ko‘rimliligi, binolarning badiiy-me‘moriy 


160 
yechimi; bularning barchasi o‘qituvchining kayfiyatiga va o‘z navbatida ishchanlik qobiliyatining 
oshishiga, mehnat samaradorligining yaxshilanishiga ta’sir etadi). 
4.
Ijtimoiy-psixologik omillar (kadrlar tarkibi, hamkasblarning qiziqishlari, rahbariyatning 
boshqaruv uslubi va boshqalar; ushbu omillar ta’sirida muassasada axloqiy-psixologik iqlim 
yuzaga kelib, o‘qituvchining jismoniy, ruhiy va hissiy barqarorligini, jamoa bilan jipsligini, 
mehnat faolligini va ijodiy tashabbuskorligini ta’minlaydi). 
Aniq maqsad asosida o‘qituvchi tomonidan muayyan ko‘rinishdagi kasbiy faoliyat loyihasini 
ishlab chiqish, rejalashtirishga qaratilgan amaliy harakatning samarali bo‘lishi o‘qituvchi mehnati 
unumdorligini ta’minlaydi.
Qolaversa, o‘qituvchi mehnatini tashkil etishda usullarning to‘g‘ri tanlanishi ham alohida 
ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi tomonidan pedagogik faoliyatning maqsadga muvofiq, to‘g‘ri 
tashkil etilishi va natijalanishiga xizmat qiladigan usullarning maqsadga muvofiq, samarali tanla-
nishi pedagogik faoliyat usullarini to‘g‘ri tanlash imkoniyatini ta’minlaydi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishda muayyan jihatlarga 
e’tibor qaratish talab etiladi.

Kuchli raqobatga bardoshli bo‘la olish. 

O‘z ustida doimiy izlanish. 

O‘zining kasbiy salohiyati, malakasi va mahoratini takomillashtiri borish. 

Yangi pedagogik texnologiyalarni izchil o‘zlashtirish. 

Fan, texnika, texnologiya yangiliklaridan izchil xabardor bo‘lib borish. 

Ijodiy va kretivlik qobiliyatini rivojlantirishga e’tibor qaratish. 

Innovatsion g‘oyalarni ilgari surish. 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari umumta’lim maktablari oliy va o‘rta maxsus o‘quv 
yurtlarida ta’lim-tarbiya mazmunini qaytadan mukammal ishlab chiqishlari lozim. 
- Ta’lim-tarbiya shakllari usuli vositalarini jahon andozasi talablariga mos holda rivojlantirish; 
- Ta’lim madaniy-ma‘rifiy muassasalarini yangi texnika va texnologiya asosida zamonaviy 
jihozlash; 
- O‘qituvchi murabbiy ijodkorligini ta’minlash kasb mahoratlarini oshirishning samarali 
yo‘llarini topish;
- Oila, mahalla, maktabda ta’lim-tarbiya mazmunini mukammal ishlab-chiqish amaliyotiga 
keng tadbiq etish.
Shunday qilib o‘qituvchining mehnatini ilmiy tashkil etish, davlatning bu haqdagi g‘amxur-
ligi, barkamol avlodni tarbiyalashdek muqaddas vazifasini yorug‘ yuz bilan ado etish uchun kuchli 
turtki bo‘ladi.
Kishikim hayotdan olmasa ta‘lim 
Unga o‘rgata olmas hech bir muallim. 

Download 6,92 Mb.
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   181




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari

Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish