• 9.3. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish tamoyillari
  • -yo‘nalish: O‘qituvchini o‘z mehnatini ilmiy asosda tashkil kilish uchun unda




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet139/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

    4-yo‘nalish: O‘qituvchini o‘z mehnatini ilmiy asosda tashkil kilish uchun unda 
    ma’lum
     
    darajada pedagogik fazilatlar bo‘lishi kerak: 
    -
    kim bilan ishlayotganini aniq bilishi uchun ular haqidagi to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish; 
    -
    o‘z hoxishi va maqsadini aniq bilish; 
    -
    o‘z oldiga vazifa qo‘ya olish; 
    -
    kerakli mazmun, shakl, metodlarni tanlay olish; 
    -
    xar ishning holatini tahlil qila olish; 
    -
    metodik qo‘llanmalarni o‘rganish va ularni to‘play olish; 
    -
    vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olish. 


    157 
    Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishda o‘qituvchining kun tartibi va ish joyi muhim rol 
    o‘ynaydi. 
    O‘qituvchi o‘zi uchun eng optimal yuqori unum beradigan kun tartibini topa olishi kerak. 
    Pedagogik mehnatni tashkil etish talablari pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 
    ularning tavsiyasiga ko‘ra pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish, eng muhim talablarni shu asosda 
    rejalashtirish, faoliyatni uyushtirish, unda qatnashayotganlarning kuchini yagona maqsadga buysun-
    dirish, rag‘batlantirish, operativ nazoratni hisobga olish. 
    Shuni rejalashtirishdagi asosiy masala uyushtiradigan barcha faoliyat turlarini unda qatnasha-
    yotgan kollektiv va a‘zolarni umumiy pedagogik maqsadga buysundirishni ko‘zda tutadi, bunda 
    yaqin, o‘rta, uzoq maqsadlarni inobatga olish ko‘zda tutiladi. 
    Mehnat sharoiti tushunchasi kompleks tushuncha. 
    Mehnatni ilmiy tashkil etish tajribasiga mehnat sharoiti deganda odamning mehnat qilayotgan 
    joyi, aniq vaziyat ko‘zda tutiladi. Yana unga psixofiziologik, ijtimoiy, psixologik va estetik omillar 
    ham qo‘shiladi. 
    9.3. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish tamoyillari 
    Akademik D.S.Lixachyov maqsadning kishilar hayoti va 
    his-tuyg‘ulariga ta’siri to‘g‘risida qiziqarli yozadi: 
    “Kishi hayotda erishadigan ko‘p narsalar – uning hayotda 
    qanday mavqeni egallashi, boshqalarga nimalar berishi va o‘zi 
    uchun nimalar olishi – uning o‘ziga bog‘liq. Muvaffaqiyat o‘z-
    o‘zidan kelmaydi. 
    U kishining hayotda nimani muvaffaqiyat deb hisob-
    lashiga, o‘ziga qanday baho berishiga, qanday vaziyat yo‘lni 
    tanlaganiga, nihoyat, uning hayotdagi maqsadi qandayligiga 
    bog‘liq. 
    Har bir kishida kichik muvaffaqiyat shaxsiy maqsadlardan tashqari, hayotda shaxsdan yuqori 
    turadigan maqsad ham bo‘lishi kerak, shunda muvaffaqiyatsizliklar ehtimoli kam darajaga 
    keltiriladi. 
    Haqiqatda ham shunday. Kichik maqsadlarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatsizlik 
    ulushi hamisha katta bo‘ladi. O‘z oldingizga sof maishiy vazifani – yaxshi narsalar sotib olish 
    vazifasini qo‘ydingiz, lekin sizga ikkinchi navli narsa tegib qoladi.
    Bunday hol juda tez-tez sodir bo‘lib turadi. Agar bu kichik vazifa siz uchun asosiy vazifa 
    bo‘lsa, siz endi o‘zingizni omadsiz deb his qilasiz. Agar bu kichik maqsad siz uchun “yo‘l-
    yo‘lakay” maqsad bo‘lsa, siz uni “yo‘l-yo‘lakay” va kichik maqsad deb his qilsangiz, o‘zingizning 
    bu “muvaffaqiyatsizligingizga” unchalik e’tibor ham bermaysiz. Siz unga juda xotirjam 
    munosabatda bo‘lasiz. 
    Siz o‘z oldingizga shaxsdan yuqori turadigan maqsadni, aytaylik, eng umumiy maqsad – 
    odamlarga iloji boricha ko‘proq foyda keltirish maqsadini qo‘ygan bo‘lsangizchi? Bu ulqan hayotiy 
    vazifangizni bajarishda sizga qanday “mash’um” muvaffaqiyatsizlik halaqit berishi mumkin?
    Uni bajarishga har qanday sharoitda ham erishish mumkin, muvaffaqiyatsizlik esa natijasiz 
    narsa, faqat ayrim hollardagina. 
    Umuman, sizga muvaffaqiyat kulib boqadi. Agar bu vazifada sizning shaxsiy baxtingiz ham 
    bor bo‘lsa, bu baxtingiz ta’minlanadi. 


