• O‘qituvchi nutqining psixologik asoslari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet118/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

    XULOSA! 


    134 
    O‘qitish – ta’lim jarayoni ikki yoqlama jarayondir. Chunki unda ikki shaxs – o‘qituvchi bilan 
    tinglovchi o‘quvchi ishtirok etadi. Nutq bu o‘qituvchining o‘quvchilarga bilim, ko‘nikma va 
    malakalar berishi, ularda yangi haqiqatlarni ocha bilishga qodir bo‘lgan ijodiy, mantiqiy tafakkur 
    tarbiyasidir. 
    O‘qituvchi nutqini tinglash – o‘quvchilarning o‘qituvchi tomonidan berilgan bilimlarni
    ko‘nikmani o‘zlashtirish, qabul qilish jarayoni, o‘zlarida bilish qobiliyatini, fikrlash operatsiyalarini 
    va harakatlarini tarkib topish jarayonidir. 
    O‘qitish, ta’lim berish jarayonida bilish nazariyasining asosiy qoidalari yotadi. Bu nazariya 
    asosida inson dunyoni biladi. Bilish yo‘llari – jonli mushoxadadan abstrakt tafakkurga va undan 
    amaliyotga o‘tishdir.
    Bilish xissiy va aqliy bilishdan iborat. Insonning ana shu bilish jarayonida uning nutqi katta 
    rol o‘ynaydi. Nutq albatta, og‘zaki va yozma bo‘ladi. 
    Shu tufayli o‘qituvchining nutqi ham real asosda predmet va hodisalarni ko‘zatish asosida 
    to‘zilgan bo‘lib, ularni rivojlantirishni xis etgan xolda yangi vazifalarni ishlab chiqgan xoldagina 
    o‘quvchilarga manzur bo‘ladi. 
    Shunday qilgan taqdirda, o‘qituvchi o‘quvchilarda tasavvurlar va tushunchalarning shakllani-
    shiga, ularni o‘zlashtirib olishlariga e’tibor beradi, bilimlarni xayotga tadbiq etishni ko‘rsatadi, 
    dunyoqarashni shakllantiradi. 
    O‘qituvchi nutqining psixologik asoslari 

    Har bir o‘qituvchi o‘qituvchilik faoliyatiga tayyorlanar ekan, u pedagogika bilan bog‘liq 
    xolda psixologiya fanini ham o‘rganadi. Chunki psixologiya fanini yaxshi bilmay turib, notiqlik 
    mahoratini, nutq madaniyatini egallab bo‘lmaydi. 
    O‘qituvchi o‘quvchilarning psixologiyasini bilish bilan bir qatorda uning nutqi psixologik 
    jihatdan to‘g‘ri tuzilishi lozim. Har bir dars, har bir mashg‘ulot psixologik nuqtai – nazaridan 
    talabga javob berishi darkor. 
    Chunki, har bir o‘qituvchi o‘z nutqi bilan o‘quvchilarni ishontiribgina qolmasdan, balki ularni 
    hayajonlantirishi, xissiyotlarini uyg‘otishi, emotsional ta’sir ko‘rsatishi kerak. 
    O‘qituvchi auditoriyaga ta’sir etibgina qolmay, auditoriya bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. 
    O‘z navbatida o‘quvchi ham mashg‘ulot jarayonida o‘qituvchiga ta’sir ko‘rsatadi, va motivatsiya 
    oladi. 
    Shu jumladan, o‘qituvchining dars o‘tishi jarayonida, leksiya, suhbat yoki hikoya qilishi 
    vaqtida nutqning sur’ati o‘quvchilarning fikrlash darajasiga, qobiliyatiga mos bo‘lishi kerak. 

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish