|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim Pdf ko'rish
|
bet | 138/181 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,92 Mb. | | #250633 |
Bog'liq 65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2To‘rtinchi tamoyil
ta’lim-tarbiya birligini ta’minlagan holda pedagogik faoliyatni rejalash-
tirish. Ushbu tamoyil reja asosida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni tartibga solish, uning modelini
yaratish, tayanch tizimlarni topish kabi masalalardan tashkil topgan.
Pedagogik faoliyatni aniq maqsadlar asosida rejalashtirmasdan turib shaxsni va jamoani
tarbiyalash va ularni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta’minlash mumkin emas,
bu esa jamiyatga ijtimoiy, ham iqtisodiy zarar keltiradi.
Pedagogik mehnatni nazorat qilish va hisobga olish o‘qituvchi faoliyatini muntazam kuzatib
borish yutuq va kamchiliklarini aniqlash, muhimlarini ajratib olishni nazarda tutadi.
Hisobga olishning eng maqbul yo‘li statistik hisobga olishdir. Pedagogik nazoratda obyektiv-
lik, omilkorlik, samaradorlik, muntazamlilik va oshkoralik talab qiladi.
1-yo‘nalish: O‘qituvchi kasbiga oidlar:
-
o‘z ishiga, kasbiga oid chuqur bilimlarni egallash;
-
davlat tomonidan qabul qilingan xujjatlar, qonunlarni bilish;
-
pedagogika, psixologiya va xususiy metodikani o‘rganish;
-
bolalar jamoasi va shaxsi haqidagi bilimlarni o‘rganish;
-
ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘z ishida tadbiq etish;
-
o‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini tarbiyalash.
2-yo‘nalish: O‘z mahorat elementlarini hosil qilish:
-
o‘z ishiga kerakli bo‘lgan va pedagogik mahoratni oshirishda ko‘nikma va malakalarni
egallash;
-
o‘z kuchi va qobiliyatini to‘g‘ri ishlata olishi;
-
o‘z vaqtida kerakli va to‘g‘ri qaror qabul qilish.
3-yo‘nalish: Jamoada pozitivlikni tashkil etish:
-
ishning sharoiti va jamoadagi ma’naviy holat;
-
jamoadagi psixologik holat;
-
ijodiy yondashuv;
-
insonparvarlik;
-
rag‘batlantirish;
-
gigiyena qoidalariga rioya qilish;
-
kunni to‘g‘ri tashkil etish.
|
| |