170
XI BOB. PEDAGOGIK TAJRIBANI TO‘PLASH TIZIMI
11.1. Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishda materiallar to‘plash
Birovga o‘rgatish uchun o‘zing
o‘rganishingga kerak bo‘ladigandan
ko‘ra ko‘proq aql zarur.
Mishel Monten
Pedagogik faoliyat o‘z mehnatiga ko‘ra ijodiy
tavsifga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati
pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan aniq-
lanadi. Pedagogik ijodkorlik majmui-pedagogik tajribadir.
Ilg‘or pedagogik tajriba deganda o‘qituvchining
o‘z pedagogik vazifasiga ijodiy yondashishi, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yangi shakl,
metod va vositalarini izlab topishdir.
Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni
ochish o‘quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o‘zgarishlar kiritadi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini
boshqarish, yangi turdagi o‘quv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo‘ladi.
Ta’limni rivojlantirishning hozirgi bosqichida “pedagogik tajriba” tushunchasi ikki ma’noda
ko‘rib chiqiladi: keng va tor.
Birinchi holda, pedagogik tajriba ajralmas va zarur qism bo‘lib, umumbashariy tajribaning bir
turidir. Ushbu tushunchada tajriba barcha zamon va xalqlar o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan
kasbiy qadriyatlarning boy xazinasi bo‘lib, u ommaviy xarakterga ega.
Tor ma’noda “pedagogik tajriba” o‘qituvchining kundalik ish jarayonida egallagan amaliy
bilim, ko‘nikma, malakalari majmui; kasbiy mahoratining asosi; pedagogika fanining rivojlanish
manbalaridan biri sifatida qaraladi.
Ilg‘or pedagogik tajriba shu ma’noda ijodiy izlanish, yangilik, o‘ziga xoslik, yangilik deb
ataladigan elementlarni o‘z ichiga olgan shunday amaliyotni o‘z ichiga oladi. Bunday pedagogik
tajriba, ayniqsa, qimmatlidir, chunki u pedagogik amaliyotda va pedagogika fanida yangi yo‘llarni
ochib beradi, shuning uchun innovatsion tajriba birinchi navbatda tahlil qilish, umumlashtirish va
tarqatishni taqozo etadi.
Oddiy mahorat va yangilik o‘rtasida chiziq chizish ko‘pincha qiyin, chunki fanda ma’lum
bo‘lgan prinsiplar va usullarni o‘zlashtirib, o‘qituvchi odatda shu bilan to‘xtamaydi.
Ko‘proq va ko‘proq original metodlarni topish va ishlatish yoki yangi usulda, eskilarini
samarali birlashtirib, o‘qituvchi-usta asta-sekin haqiqiy novatorga aylanadi.