O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/181
Sana22.05.2024
Hajmi6,92 Mb.
#250633
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   181
Bog'liq
65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

1. Generator
– ovoz generatsiyasi ovoz paylarida hosil bo‘ladi, bunda og‘iz bo‘shlig‘ining 
roli kam. Ovoz paylari shovqin va tonlarni farqlaydi. 
2. Rezonator tizimi
– bunda tomoq, halqum, burun bo‘shlig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i qatnashadi va 
ular ovozning kuchini (statikasini) va dinamikasini ta’minlaydi. 
3
. Energetika tizimi
– o‘pkadan kelayotgan kuchli nafasning miqdori va tezligini ta’minlaydi. 
Pedagogning nutqi uchun avvalambor tovushning kuchi zarur. Bu o‘pkadan kelayotgan 
nafasning kuchiga va tezligiga bog‘liq. 
Tovushning yuqoriligi – bu tovushni uzoqqa yetkaza olish va yuqori-pastligini boshqara 
olishdir. 
Tovushning harakatchanligi va o‘zgaruvchanligini tovushning mazmuniga, sharoitiga
tinglovchilarning kayfiyatiga qarab oson o‘zgartira olish mumkin.
Harakatchanligi esa past, o‘rta, yuqori tiplarga bo‘linadi. 
Tovush parvozi – tovushning uzoq masofaga uzatilishi va qattiqligini sozlab olish. 
Tovush ixchamligi va harakatchanligi uni mazmunga tinglovchi moslab o‘zgartira olish 
imkoniyatini bildiradi. 
Bugungi kunda nutq texnikasi bo‘yicha bir necha mashq komplekslari ishlab chiqilgan. 
Ular, asosan teatr pedagogikasi tajribasiga asoslangan bo‘lib, so‘zlashish paytida nafas olish, 
tovush hosil qilish va uni ma’noli ifodalash malakalarini takomillashtiradi, bu esa o‘qituvchiga o‘z 
so‘zi mazmunini o‘quvchilarga yanadi to‘laqonli qilib yetkazishga imkon beradi. 
Dars davomida o‘qituvchi juda ko‘p gapiradi, yangi mavzuni tushuntiradi, ma’ruza o‘qiydi.
Nutq so‘zlashda qaysi mushaklarning ishtirok etishiga qarab nafas olish to‘rt turga bo‘linadi. 


145 
Yuqori nafas – yelkalarning ko‘tarilib tushishi va ko‘krak qafasining yuqori qismi ishtirokida 
hosil qilinadi. Bu bo‘sh yuzaki nafas bo‘lib, unda o‘pkaning faqat yuqori qismi ishtirok etadi. 
Ko‘krak nafas – qovurg‘alar o‘rtasidagi mushaklar yordamida hosil bo‘ladi. Bunda ko‘proq 
nafasning ko‘ndalang hajmi o‘zgaradi.
Diafragma ishtirokidagi nafas – ko‘krak nafasning bo‘ylama hajmini oshishi hisobiga vujudga 
keladi. 
Diafragma – qovurg‘ali nafas, diafragmaning qisqarishi qovurg‘alar oralig‘idagi nafas 
mushaklari ishtirokida vujudga keladi. 
Tovush – chiqarilayotgan havo hiqqildoqdan o‘tishi paytida ovoz pardalarining tebranishi 
natijasida vujudga keladi.
Tovush o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi: 
Tovush kuchi – tovush apparati organlarining faol ishlashiga bog‘liq. Chiqarilayotgan havo 
oqimining tovush tarqalishiga bo‘lgan bosimi qancha katta bo‘lsa, tovush ham shuncha kuchli 
bo‘ladi. 
Diapazon
 
– tovush hajmi bo‘lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohang bilan belgilanadi. 
Diapazon qisqarishi nutqning bir ohangli bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Bir ohangda gapirish 
axborotni idrok qilishni susaytiradi, uyquni keltiradi. 

Download 6,92 Mb.
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   181




Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish