164
o‘zida borini beradi, ikkinchi tomondan, xuddi gubka kabi o‘ziga xalqdan, hayotdan, fandan hamma
yaxshi narsalarni olib hazm qiladi va bu hamma yaxshi narsalarni yana yangidan bolalarga beradi“.
Ilg‘or o‘qituvchi hamma vaqt pedagogika sohasidagi yangiliklarni bilishga intiladi, boshqa
o‘qituvchilarning tajribalaridan foydalanishga hamda o‘z shaxsiy tajribalaridan foydalanishga,
xamda o‘z shaxsiy tajribalarini umumiylashtirishga harakat qiladi.
Agar shaxs izlansa, o‘z qobiliyatlari ustida ishlasa, o‘zidagi yaxshi fazilatlarni kamol toptirsa,
uning obro‘si, mavqei ham shu darajada yuksaladi va doimo el nazarida bo‘ladi.
O‘qituvchi o‘zida kuzatuvchanlikni, g‘amxurlikni tarbiyalashi lozim. O‘qituvchining mustqil
bilim egallashi va malakasini oshirishi zaruriy shartlardandir.