    158 
    Albatta, kishi o‘z oldiga katta maqsad qo‘yganda, ma’yus, g‘amgin, tushkun kayfiyatda 
    bo‘lishi mumkin. Bunday bo‘lishiga sabab shuki, kishi juda uzoq maqsad bilan band bo‘lar ekan, 
    boshqa, xususiy, ancha yaqin maqsadlariga erishganidan mutlaqo qoniqmaydi va bu qoniqishni his 
    qilmaydi. U bugun erishgan muvaffaqiyatidan, yaxshi o‘tkazgan darsidan tashqari quvona olmaydi, 
    o‘zining kundalik hayoti imkoniyatlaridan foydalanishni bilmaydi. 

    Pedagogik mehnatning samarasi, maqsadi va faoliyat vazifasiga ko‘ra bilishda va aniqlay 
    olishdadir. Shundagina uni ilmiy tashkil etish kerak bo‘ladi; 

    Faoliyat uslubini belgilash; 

    Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishda texnikadan vosita sifatida samarali foydalanish 
    tushuniladi. Bu tamoyil ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik 
    texnika va texnik vositalar yig‘indisi ko‘zda tutiladi; 

    Ta’lim-tarbiya ishini rejalashtirish; 

    Reja ta’lim-tarbiya faoliyatini tartibga solish, uning modelini yaratish, tayanch sxemalarni 
    topish masalalaridan tashkil topadi. Shular aniqlansa, o‘qish, rivojlanish, tarbiyalash jarayoni 
    yengillashadi.
    Shuni rejalashtirmasdan turib shaxsni va jamoani ijtimoiy jihatda samarali rivojlantirib 
    bo‘lmaydi, bu esa jamiyatga ham ijtimoiy, ham iqtisodiy zarar keltiradi. 
    Pedagogik mehnatni nazorat qilish va hisobga olish prinsipi o‘qituvchi ishini muntazam va 
    rejali kuzatib borish, shunda yutuq va kamchiliklarni aniqlab borish, muhimlarini ajratib olish 
    ko‘zda tutiladi. 
    Hisobga olishning eng maqbul yo‘li statistik hisobga olishdir. Pedagogik nazorat esa obyek-
    tivlik, omilkorlik, samaradorlik, muntazamlilik va oshkoralikni talab qiladi. 
    O‘qituvchi mehnatini nazorat qilish va hisobga olishning muntazamliligi, izchilligi quyidagi-
    lardir: 
    1.O‘quv materiallari va tarbiyaviy tadbirlarga tayyorlanishni o‘zi tomonidan nazorat qilinishi; 
    2. Darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim-tarbiya ni nazorat qilish va o‘zini kuzatish; 
    3. O‘qituvchining darsdan tashqari vaqtini nazorat qilish; 
    4. Ota-onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan ishlarni nazorat qilish; 
    5. O‘z ustida ishlashni nazorat qilish. 
    Shuningdek, har bir o‘qituvchi ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganishda muayyan vositalar-
    dan foydalanmog‘i darkor. 
    1.
    Mustaqil o‘qib-o‘rganish, doimiy ravishda o‘z ustida ishlash. U pedagogika fanida ro‘y 
    berayotgan yangiliklar haqida ma’lumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, internet materiallari, vaqtli 
    matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar bilan 
    tanishish imkonini beradi. Buning natijasida yosh o‘qituvchilar ularda ilgari surilayotgan ustuvor 
    g‘oyalarni umumlashtirish va xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash ko‘nikmalarini 
    o‘zlashtiradilar. 
    2.
    Mahoratli o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish. U ta’lim muassasasidan chetga 
    chiqmagan holda tashkil etiladi. Pedagogik mahoratni oshirishning bu yo‘lidan foydalanish vaqtni 
    tejash imkonini beradi, shu bilan birga iqtisodiy jihatdan samarali sanaladi. Tajribali o‘qituvchilar-
    ning ish tajribasini o‘rganish ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarni kuzatish, tahlil 
    qilish asosida amalga oshiriladi. Bunda olingan taassurotlarni umumlashtirish va xulosa chiqarish 
    maqsadga muvofiqdir. 
    3.
    Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurs (institut)larida kasbiy malakalarni oshirish. U 
    ta’lim muassasalarida ishlab chiqilgan rejaga muvofiq tashkil etiladi. Rejani ishlab chiqishda 


    159 
    muassasada faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning kamida 3-5 yilda bir marta malaka oshirish 
    kurslarida ta’lim olishlarini ta’minlash e’tiborda tutiladi. Shu bilan birga ta’lim muassasasining 
    turli fan o‘qituvchilariga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar 
    turdosh fanlar bo‘yicha qayta tayyorgarlikdan o‘tishga jalb etiladi.
    Qayta tayyorlash kurslarida pedagogik ma’lumotga ega shaxslar o‘z ixtiyorlariga ko‘ra ham 
    ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olishlari mumkin. 
    4.
    Ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etish (nazariy va amaliy konferensiya, seminar, 
    pedagogik o‘qish va treninglar). 
    5.
    Yetakchi ta’lim muassasalarida ularning ish tajribalarini o‘rganish (stajirovka). 
    O‘qituvchi tomonidan respublika va xorijiy mamlakatlarning pedagoglarining kasbiy faoliyat 
    samaradorligini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, yosh avlodni o‘qitish hamda 
    tarbiyalash borasida erishilgan yutuq, muvaffaqiyatlarning o‘rganilishi bugungi kunning dolzarb 
    vazifasidir. 

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -yo‘nalish: O‘qituvchini o‘z mehnatini ilmiy asosda tashkil kilish uchun unda

    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish