136
Nutq o‘qituvchi gapirayotganida sinfda, bolalarning yuz-ko‘zlarida sodir bo‘layotgan
o‘zgarishlarga e’tibor berib boradi. Shu sababli dars jarayonida ta’limiy maqsadni ko‘zlab amalga
oshiriladigang muloqotni o‘quv nutq faoliyati deb baxolash mumkin.
O‘quv nutq faoliyati tabiiy nutq faoliyatidan quyidagilari bilan farq qiladi :
Dars jarayonida o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan har qanday faoliyat o‘qituvchi-
ning rejasi bo‘yicha o‘tkaziladigan ta’limiy maqsadlar bilan cheklangan faoliyatdir. Shu sababli
nutq faoliyati uchun zarur bo‘lgan ruhiy kechinmalar o‘qituvchi tomonidan turli ta’limiy usul va
vositalar yordamida yuzaga keltiriladi.
Qo‘llanilgan ta’limiy vositalar o‘quvchining ongiga tashqaridan ta’sir etishi muljallanganligi
tufayli har doim ham kerakli ruhiy kechinmani yuzaga keltira olmaydi. Natijada o‘quv nutq
faoliyatini yo‘lga qo‘yishda bir qator jiddiy qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Aslida o‘quv nutq faoliyatining asosiy maqsadi bilimlarni o‘zlashtirish, o‘qituvchi tomonidan
o‘quvchilar e’tiborini qozonish.
Mashg‘ulot jarayonida o‘quv nutq faoliyatini yuzaga keltiruvchi sabab o‘qituvchi tomonidan
berilgan topshirig‘ini bajarish, bilim, ko‘nikmalarini egallash zaruriyatidir.
Darsdagi vaziyatga qarab muloqot vaqtini qancha davom etishini o‘qituvchining o‘zi
belgilaydi.
Pedagogik nutqning sifatlari. O‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan nutqni ikki gruhga bo‘lish
mumkin :
- nutqning tug‘riligini belgilovchi sifatlar;
- ta‘lim-tarbiya
jarayonini amalga oshiruvchi sifatlar.
O‘quvchiga tegishli ta’sir ko‘rsatadigan pedagogik xususiyatlar ikkinchi guruhga nutq sifatiga
taalluqlidir. Bunga dastavval, nutqning mazmundorligi, uning ravshan, yengil bo‘lishi, o‘quv
materialini tushunarli qilib yetkazish kiradi.
Bir mavzudagi o‘quv materialini ikki o‘qituvchi o‘zicha har xil tushuntiradi.
Bir o‘qituvchining tushuntirishini o‘quvchilar yengil va tez anglab oladilar, ikkinchisiniki esa
o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lmaydi.