165
suhbatdoshni eshitish madaniyati.
savollar bera olish.
suhbatdoshni fikrini eshitish va tahlil qila olish.
boshqalar bilan ilk munosabatni o‘rnatish malakasi.
boshqalarni tushunish malakasi.
vaziyat jarayonida anglay bilish malakasi.
Ko‘z orqali aloqa o‘rnatishga harakat qilish
siz auditoriyaga qarab dars olib boryapsizmi?
eshituvchilarning holatini, ta’sirchanligini anglash, ko‘ra bilish.
O‘z muloqoti, hikoyasi bilan qiziqtira olishning xususiyatlari:
Auditoriyada erkin maro’za o‘qish yoki ta’lim mazmunini konspekt yordamisiz bayon eta
olish xususiyati.
tashqi ko‘rinishining samimiy muloqotga hozirligini ifodalay olish holati.
o‘zining munosabatini voqelikda aks ettirish.
10.2. O‘z-o‘zini tаrbiyalаsh vа o‘z ustidа ishlаshning psixоlоgik-pеdаgоgik аsоslаri
O‘z-o‘zini tarbiyalash-bu shaxsning ongli ravishda
qo‘yilgan
maqsadlar, o‘rnatilgan ideallar va e’tiqodlarga
muvofiq o‘zgarishiga qaratilgan faoliyati.
O‘z-o‘zini tarbiyalash shaxsning rivojlanishining
ma’lum
bir darajasini, uning o‘zini anglashini, o‘z
harakatlarini boshqa odamlarning
harakatlari bilan ongli
ravishda taqqoslab, uni tahlil
qilish qobiliyatini nazarda
tutadi.
Shaxsning potentsial imkoniyatlariga munosabati,
o‘zini o‘zi baholashning to‘g‘riligi, kamchiliklarini ko‘rish
qobiliyati insonning kamolotini tavsiflaydi va o‘z-o‘zini tarbiyalashni tashkil etishning shartidir.
O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘z-o‘zini majburlash kabi usullardan foydalanishni o‘z ichiga oladi;
O‘z-o‘zini
hisobot berish; o‘z faoliyati va xatti-harakatlarini tushunish; o‘zligini
boshqara
olish.
O‘z-o‘zini tarbiyalash, shaxs tomonidan
ishlab chiqilgan maqsadlar, harakatlar dasturi,
dasturning bajarilishini kuzatish, olingan natijalarni baholash va o‘z-o‘zini tuzatish asosida qurilgan
o‘zini o‘zi boshqarish jarayonida amalga oshiriladi.
O‘z-o‘zini tarbiyalash bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladigan oson jarayon emas.
O‘z-o‘zini tarbiyalash bosqichlari.