140
Nutq ana shu extiyoj tufayli notiqlik san’atining nazariyasi yaratildi.
Shu davrda Sitsiron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel
kabi nazariyotchilari yetilib chiqadi.
Sitsironning “ Notiqlik haqida”, “ Notiq”, “Brush”
kabi asarlari hozir ham ma’lum qimmatga ega.
Rim notiqlik mahoratining
yana bir buyuk vakili
Mark Fobiy Kvantiliandir
.
U o‘zining
“
Notiq bilimi haqida
” kitobida bilimdonlikni notiqlikning birinchi sharti qilib qo‘yadi.
Kvantilian notiqlikka doir bilimni juda yoshlikdan o‘rgana borish kerak, deydi. Nutqning
tinglovchiga tushunarli bo‘lishiga katta ahamiyat beradi. U “Sen shunday so‘zlaginki, seni har bir
kishi tushuna olsin”, – degan edi.
Demak, qadimgi Yunoniston va Rimda madaniy nutq va notiqlik nazariyasi rivojlantirildi. Bu
nazariya keyinchalik ovrupoda fanning yuzaga kelishiga asos bo‘ldi. Eramizning 335-yilida
Aristotelning “Ritorika”si yaratildi. Unda notiq oldiga quyidagilarni vazifa qilib qo‘yadi:
-
Materialni har tomonlama tayyorlash;
-
Materialni joylashtirishning rejasini
belgilash;
-
Materialni o‘zlashtirish, nutq ko ‘rilishini to‘g‘rilash;
-
Notiqqa nutq materialini o‘rgatish;
-
Materialni so‘z bilan ifodalash;
-
Nutqni talaffuz qilish, ya’ni nutq jarayoni.
Bu talablar hozir ham o‘z kuchini saqlab kelmoqda.
Bugungi kunda nutq tizimida kommunikativ yondashuv, talabalarga o‘z fikrini ifodalash va
boshqalar fikrini tushuna olishga ko‘maklashishi, ya’ni ulardan muayyan muloqotda qatnashish
ko‘nikma va malakalarini shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Usha davr sud notiqligining katta namoyondasi Sitseron edi. U sud notiqligida juda katta
muvaffaqqiyatga erishdi, notiqlik nazariyasiga katta xissa qo‘shdi.
Rossiya tarixida notiqlik san’atiga bo‘lgan e’tibor, asosan Pyotr I davrida ancha kuchaygan.
Nutq XVII – asrlarga kelib rus notiqligi jonlangan. Bu davr notiqligiga asoslangan beshta
yo‘nalish mavjud edi :
- Yuqori lavozimdagi dvoryanlar orasidagi mavjud bo‘lgan saroy notiqligi.
- Diniy
notiqlik
- Xalq notiqligi. Bunda asosan xalq qo‘zg‘alonlari raxbarlarining notiqligi ko‘zda tutiladi
- Harbiy notiqlik
- Diplomatik notiqlik
Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi ham notiqlik san’ati rivojiga katta e’tibor
berganlar. Bizda notiqlik qadim zamonlardan san’at darajasiga ko‘tarilgan. Notiqlik san’ati
musulmon sharqida voizlik san’ati deb yuritilgan.
Ya’ni sharqda
nutq va’z arabcha pand-nasixat ma‘nosida, notiqlik esa voiz deb atalgan va’z
aytuvchi, nutq so‘zlovchi shaxs degan ma‘noni anglatgan.
Sharqda, jumladan, Movorounnaxrda ilmiy, badiiy ijodning diniy va dunyoviy fanlarning
taraqqiyoti, shuningdek, “Qur’on”ni targ‘ib qilish bilan bog‘liq holda va’zxonlik san’ati ham
rivojlangan.
Jahonga mashxur
olimlarimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Maxmud Qoshg‘ariy, az-Zamaxshariy va boshqalar til, grammatika, mantiqshunoslik, psixologiya
masalalariga bag‘ishlangan asarlar yozadilar. Bu asarlarda nutq oldiga qo‘yiladigan
talablar,
so‘zning ahamiyati, undan maqadga muvofiq foydalanish, nutq odobi borasida ham qimmatli fikrlar
bildirilgan.
141
Buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy (973-1048 ) o‘zining “Geodeziya” asarining kirish
qismida fanlarning paydo bo‘lishi va tarmoqlanib ko‘payishi haqida so‘z yuritib, har bir fanning
inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlari talabi bilan yuzaga kelishi aytadi.
Uningcha: grammatika aro‘z va mantiq fanlari ham shu extiyoj hosilasidir.
Inson nutqi o‘z tuzilishi materialligiga qarab, rostni ham, yolg‘onni ham ifodalashi mumkin.
Bu ko‘plab munozaralarga sabab bo‘ladi. Inson bu munozaralar jarayonida rostni yolg‘ondan
ajratadigan “mezon”ni yaratadi. Bu mantiq fanidir.
Beruniy yozadi: “Agar dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan bog‘lanib
keladigan naxv, grammatika, aruz, she’r olchovi va mantiq, logikani mutolaa qilganda edi, so‘z
olim nutqi demoqchi zotan nasr va nazm ajralishini bilgan bo‘lardi.
Demak, Beruniy nutqning ikki xil ko‘rinishi borlig‘ini ko‘rsatadi:
1. Nasr;
2. Nazm;
Nutqning bu turlari ma’lum qoidalar asosida shakllanadi.
Beruniy shakl va mazmun birliga katta ahamiyat beradi. Shakl
mazmunga xizmat qilishi
kerak. Nutq o‘zining nasriy va nazmiy shaklida ham so‘zlovchi o‘qituvchi nazarda tutiladi o‘z
oldiga qo‘ygan fikrni ifodalashi shart.
Ulug‘ vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy (870-950) to‘g‘ri so‘zlash to‘g‘ri mantiqiy xulosalar
chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq to‘zishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar
ahamiyati zarurligi haqida shunday yozadi:
“Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday
so‘rash va qanday javob berish masalasiga kelganimizda, bu haqda
bilimlarning eng birinchisi
jismlarga substansiya – narsalar, va aksidensiya hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilm deb
tasdiqlayman.
Ikkinchisi, ilm grammatikasidir: u jismlarga berilgan ism (nom)larni qanday tartibga solishni
hamda substansiya va aksidensiyaning joylashishini
bilib olamiz, undan chiqadigan notiqlarni
ifodalovchi so‘zlarni va nutqni qanday tuzishni o‘rgatadi.
Uchinchi ilm, mantiqdir: ma’lum xulosalar keltirib chiqarish uchun logik figuralarga binoan
qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o‘rgatadi, bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsa-
larni bilib olamiz, hamda tilga nima to‘g‘ri, nima yolg‘on ekanligi haqida hukm chiqaramiz.
Ko‘rinib turibdiki, bu ikki buyuk olimning fikricha nutq o‘qituvchi faoliyatida katta o‘rin
tutar ekan.
“Talaba – to‘ldirib turilishi lozim bo‘lgan idish emas, balki yoqib qo‘yish lozim bo‘lgan
mash’aldir”, – deyishadi qadimgi greklar. Bola qalbida ezgulik, mehr-muhabbat mash’alini yoqish
o‘qituvchining muqaddas vazifasidir.