173
rivoyatlar, ilmiy pedagogik tavsiyalarni namoyish etish, qisqa vaqtda interfaol metodlar yordamida
o‘quvchini topqirlikga, fikrlashga, tadqiq etishga chorlaydigan va ilhomlantiradigan vaziyatlarni
vujudga keltirish talab etiladi.
3. Nazorat topshiriqlarini bosqichli ravishda o‘quvchilarni individual-ruhiy xususiyatlarini
hisobga olgan holda berish, ularda qobiliyat ko‘nikmalarini shakllantirishiga mas’uliyat bilan
qarash lozim.
4. Integrativ yondashuv asosida o‘quvchining ilmiy dunyoqarashini boyitib borishga erishish,
shu asosida yangi ma’lumotlar bankini hosil qilishga oid uzluksiz metodik xizmatni amalga oshirish
bilan ta’lim samaradorligiga erishish talab etiladi.
5. Har bir ta’lim muassasida o‘qituvchining ijodiy qobiliyatini oshirib borishi, o‘z ustida
ishlash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish bilan birga ilg‘or pedagogik tajribalarni tizimli
rag‘batlantirishni amalga oshirish lozim.