|
“Agar sen biror narsani chin dildan istasang Pdf ko'rish
|
bet | 145/181 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,92 Mb. | | #250633 |
Bog'liq 65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2“Agar sen biror narsani chin dildan istasang,
butun Olam istagingni ro‘yobga chiqarishga
yordamga keladi”...
Paulo KOELO "Alkimyogar"
Agarda sen ham aqlli kishilarning safida bo‘lging kelsa,
har kuni bir marta, yo haftada bir marta,
hech bo‘lmasa oyda bir marta o‘zingga o‘zing hisob ber!
ABAY
Sharq mutafakkirlari o‘qituvchi o‘zi o‘qib tursagina – o‘qituvchi bo‘la oladi, agar o‘qishni
tuxtatib qo‘yar ekan, unda o‘qituvchilik ham o‘ladi, deb haqqoniy aytganlar.
Iroda va xarakterni shakllantirishda o‘z-o‘zini tarbiyalash. O‘qituvchi faoliyatida o‘qituvchi
xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda iroda, his-tuyg‘ularini boshqarish katta ahamiyat kasb
etadi. O‘zini-o‘zi tarbiyalash ma’lum natijalarga olib kelishi lozim.
Bunda o‘zini idora eta olish, yaxshi kayfiyat, o‘ziga buyruq berish, ishontirish, shaxsiy
rejimga rioya qilish va o‘z qoidasiga ega bo‘lish.
Tolstoy o‘z-o‘zini tarbiyalashda quyidagi qoidalarga amal qilar edi. “Nima belgilasa hech
narsaga qaramay tezkorlik bilan bajarar. Nimani bajarsa yaxshi bajarar. Doimo aqliy, o‘z imkoni-
yati doirasi asosida faoliyat ko‘rsatishga harakat qilardi”.
V.Shekspir shunday yozgan edi. “Uyqu ona tabiatining g‘aroyib, shirin taomidir tanavvul
qilish me’yorini bilish lozim”.
O‘z-o‘ziga buyruq berish, o‘z-o‘zini tarbiyalashning muhim usullaridan biri.
Masalan, U.G.Shuls faraziga ko‘ra o‘z-o‘zini tarbiyalash programmasi (dasturi):
Bir kunlik yoki xaftalik ish rejasini to‘zish, uni bajarish;
Umidsizlikka tushmaslik, kamchilikdarni bartaraf etish;
O‘ziga, muvaffaqiyatga ishonish;
“Men o‘zimga ishonaman”, “Men buni qilishni xoxlayman”, “Men qila olaman” kabi o‘z-
o‘zini ishontirish formulasini qo‘llash.
O‘zini tarbiyalash:
Jiddiy, o‘ylab ish ko‘rish;
Ma‘ruza, seminar darslarida e’tiborsizlikka berilmaslik;
‘‘Men diqqat bilan eshityapman“, ‘‘Mening diqqat e’tiborimda“ formulasini qo‘llash.
O‘z-o‘ziga buyruq berish. ‘‘Pedagog fikrini ko‘zatib borish lozim“.
O‘ziga-o‘zi hisobot berish, kun yoki hafta yakunini qilish.
|
| |